Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

Binolar va kampuslar tarmoqlari. 
Bino tarmog„i – bitta 
korxonaning har-xil bo„limlarini bitta bino chegarasida birlashtiradi. 
Kampus tarmog„i
 
esa, bir-necha kvadrat kilometrli xududni egallagan 
bir nechta binolardagi tarmoqlarni birlashtiradi. Odatda bino (yoki 
kampus) tarmog„i Gigabit Ethernet asosida qurilgan o„z magistraliga ega 
bo„lgan, ierarxik tuzilishdagi tarmoq ko„rinishida bo„ladi. Magistral 
orqali bir-biriga ulanadigan bo„limlar tarmoqlarini qurishda esa Fast 
Ethernet texnologiyasidan foydalaniladi (2.4-rasm). Gigabit Ethernet 
magistrali deyarli har doim uzib-ulanadigan axborot uzatish muhitiga 
ega bo„ladi, bu texnologiyaning axborot uzatish muhitidan birgalikda 
foydalaniladigan varianti ham mavjud. 
Bunday tarmoqlarda asosan - bo„limlar tarmoqlarini birgalikda 
ishlashini ta‟minlash, korxonaning umumiy ma‟lumotlar bazasiga 
ulanishni ta‟minlash, umumiy faks-serverlarga, yuqori tezlikda ishlay 
oladigan modemlarga va printerlarga ulanish kabi xizmatlar amalga 
oshiriladi. Kampus tarmoqlari tomonidan ko„rsatiladigan hizmatlarning 
eng muhimi bo„lib, korxonaning ma‟lumotlar bazasi qaysi kompyuterda 
joylashganligidan qat‟iy nazar, ularga ulana olish xizmati hisoblanadi. 
Aynan kampus tarmoqlari sathida har-xil turdagi apparat va dasturiy 
ta‟minotini birgalikda ishlashini ta‟minlash muammolari paydo bo„ladi. 
Bo„limlarda ishlatiladigan kompyuterlar, tarmoq operatsion 
tizimlari va tarmoq apparat ta‟minoti bir-biridan farq qilishi mumkin. 
Shu sababli kampus tarmog„ini boshqarish anchagina murakkab 
jarayonga aylanadi. Kampus tarkibiga kirgan bo„limlar tarmoqlari bir-
biridan mustaqil holda ish yuritganligi va har-xil texnologiyalar asosida 
qurilganligi sababli, ularni birlashtirish uchun odatda IP-texnologiyadan 
foydalanishga to„g„ri keladi. 
Korporativ 
tarmoqlar 
haqida 
gap 
ketganda 

korxona 
masshtabidagi korporativ tarmoq
degan iboradan ham foydalaniladi

Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqlarda, birinchi o„ringa axborot 
xizmatlari qo„yilganligi bilan, ular boshqa xil tarmoqlardan 
farqlanadilar. Korporativ tarmoqlar faqatgina transport xizmatlarini 
ko„rsatish bilangina cheklana olmaydilar.


22 
2.4- rasm. Kampus tarmog„iga misol. 
Korxona masshtabidagi
 
korporativ tarmoqning, xususiyatlaridan 
yana biri, bu uning anchagina katta-katta xududlarni qamrab olishning 
mumkinligidir. Bo„lim yoki bino masshtabidagi korporativ tarmoqni 
kamdan-kam hollarda korporativ tarmoq deb ataladi. Odatda 
“korporativ” degan nom, tarkibida, boshqa-boshqa shaharlarda 
joylashgan va global ulanish chiziqlari orqali ulangan, ko„pgina binolar 
va bo„limlar masshtablaridagi tarmoqlari bo„lgan tarmoqqa nisbatan 
qo„llaniladi (2.5-rasm). 
Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqda - foydalanuvchilar va 
kompyuterlar soni - bir, ikki, uch mingtaga, serverlar soni esa - bir, ikki, 
uch yuztaga ham etishi mumkin bo„ladi, alohida xududlarning 


23 
tarmoqlari orasidagi masofalar esa, ancha katta bo„lib, ular o„rtasida 
axborot uzatishda global aloqalardan foydalanish zarur bo„lib qoladi. 
2.5- rasm. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqqa misol. 
3.Aloqa operatorlari tarmoqlari.
Aloqa operatorlari tarmoqlari o„z 
faoliyatlarini, uning xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan shartnoma 
tuzib, tijorat asosida amalga oshiradilar. Aloqa operatorlari bir-birlaridan 
quyidagi belgilari bilan farq qiladilar: 
1.Ularda ko„rsatilishi mumkin bo„lgan xizmatlarning xillari bilan; 
2.Xizmatlar ko„rsatiladigan xudud chegaralarining qanday ekanligi 
bilan; 
3.Xizmatlarning qanday mijozlarga mo„ljallanganligi bilan; 


24 
4.Operatorga tegishli bo„lgan infrastruktura bilan, ya‟ni unda bor 
bo„lgan aloqa chiziqlari, kommutatsion qurilmalar, axborot servislari va 
shunga o„xshash vositalarning xillari bilan; 
5.Ma‟lum bir xududga qay darajada xizmat ko„rsatishga ega 
ekanligiga qarab. 
Zamonaviy aloqa operatorlari, bir necha xildagi xizmatlarni 
ko„rsatish imkoniyatlariga egadirlar, masalan: telefon xizmatlari va 
Internetga ulanish xizmatlari. Unda ko„rsatilishi mumkin bo„lgan 
xizmatlarni bir nechta sathlarga va guruhlarga ajratish mumkin: 
Bir vaqtning o„zida bir necha xizmatlarni ko„rsatish: 
- IP telefoniya; 
- Xabarlar tarqatishning universal xizmati; 
- ... 
Telefon xizmatlari: 
-
So„rovlarga javob berish xizmatlari; 
-
Ovozlarni etkazish pochtasi; 
-
Chaqiruvlarni ko„rsatilgan adreslarga yo„naltirish; 
-
Ikki abonentni bir-biriga ulash. 
Kompyuter tarmoqlari xizmatlari: 
-
Axborot portallari; 
-
Elektron pochta; 
-
Internetga ulanish; 
-
Lokal kompyuter tarmoqlarni birlashtirish. 
Aloqa kanallarini arendaga berish. 
Telefon xizmatlari va aloqa kanallarini arendaga berish kabi 
xizmatlar, aloqa operatorlari tomonidan ancha avvaldan ko„rsatib 
kelinayotgan xizmatlar sirasiga kiradi. Kompyuter tarmoqlari xizmatlari 
esa, aloqa operatorlari tomonidan ancha keyin yo„lga qo„yilgan bo„lib, 
ulardan keladigan foyda hozirda, telefon xizmatlaridan keladigan 
foydadan ancha kam bo„lmoqda. Hozirgi paytda kompyuter va telefon 
tarmoqlari birgalikda ko„rsatadigan aralash xizmatlaridan ancha katta 
foyda kelmoqda. 
Aloqa tarmoqlarida ko„rsatiladigan xizmatlarni, yana 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin