3. Bobur — mashhur mutafakkir. Bobur podshoh yashagan o'sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchunjasur sarkarda bo'lishida muhim edi. Tabiat Bobur podshohga ana shunday xislatni in'om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan ,,Bobur" (,,Sher") laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg'ayratlik,
epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam karadan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo'lganki, ikki qo'ltig'iga ikki odamni olib qal'a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o'limga tik qarash, o'ziga va o'z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo'lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o'z orqasidan ergashtirish imkonini bergan. Bobur kimlar bilan janglarda to'qnash kelgan bo'lsa, ularning j tajribalarini o'rgangan. Chunonchi, shayboniylardan urushning ,,toig'ama" usulini, mo'g'illardan pistirma qo'yish, afg'onlardan poroxli miltiq ishlatishni o'rgangan.
Bundan tashqari, Bobur kuchli to'pchilar qo'shinini tuza olgan. Boburning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tanolganlar.