Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

1.3.Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi
 
80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o„rtasida farqli 
jihatlar yaqqol ko„rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
1.Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning 
sifati
. Lokal tarmoqlarning bog„lamlari orasidagi masofalar, global 
tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda 
ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi. 
2.Ma’lumotlarni 
uzatish 
usullarining 
murakkabligi

Global 
tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo„lgan 
kanallarning qo„llanilishi bois, ularda ma‟lumotlarni uzatishning ancha 
murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to„g„ri kelar edi. 
3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi.
Lokal tarmoqlarda ma‟lumotlar 
almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi 
tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi. 
4.Ko‘rsatilishi 
mumkin 
bo‘lgan 
xizmatlarning 
xilma-xilligi

Ma‟lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo„lgan lokal tarmoqlarda 
ko„rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko„p bo„lgan, bunday 
xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq 
disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga 
chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va 
fakslardan birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma‟lumotlar 
bazasiga murojaat qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar. 
Global tarmoqlarda esa oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari 
bilan cheklangan. 
Vaqt o„tishi bilan lokal va global tarmoqlar o„rtasidagi yuqorida 
sanab o„tilgan farqli jihatlar 
yo‘qola boshladi
. Avvallari alohida-alohida 
ishlayotgan lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash amalga oshirila bordi. 
Bunda bog„lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan 
bo„ldi. Lokal va global tarmoqlarning o„zaro yaqin integratsiyalashuvi
bu texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi. 
Ma‟lumotlarni uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma‟lumotlarni 
uzatishni optik tolali aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda 
raqamli (modulyasiyalanmagan) asosga o„tkazilishi bilan sodir bo„lgan. 
100 metrdan uzoq bo„lgan masofalarga ma‟lumot uzatish uchun bunday 
uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi. 
SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari 
ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari 


14 
yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham 
birlashtirish mumkin bo„ldi. 
Raqamli 
kanallar sifatining 
yuqoriligi, 
global 
kompyuter 
tarmoqlari protokollariga qo„yiladigan talablarni o„zgartirib yubordi. 
Bunda ishonchlilikni ta‟minlash muolajalari o„rniga, foydalanuvchilarga 
axborotni etkazib berishning o„rtacha tezligini ta‟minlash muolajalari, 
hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy ta‟sir qilishi mumkin 
bo„lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni alohida ishlash 
mexanizmlarini qo„llash masalalari muhim bo„lib qoldi. Sanab o„tilagan 
bu o„zgartirishlar global tarmoqlarining yangi texnologiyalari bo„lgan 
Framy Relay va ATM texnologiyalarida o„z aksini topdi. 
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP protokolining 
keng qo„llanila boshlanganligi ham katta ta‟sir ko„rsatdi. Hozirda bu 
protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari (Ethernet, 
Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida qurilgan 
tarmoqlarni o„zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash imkonini beradi. 
90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 
global kompyuter tarmoqlar ham, ko„rsatilishi mumkin bo„lgan 
xizmatlar xillarini anchagina ko„paytirib bu borada lokal tarmoqlarga 
etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo„lgan - tasvirlar, videofilmlar, tovush 
kabi ma‟lumotlarni, ya‟ni multimediyali axborotni real vaqt masshtabida 
uzatib berish mumkin bo„ldi. Internet tarmog„i orqali axborot etkazib 
berish xizmati hisoblangan, gipermatnli axborotlar xizmati - 
World Wide 
Web (WWW)
ham tezkor xizmatlarga yaqqol misol bo„la oladi. 
Lokal tarmoqlarda esa, global tarmoqlardagi singari – axborotni 
himoyalash usullariga katta e‟tibor berishga to„g„ri kelyapti, negaki 
hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga o„xshab alohida-alohida emas
balki “katta dunyo” bilan bog„langan holda ishlamoqda. 
Bu davrga kelib bir vaqtning o„zida ham lokal, ham global 
tarmoqlar uchun mo„ljallangan texnologiyalar paydo bo„la boshladi. 
Yangi avlod texnologiyalaridan hisoblangan ATM texnologiyasi 
yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud trafikni 
samarali uzatishni ta‟minlab beruvchi yagona trasport tarmog„i qurish 
mumkin bo„ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq 
texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s 
tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal 
tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish 
mumkin. 


15 
Lokal va global tarmoqlarninig yaqinlashuvini ko„rsatuvchi 
belgilaridan yana biri, bu lokal va global tarmoqlar orasidan joy olishi 
mumkin bo„lgan, shahar tarmoqlari – MAN-larning paydo bo„lishidir. 
Bu tarmoqlarda ko„p xollarda 155 Mbit/s va undan yuqori tezlikka ega 
bo„lgan optik tolali raqamli aloqa chiziqlaridan foydalanildi. Bu aloqa 
chiziqlari shahar xududidagi lokal tarmoqlarni o„zaro ulashni, hamda 
global tarmoqlarga ulanishni nisbatan kam xarajatlar bilan ta‟minlab 
bera oladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin