66
Marshrutizatorning asosiy vazifasi –
har bir port orqali qabul
qilinadigan va vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan
IPX,
IP,
AppleTalk
yoki
Decnet
protokollari)
paketlarining
sarlavhalarini o„qish va paketning tarmoq adresi, ya‟ni IP-adresi asosida,
uning navbatdagi marshruti qanday bo„lishi haqida qaror qabul qilishdan
iboratdir. Marshrutizatorlar qo„llaniladigan o„rniga qarab, bir nechta
sinflarga bo„linadi (3.34-rasm):
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar.
2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar.
3.Xududiy bo„limlar marshrutizatorlari.
4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar.
5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari.
Katta tarmoqlarda, ko„pincha bir nechta ierarxik sathlarda
ishlovchi marshrutizatorlar qo„llaniladi.
Bunda lokal kompyuter
tarmoqlari stansiyalari birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan
bo„ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari esa, ikkinchi sath
marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi
sath marshrutizatorlari
esa, faqat o„zaro bog„langan bo„ladilar.
Marshrutizatorlarning –
yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi
(birinchi sath) sinflari
mavjud.
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb
ataladi
(
backbone
routers
).
Bu
xildagi
marshrutizatorlarning
unumdorligi eng yuqori bo„ladi. Ular yordamida korxonalarning
magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog„i magistrali
hosil qilinishi mumkin. Magistral
marshrutizatorlar yordamida
sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni
ishlash amalga oshiriladi.
O„rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo„limlar uchun
mo„ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy
bo„limlarni, markaziy ya‟ni, magistral tarmoq bilan bog„lash amalga
oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori
sinf marshrutizatorlarining
nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan
offislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha
katta bo„lmagan ofislarni korxona tarmog„i bilan ulash amalga
oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo„lmagan
kanallar orqali ishlash uchun mo„ljallangan, jumladan ularda telefon
tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo„ladi.
67
3.34-rasm. Marshrutizatorlarning qo„llanish o„rinlari va xillari.
Marshrutizatorlarni qurishda uch xil
asosiy arxitekturalardan
foydalanilgan:
1.Bitta protsessorli arxitektura.
2.Kuchaytirilgan bitta protsessorli arxitektura.
3.Simmetrik ko„p protsessorli arxitektura.
Bitta protsessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda
trafikni ishlash bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash
jadvallarini
yangilash,
xizmat
ko„rsatuvchi
paketlarni ajratish,
boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va xokazo shu kabi vazifalarning
barchasi markaziy protsessorga yuklangan bo„ladi.
68
Kuchaytirilgan bitta protsessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida
sanab o„tilgan bosqichlarning ba‟zilarini
bajaruvchi, qo„shimcha
modullar o„rnatilgan bo„ladi.
Simmetrik ko„p protsessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash
bosqichlarini
bajarish
uchun
alohida-alohida
protsessorlardan
foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: