va uning xususiyatlari Zamonaviy tarmoqlarga misollar qilib quyidagi tarmoqlarni
keltirish mumkin –
lokal va global kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, telekommunikatsion tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va ushbu tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq, ya‟ni
Internet tarmog‘i. Bu tarmoqlar boshqa-boshqa xil tarmoqlar bo„lishiga
qaramasdan, ularning ko„pgina o„xshash tomonlarining borligini ham
ko„rsatib o„tish mumkin. Shulardan biri va muhimi, ularning tuzilishi,
ya‟ni
arxitekturalarining o„xshashligidir. Zamonaviy kompyuter
tarmog„i yoki zamonaviy tarmoqning tuzilishini 2.1-rasmda keltirilgan
telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi asosida
ko„rib chiqamiz.
Bunday tarmoq quyidagi qismlardan iborat bo„ladi:
1.
Foydalanuvchilarning terminal uskunalari , bunda ular lokal
tarmoqqa birlashtirilgan holda ham ulangan bo„lishlari mumkin.
2.
Ulanish tarmoqlari .
3.
Telekommunikatsion tarmoqning magistrali–magistral tarmoq .
4.
Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari (
Services Control Paint - SCP ).
Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning terminal uskunalari
sifatida – kompyuterlar, telefon tarmoqlarida – telefonlar, televizion
yoki radiotarmoqlarda - televizorlar yoki radiopriyomniklar ulangan
bo„ladi. Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, telekommunikatsion
tarmoq tarkibidan tashqarida joylashgan tarmoqlarga ham birlashtirilgan
bo„lishi mumkin. Kompyuterlar - lokal kompyuter tarmoqlariga,
telefonlar esa - ofisdagi telefon kommutatoriga (
PBX – Private Branch Exchange ) ulangan bo„lishi mumkin.
Ulanish tarmoqlari ham, magistral tarmoqlar ham - kommutatorlar
yoki marshrutizatorlar asosida quriladi. Har bir kommutator boshqa
kommutatorlar bilan aloqa kanallari orqali ulanish uchun mo„ljallangan
bir nechta portlarga ega bo„ladi.
Ulanish tarmog‘i.