Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

Kirish.  

Mavzuning 

dolzarbligi

 

 



Vatanimizning 

kelajagi, 

xalqimizning 

ertangi 


kuni, 

mamalakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tibori avvalambor farzandlarimizning unib-




o‘sib,  ulg‘ayib,  qanday  inson  bo‘lib  hayotga  kirib  borishiga  bog‘liqdir.  Biz  bunday  o‘tkir 

haqiqatni  hech  qachon  unutmasligimiz  kerak.

  1

  Ma‘naviyatni  shakllantirishga  bevosita  ta‘sir 



qiladigan  muhim  hayotiy  omil  –  bu  ta‘lim-tarbiya  tizimi  bilan  chambarchas  bog‘liqdir. 

Ma‘lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani 

inson  kamoloti  va  millat  ravnaqining  eng  asosiy  sharti  va  garovi  deb  bilgan.Albatta  ta‘lim-

tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan ya‘ni, 

xalq  ma‘naviyatini  shakllantiradigan  va  boyitadigan  eng  muhim  omildir.  Binobarin,  ta‘lim-

tarbiya  tizimini  va  shu  asosda  ongni  o‘zgartirmasdan  turib,  ma‘naviyatni  rivojlantirib 

bo‘lmaydi.  Shu  bois  bu  sohada  yuzaki,  rasmiy  yondashuvlarga,  puxta  o‘ylanmagan  ishlarga 

mutlaqo  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Maktab,  ta‘lim-tarbiya  masalasi  davlat  va  jamiyat  nazoratida 

bo‘lishi Asosiy qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga bu keng jamoatchilik, butun 

xalqimizning  ishtiroki  va  keng  qo‘llab-quvvatlashini  talab  qiladigan  umummilliy 

masaladir.Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida  yaratiladi, 

boshqacha  aytganda,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo‘lishi  farzandlarimizning  bugun 

qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy 

har  bir  bola  timsolida  avvalo  shaxsni  ko‘rishi  zarur.  Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan 

holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan 

komil  insonlar  etib  voyaga  yetkazish  –  ta‘lim-tarbiya  sohasining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi 

bo‘lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz  kerak.  Bu  esa  ta‘lim  va  tarbiya  ishini  uyg‘un  holda  olib 

borishni  talab  etadi.  Ta‘limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta‘limdan  ajratib  bo‘lmaydi  –  bu 

sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. 

Bu haqida fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo 

mamot,  yo  najot  –  yo  halokat,  yo  saodat  –  yo  falokat  masalasidir‖  degan  chuqur  ma‘noli 

so‘zlarini  eslayman.  Buyuk  ma‘rifatparvar  bobomizning  bu  so‘zlari  o‘tgan  asr  boshida 

millatimiz  uchun  qanchalar  muhim  va  dolzarb  bo‘lgan  bo‘lsa,  hozirgi  vaqtda  ham  biz  uchun 

shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.Negaki, bizga sobiq 

tuzumdan  meros  bo‘lib  qolgan  maorif  tizimining  eng  noma‘qul  tomoni  shundan  iborat  ediki, 

                                                 

1

 Karimov. I..A. ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 2010. 




unda o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga  yo‘l qo‘yilmas 

edi.  Har  qaysi  o‘quv  yurtini  bitiruvchilarning  bilimiga  qarab  emas,  aksincha,  ularning  sobiq 

Sovet  tizimiga  va  sohta  g‘oyalarga  sadoqatini  hisobga  olib  baholash  va  hayotga  yo‘llash 

tamoyili  asosiy  o‘rinni  egallar  edi.  Ko‘p  hollarda  sifat  o‘rniga  son  ketidan  quvish  ustunlik 

qilardi. Aksariyat yoshlar haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, ko‘proq amalda 

diplomli  bo‘lish  ilinjida  texnikum  yoki  institutlarga  kirar  edi.  Shuning  uchun  ham 

mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  butun  mamlakat  miqyosida  ta‘lim  va  tarbiya,  ilm-fan, 

kasb-hunar  o‘rgatish  tizimlarini  tubdan  isloh  qilishga  nihoyatda  katta  zarurat  sezila  boshladi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayon uzoq yillar mobaynida 

bu  sohada  talay  muammolar  yig‘ilib  qolganini  ko‘rsatdi.  Shuning  uchun  ham  bu  og‘ir, 

mas‘uliyatli  ammo  hal  qilishni  aslo  paysalga  solib  bo‘lmaydigan  ishni  qadam-baqadam, 

izchillik  bilan  bajarishga  bel  bog‘ladik  .

2

  Ta‘lim-tarbiya  tizimidagi  islohotlar  boshlangan 



dastlabki  yillarda  men  jahon  tajribasi  va  hayotda  o‘zini  ko‘p  bor  oqlagan  haqiqatdan  kelib 

chiqib,  agar  bu  maqsadlarimizni  muvaffaqiyatli  ravishda  amalga  oshira  olsak,  tez  orada 

hayotimizda  ijobiy  ma‘nodagi  ―portlash  effekti‖ga,  ya‘ni,  yangi  ta‘lim  modelining  kuchli 

samarasiga  erishamiz,  degan  fikrni  bildirgan  edim.Darhaqiqat,  istiqlol  davrida  barpo  etilgan, 

barcha  shart-sharoitlarga  ega  bo‘lgan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  oliy  o‘quv 

yurtlarida  tahsil  olayotgan,  zamonaviy  kasb-hunar  va  ilm  ma‘rifat  sirlarini  o‘rganayotgan, 

hozirdanoq  ikki-uch  tilda  bemalol  gaplasha  oladigan  ning-ninglab  o‘quvchilar,  katta  hayotga 

kirib  kelayotgan,  o‘z  istedodi  va  salohiyatini  yorqin  namoyon  etadigan  yosh  kadrlarimiz 

misolida  ana  shunday  orzu-intilishlarimiz  bugunning  o‘zida  o‘z  hosilini  berayotganining 

guvohimiz. 

Uzluksiz  ta‘lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyotini  ta‘minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-

                                                 

2

 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 2010     



                          

 

 



 

                                                                             




texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini  qondiruvchi  ustivor  soxadir.  Uzluksiz  ta‘lim  tizimining 

faoliyat  olib  borishi  davlat  ta‘lim  standartlari  asosida,  turli  darajadagi  ta‘lim  dasturlarining 

izchilligi  asosida  ta‘minlanadi.  Uzluksiz  ta‘lim  tizimi  –  yoshlarni  ma‘naviy  etuk,  barkamol 

shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, uning 

tarkibi pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari, 

mazmuni,  vositalari,  shakl-usullari,  ular  o‘rtasidagi  munosabatning  to‘g‘ri  tashkil  etilishi  va 

boshqarilishiga bevosita bog‘liq.       


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin