9
1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.
Yacheykasimon topologiya
– to„liq bog„lanishli topologiyadagi ba‟zi
bir bog„lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o„zaro
ko„proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog„lanishlar
qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo„llar orqali bog„lanib
axborot almashinishi mumkin bo„ladi.
Umumiy shinali topologiya
– Ethernet texnologiyasining avval ishlab
chiqarilgan standartlari
hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari,
ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta
koaksial kabelga ulangan bo„lib, ma‟lumot uzatilayotgan paytda u kabel
bo„ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan
arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo„shimcha kompyuterlarni
ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy
kamchiligi, uning
ishonchliligining pastligidir, ya‟ni kabeldagi har
qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining
uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya
– bunda har bir kompyuter alohida kabel
yordamida
tarmoq
markazida
joylashgan
qurilmaga,
ya‟ni
konsentratorga
yoki
kommutatorga
ulangan
bo„ladi. Ethernet
texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya
asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy
afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir
kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga
ulangan kompyuternigina
10
tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo„lishi mumkin. Konsentrator yoki
kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi
- bir nechta konsentratorlarni yoki
kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon
ko„rinishda
ulab tarmoqni kengaytirish, ya‟ni kompyuterlar sonini
oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi – lokal va global
tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet
texnologiyasining
100Base-TX,
100Base-T4
va
100Base-FX
spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha
spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan.
Halqasimon topologiya
– bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda,
ma‟lumotlar halqa bo„ylab odatda bir tomonga yo„nalgan holda
uzatiladi. Agar kompyuter ma‟lumotlarni unga yo„naltirilgan ekanligini
aniqlasa, ularni o„z xotirasiga ko„chirib oladi. Token Ring va FDDI kabi
lokal kompyuter
tarmoqlari texnologiyalari
halqasimon topologiya
asosida qurilgan edi.
Aralash topologiya.
Odatda uncha katta bo„lmagan tarmoqlar
topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik
topologiyalardan biri ko„rinishida bo„ladi. Katta tarmoqlardagi kompyu-
terlarni birlashtirishda ixtiyoriy ko„rinishdagi bog„lanishlar
yuzaga ke-
lishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini
ko„rsatish mumkin bo„ladiki, ya‟ni tarmoq osti tarmoqlari, yuqorida
ko„rib o„tilgan topologiyalardan biriga o„xshash bo„ladi. Shuning uchun
bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (1.5-rasm).
1.5-rasm. Aralash topologiya.