17
kelayotgan axborot oqimlarini, magistral tarmoqning nisbatan kam
sonli
bog„lanmalarida to„plashdan iboratdir.
2.1-rasm. Telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi.
Ulanish tarmog„i deganda ancha katta xududga yoyilgan xududiy
(regional) tarmoq tushuniladi. Telekommunikatsion tarmoq ham, ulanish
tarmog„i ham bir nechta sathlardan iborat bo„lishi mumkin. Pastki
sathlarda o„rnatilgan
kommutatorlar, ko„p sonli abonentlarning
kanallaridan keladigan axborot oqimlarini
multipleksatsiyalab
, ya‟ni
to„plab – bir yoki bir nechta kanallar orqali uzatishga tayyorlab, o„zidan
yuqoriroq sathda joylashgan kommutatorlarga, ular esa o„z
navbatida
magistral tarmoq kommutatorlariga uzatib beradilar.
Magistral tarmoq.
Magistral tarmoq yordamida yuqori tezlikka ega
kanallar orqali trafikni tranzit yo„llar bo„ylab uzatishni ta‟minlash
maqsadida, ulanish tarmoqlarini o„zaro birlashtirish amalga oshiriladi.
Magistral tarmoq kommutatorlari, alohida-alohida foydalanuvchilarni
o„zaro bog„lanishlarini tashkil qilish bilan birga, asosan ko„p sonli
18
foydalanuvchilarining bog„lamlaridan keladigan
agregatlangan
–
yo„naltirilgan, axborot oqimlari
demultipleksiyalab
, ya‟ni adreslar
bo„yicha
taqsimlab, axborotlarni qabul qiluvchi foydalanuvchilarning
ulanish
tarmoqlariga
shunday
uzatib
beradiki,
foydalanuvchi
qurilmasining kirish portiga faqat unga yuborilgan axborot kelib tushadi.
Axborot markazlari.
Axborot markazlari yoki xizmatlarni
boshqarish markazlari – axborot xizmatlarini amalga oshiradilar.
Bunday markazlarda ikki xil ko„rinishdagi axborotlar saqlanadi:
1.
Foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan, ularni qiziqtirishi mumkin
bo„lgan axborot.
2.
Xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan
yordamchi axborot, ya‟ni
foydalanuvchiga xizmat ko„rsatishni osonlashtiradigan axborot.
Birinchi turdagi axborot resurslariga misol qilib, har-xil sohalarga
oid ma‟lumotlar va yangiliklar, elektron magazinlar haqida ma‟lumotlar
va h.k., shularga o„xshash ma‟lumotlarga ega bo„lgan
veb-portallarni
keltirish mumkin. Telefon tarmoqlarida bunday markazlar yordamida
tezkor chaqiruv xizmatlari va har-xil tashkilotlar hamda korxonalardan
ma‟lumotlarni olish xizmatlari amalga oshiriladi.
Ikkinchi turdagi axborotlarni saqlovchi markazlarga misol qilib,
foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya
qilishning har-
xil tizimlarini keltirish mumkin. Ular yordamida tarmoq egasi bo„lgan
korxona foydalanuvchilariga, u yoki bu xizmatlarni ko„rsatishi mumkin
yoki mumkin emasligini aniqlanadi, ko„rsatilgan
xizmatlarga haq
to„lashni hisoblash tizimi, ya‟ni billing tizimi tekshirib boriladi.
Foydalanuvchilarning ma‟lumotlar bazalarida saqlanayogan nomlari va
parollari, hamda foydalanuvchiga ko„rsatilgan xizmatlarning xillari
hisobga olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: