Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

1.2.Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan 
klassifikatsiyalash
 
- sinflarga ajratish. 
 
Klassifikatsiya yoki sinflarga ajratish deganda – o„rganilayotgan 
ob‟ektlarni umumiy belgilari asosida 
guruhlarga
, ya‟ni u yoki bu 
xillarga ajratish jarayoni tushuniladi. Ob‟ektlarni sinflarga ajratish – 
keyingi 
yozuvlarda 
esa 
klassifikatsiyalash,
bu 
jarayonda 
foydalaniladigan 
mezonlarni
(rus tilida - критерии) tanlash asosida 
amalga oshiriladi. Turli xil mezonlarni tanlash asosida turli xil 
klassifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Ushbu qo„llanmada 
kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyalash - asosan 
texnologik jihatdan 
ularni tafsiflovchi mezonlar
asosida amalga oshirilgan.
Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi, 
ma‟lumotlarni uzatish muhitlarining xillari, kommutatsiyalash usuli, 
paketlarni harakatlantirish usuli, topologiyasi va boshqa shularga 
o„xshash mezonlardan foydalangan holda guruhlarga ajratishni, 
texnologik jihatdan klassifikatsiyalash
deb atash mumkin. 
1.Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi 
qarab ikki xil guruhga ajratish mumkin:
- lokal kompyuter tarmoqlari (
Local Area Network, LAN
); 
- global kompyuter tarmoqlari (
Wide Area Network, WAN
). 
Lokal kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni ancha katta 
tezliklarda 
uzata 
oladigan 
yuqori 
sifatli 
aloqa 
chiziqlaridan 
foydalaniladi. 
Ushbu 
xildagi 
tarmoqlarda 
ma‟lumotlarni 
modulyasiyalamay 
uzatish 
imkoniyati 
mavjud. 
Kompyuter 
tarmoqlarining qoplay oladigan xududining masshtabi qarab - shahar 
kompyuter tarmoqlari (
Metropolitan Area Network, MAN
) deb 
nomlangan xili ham mavjud. Shahar kompyuter tarmoqlari katta shahar 
xududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljalangan bo„lib, ularda lokal va 
global tarmoqlarga xos belgilarni ko„rsatish mumkin. 
2.Kompyuter tarmoqlarini - ularda qo„llaniladigan ma‟lumotlarni 
uzatish muhitiga qarab ham, ikki xil guruhga ajratish mumkin: 
- simli tarmoqlar, ular hozirda mis yoki optik tolali kabellar asosida 
qurilmoqda; 
- simsiz tarmoqlar, ya‟ni simsiz aloqa chiziqlari, masalan - radio 
kanallar, o„ta yuqori chastotali, ya‟ni infraqizil yoki lazer nurlaridan 
foydalaniladigan kanallar asosida qurilgan tarmoqlar. 
3.Kompyuter tarmoqlarini – ularda qo„llaniladigan kommutatsiyalash 
usuli bo„yicha ham ikki xil guruhga ajratiladi: 


12 
- paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar; 
- kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar. 
Paketlarni 
kommutatsiyalash 
texnikasi, 
paketlarni 
harakatlantirishning qaysi usulidan foydalanilishiga qarab bir nechta 
xillarga bo„linishi mumkin: 
- deytagrammali tarmoqlar, masalan Ethernet texnologiyasiga mansub 
tarmoqlar; 
- mantiqiy bog„lanishlarga asoslangan tarmoqlar, masalan transport 
sathida TCP protokolidan foydalanib ishlaydigan IP-tarmoqlar; 
- virtual kanallarga asoslangan tarmoqlar, masalan MPLS-tarmoqlar. 
4.Kompyuter tarmoqlari - ularning topologiyalari asosida ham 
klassifikatsiyalanishi mumkin. Topologiyalarning quyidagi xillari 
mavjud - to„liq bog„lanishli topologiya, yacheykasimon topologiya, 
umumiy shinali topologiya, yulduz topologiyasi, ierarxik yulduz 
topologiyasi, halqa topologiyasi va aralash topologiyalar. 
5.Kompyuter tarmoqlari - tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni 
Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab: 
- birlamchi tarmoqlarga va birlamchi tarmoqlardan foydalanib 
qurilgan tarmoqlarga bo„linadi.
Birlamchi tarmoqlar, bu telekkommunikatsion tarmoqlardir, ularga 
misol qilib - 
PDH, SDH va DWDM
kabi tarmoq texnologiyalarini
keltirish mumkin. Birlamchi tarmoqlardan foydalanib ishlaydigan 
tarmoqlarga esa, turli o„lchamlardagi kompyuter, telefon va televizion 
tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
6.Kompyuter 
tarmoqlarida 
ko„rsatiladigan 
xizmatlar 
foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo„ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni 
ikki xil sinfga bo„lish mumkin: 
- aloqa operatorlari tarmoqlari - bunday tarmoqlarning mijozlari 
alohida olingan foydalanuvchilar yoki shartnoma asosida xizmatlardan 
foydalanuvchi tashkilotlar bo„lishi mumkin; 
- korporativ tarmoqlar - ushbu tarmoqqa egalik qiluvchi korxona 
xodimlarigagina xizmat ko„rsatuvchi tarmoq.
7.Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida ya‟ni, aloqa operatorlari 
tarmoqlarida, 
korporativ tarmoqlarda yoki 
Internet tarmog„ida 
bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni - uchta sinfga 
ajratish mumkin:
- ulanish tarmoqlari; 
- magistral tarmoqlar; 
- trafikni agregatsiyalash tarmoqlari.


13 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin