Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Tarmoqlarning xillari – lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
2.2.Tarmoqlarning xillari – lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ 
tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va Internet tarmog‘i 
 
1.Lokal kompyuter tarmog‘i (LKT). 
Lokal kompyuter tarmog„i 
deganda, ishchi stansiyalari (
Workstation
) - kompyuterlar, serverlar, 
tarmoq printerlari, kommutatorlar (
Switch
), marshrutizatorlar (
Router
), 
ulanish nuqtasi (
Access Point
) kabi qurilmalar, hamda ularni 
birlashtiruvchi kabellar to„plamidan iborat, odatda uncha katta 
bo„lmagan xududni qamrab olgan tarmoq tushuniladi. 2.2-rasmda oddiy 
lokal kompyuter tarmog„ining tuzilishi keltirilgan. 


19 
2.2-rasm. Oddiy lokal kompyuter tarmog„ining tuzilishi. 
2.Korporativ tarmoq. 
Korporativ tarmoq – bu shunday tarmoqki, 
uning asosiy vazifasi bo„lib tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini 
qo„llab quvvatlab turish hisoblanadi. Ushbu korxona xodimlarigina 
korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo„lishlari mumkin. Korporativ 
tarmoqning tuzilishi, biz yuqorida ko„rib o„tgan telekommunikatsion 
tarmoq tuzilishiga deyarli o„xshash bo„ladi. Korporativ tarmoqlarda 
foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq 
tarkibiga kiritilgan bo„ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga 
kirgan uni tashkil etuvchi bo„linmalar birgalikda, nafaqat tarmoq 
egallagan xududni, balki korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham 
ko„rsatib turadi. Korporativ tarmoqni tashkil etuvchi bo„linmalar 
quyidagicha nomlanadi: 
-
bo‘limlar va ishchi guruhlar tarmoqlari; 
-
binolar va
 
kampuslar tarmoqlari; 
-
magistral tarmoqlar. 
Bo‘limlar tarmoqlari
. Bitta bo„limda ishlaydigan, unchalik katta 
bo„lmagan xodimlar guruhi foydalanadigan tarmoq – bo„lim tarmog„i 
yoki ishchi guruhi tarmog„i deb ataladi. Bu xodimlar biron-bir umumiy 
masalalarni echish bilan shug„ullanadilar, masalan buxgalteriya hisobi 
yoki marketing. Bo„lim tarmog„i – o„sha bo„limga tegishli hamma 
xonalarni o„z ichiga olgan lokal kompyuter tarmog„idir. Bo„lim, bir 
nechta xonalarni yoki binoning biron-bir qavatini egallagan bo„lishi 
mumkin.


20 
Bo„lim tarmog„ining asosiy maqsadi – ilovalar, ma‟lumotlar, 
printerlar va modemlar kabi lokal resurslardan birgalikda foydalanishni 
ta‟minlab berish hisoblanadi. Bo„limlar tarmoqlari tarkibida bitta yoki 
ikkita fayl server va 30-ga yaqin foydalanuvchilarga ega bo„lib, odatda 
ular tarmoq osti tarmoqlariga bo„linmaydilar. Bunday tarmoqlarda 
korxona trafigining kattagina qismi aylanib yuradi. Odatda bo„lim 
tarmoqlari Fast Ethernet texnologiyasi oilasiga mansub bir necha xil 
spetsifikatsiyalar, ba‟zi xollarda esa Gigabit Ethernet texnologiyasi 
asosida quriladi. Bunday tarmoqlarda asosan bitta yoki ko„pi bilan ikki 
xil operatsion tizmlardan foydalaniladi (2.3-rasm). 
2.3- rasm. Bo„lim masshtabidagi tarmoqqa misol. 
Bo„lim tarmog„ida administratsiyalash masalalari ancha oson 
hisoblanadi - unda yangi foydalanuvchilarni qo„shish yoki hisobga olish, 
oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi bog„lamalarni va dasturiy 
ta‟minotning yangi versiyalarini o„rnatish kerak bo„ladi. O„z ish 
vaqtining bir qismidagina administrator vazifasini bajaruvchi biron-bir 
xodim, bunday tarmoqni boshqarishi mumkin bo„ladi. Ya‟ni bunday 
tarmoq administratori vazifasini ko„p xollarda maxsus tayyorgarlikka 
ega bo„lmagan xodim ham bajarishi mumkin bo„ladi. 
Biron – bir bo„limning tarmog„i, bino yoki kampus tarmog„i 
tarkibiga kirgan tarmoq ham bo„lishi mumkin, yoki korxonaning uzoqda 
joylashgan ofisi tarmog„i ham bo„lishi mumkin. Birinchi holda bo„lim 


21 
tarmog„i bino yoki kampus tarmog„iga biron–bir lokal tarmoq 
texnologiyasi yordamida ulanadi. Ikkinchi holda esa uzoqdagi ofis 
tarmog„ini korxona korporativ tarmog„i magistraliga ulash uchun biron-
bir global tarmoq texnologiyasidan yoki global ulanishlarning biridan 
foydalanishga to„g„ri keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin