29
ma‟lum bir shaklga solingan, ularning o„zi qanday ishlash usullari
asosida qurilganligi, boshqa-boshqa tashkil
etuvchilar bilan birgalikda
qanday ishlash usullari asosida qurilganligi, ularni ishlatishda hisobga
olinishi kerak bo„lgan shartlar va alohida ko„rsatgichlarning tavsiflari
tushuniladi.
Ochiq spetsifikatsiya deganda esa – nashr qilingan va hamma
foydalanishi mumkin bo„lgan, standartlarga
mos keladigan va barcha
manfaatdor tomonlar birgalikda muhokama qilgandan so„ng o„zaro
kelishuvlar natijasida qabul qilingan spetsifikatsiya tushuniladi.
Agar, ikki tarmoq ochiq tamoillarga rioya qilingan holda - ya‟ni
ochiq tizim sifatida qurilgan bo„lsa, u holda quyidagi afzalliklarga ega
bo„linadi:
1.Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan, bitta standartga rioya qilib
ishlab chiqarilgan apparat va dasturiy vositalardan tarmoq qura olish
imkoniyati.
2.Tarmoqni tashkil etuvchi
qismlarini osonlik bilan, ularning
takomillashtirilgan xillariga almashtira olish mumkinligi. Bu esa
tarmoqni kam xarajatlar bilan yangilab borish imkonini beradi.
3.Bir tarmoqni boshqa tarmoq bilan osongina ulash imkoniyatining
hosil bo„lishi.
Kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish ishlari - ko„p yillar
davomida, ko„p sonli tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Tashkilotlarning nufuzlariga qarab standartlarning
quyidagi xillarini
ko„rsatish mumkin:
1.Alohida firmalarning standartlari.
2.Maxsus komitet va birlashmalarning standartlari.
3.Milliy standartlar.
4.Xalqaro standartlar: ISO - standartlar bo„yicha xalqaro tashkilotning
modeli va kommunikatsion protokollar steki standartlari, ITU – xalqaro
elektroaloqa
ittifoqining
ko„pgina
standartlari,
paketlarni
kommutatsiyalash
asosida
ishlovchi
tarmoqlarning
standartlari,
modemlarning standartlari va xokazo.
Internet tarmog„i – ochiq tizimga yaqqol misol bo„la oladi. Negaki
u ochiq tizimlarga qo„yiladigan talablarga to„liq mos kelgan holda
rivojlangan. Uni ishlab chiqishda turli universitetlar, ilmiy tashkilotlar,
hamda kompyuter texnikasi va vositalarini
ishlab chiqaruvchi
firmalarning har-xil davlatlarda ishlaydigan minglab mutaxasisslari va
tarmoqlardan foydalanuvchilar qatnashganlar.
30
RFC (Request For Comments)
– Internet tarmog„i ishini aniqlab
beradigan standartning nomi –
muhokama uchun mavzular
deb ataladi.
Bu nom ham qabul qilinadigan standartlarning ochiq xarakterga ega
ekanligini ko„rsatadi.
Internet tarmog„ining
rivojiga, xususan uning arxitekturasini va
protokollarini standartlashtirilishiga javob beradigan bir nechta
tashkilotlar mavjud. Ulardan asosiysi –
ISOC (Internet Society)
bo„lib, u
tarkibiga 100000 ga yaqin kishilarni birlashtiruvchi ilmiy ma‟muriy
jamiyat hisoblanadi. ISOC rahbarligi ostida – Internet arxitekturasi
bo„yicha kengash
IAB (Internet Architeture Board
) faoliyat yuritadi.
IAB tarkibida ikkita guruh mavjud:
1.
IRTF (Internet Research Task Force).
2.
IETF (Internet Engineering Task Force).
IRTF - TCP/IP protokollari bo„yicha ko„p yillarga mo„ljallangan
tadqiqot loyihalarini yuritib keladi.
IETF - Internet tarmog„ida vujudga keladigan joriy muammolarni hal
qiladigan guruh hisoblanadi. IETF keyinchalik Internet standartlariga
aylanadigan spetsifikatsiyalarni aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: