Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

         Ta‘limnig uzluksizligini ta‘minlash.  Ta‘limning  o‘z  ichiga  maktabgacha  ta‘lim, 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb -  hunar  ta‘limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil 

tizimi    barpo  etiladi.  Oliy  kasb  –  hunar  ta‘limining  bakalavrlar  va  magistrlar  tayyorlashda 

nazarda  tutuvchi  ikki  bosqichli  tizimi  joriy  etildi.  Asperantura  va  doktorantura  faoliyati 

rivojlanib  bordi.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  bo‘yicha 

raqobatbardosh ta‘lim muassasalari vujudga keltirildi. 

 

Ta‘lim  muassasalarini  hududiy  yo‘nalishga  o‘tkazish  va  tarkibiy  tuzulmasini 



o‘zgartirish ishi amalga oshirildi. Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va 

qyta tayyorlash ustuvorligi ta‘minlandi. 

Pedagog va ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish - 

Pedagog  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlashning  zamon  kadr  ko‘zlovchi 

tizimi  vujudga  keltirildi.  Pedagog  kadrlarni  ildam  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish, 

raqobatbardosh  darajada  ularning  kasb  sifatini  qo‘llab  quvvatlash  ta‘minlandi.  Oliy  ta‘lim 

muassasalarida  davlat  ta‘lim  standartlariga  mos  yuqori  malakali  o‘qituvchilar  tayyorlash 



bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy o‘ra va o‘rta maxsus, 

kasb  –  hunar  ta‘limi  uchun  o‘qituvchilar  va  mutaxassislar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta 

tayyorlsh  yuzasidan  maxsus  markazlar  tashkil  etilmoqda.                                          Ta‘lim  jarayonini 

mazmunan isloh qilish -  

Kadrlarni  o‘qitish  va  tarbiyalash  milliy  tiklanish  prinsiplari  va 

mustaqillik  yutuqlari,  xalqning  boy  milliy,  ma‘naviy  va  intelektual  salohiyati  hamda 

umumbashariy qadriyatlarga tayangan , insonparvarlikka  yo‘naltirilgan ta‘limning mazmunini 

davlat ta‘lim standartlari  asosida isloh qilinmoqda.Ta‘lim oluvchinining shaxsiga, unda ta‘lim 

va bilimlarga bo‘lgani ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish o‘tishni, iftixor va insoniy qadr- 

qimmat  tuyg‘usini  shakllantirishga  alohida e‘tibor beriladi.  

     Pedagog  kadrlarning  obro‘-  etibori,  mas‘uliyati  va  ko‘nikmasini  oshirish  yuzasidan 

sofqadam  davlat  siyosati  olib  borilmoqda.  Ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar,  ta‘limning  yangi 

shakli  va  uslublari,  o‘quv,  shu    jumladan    differensiyalashgan  dasturlar    amaliyotiga    joriy 

etilmoqda. 

Ma‘naviy-ahloqiy  tarbiya  va  marifiy  ishlar    -  Yosh  avlodni  ma‘naviy-  ahloqiy  tarbiyalashda  

xalqning  boy  milliy  madaniy-tarixiy  an‘alariga,  urf-  odatlari  hamda  umumbashariy  

qadryatlarga  asoslangan  samarali  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalari  ishlab  chiqilib, 

amaliyotiga  joriy  etiladi.  Shaxsni  tarbiyalash    va  uni  har  tomonlama  kamol    toptirishning 

ustuvorligi  ta‘minlanadi.  Umumiy  hamda  pedagogik  madaniyatini  oshirish  maqsadida,  

mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar takomillashtirib  borilmoqda. 

    O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga  munosib hissa 

qo‘shishga  qodir  shaxsni  shakllantirish  maqsadida    ta‘lim  muassasalari  ota-  onalar,  oila, 

mahalla  qo‘mitalar,  ―Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  ―  jamoatchilik  markazi,  jamoat  tashkilotlari, 

fondlar  bilan o‘zaro  puhta hamkorlik  qiladilar. 

 Iqtidorli    bolalar  va  iste‘dodli  yoshlar  -    Iqtidorli    bolalar  va  iste‘dodli  yoshlarni  aniqlash  va 

o‘qitish  uslubiyati, psixologik –pedagogik va tashkiliy sharoitlari  yuritilyapti, bunday bolalar 

va yoshlarga oid ma‘lumotlarning Republika  banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv 

dasturlari  va progressive pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va 




olimlar  jalb    qilindi,  o`quv  –tarbiya  jarayonida  ularning  faol  ishtiroki  ta‘minlandi.  Fan  va 

texnikani,  siyosat  va  iqtisodiyotni,  madaniyat  va  san‘atni  o‘rgatish    markazlari  qabilidagi 

hamda milliy  ta‘lim muassasalari tashkil etiladi. Iqtidorli   bolalar va iste‘dodli yoshlarni chet 

ellarda  umumiy  va  kasbiy  jihatidan  tayyorgarlikdan  o‘tkazishga  qaratilgan  sobitqadam   

faoliyat amalga oshirilmoqda. 

                1.1  Mamlakatimizdagi ta’lim  sohasidagi islohatlarning tahlili 

     Ma‘lumki O‘zbekistonning 130  yillik asoratdagi tarixi ikki xil  mustamlaka davriga to‘g‘ri 

keladi. Birinchisi chor Rossiya boshqasi qizil imperiya  davridir. Bu ikki xil  mustamlakachilik 

siyosatining   yemirilish  davri  bor. Ayni  shu  davrlarda milliy  ozodlik harakati nomoyondalari, 

yurtning  boshidagi  millat  fidoyilari  ta‘lim  islohati  borasida  fikrlaganlar,  islohatni  amalga 

oshirish, taraqqiyot yo‘llarini qidirganlar.    

    Chor Rossiyaning yemirilish davri mahalliy ziyolilarni jadidlarning milliy ozodlik harakatiga 

to‘g‘ri  keldi.  1917  yilgacha  bo‘lgan  mazkur  harakatlarning  mohiyatida  ta‘limni  isloh  qilish, 

rivojlangan  davlatlardagi  ilg‘or  jihatlarni    o‘zimizga  moslab  olish  g‘oyasini    ilgari  surishgan, 

maktablar  ochishgan  ,  darsliklar  chiqarib  bolalarni  o‘qitishgan.  Ikkinchi  –  qizil  imperiyaning 

yemirilishi  davri    (SSSR  ning  so‘ngi  yillari  )  dagi  O‘zbegiston  gazetalari  taxlamlarini 

kuzatganimizda    amin  bo‘ldikki,  bunda  ham  ta‘lim  islohatiga  asosiy  e‘tibor  qaratilgan. 

Masalan: o‘sha paytda ittifoq iskanjasidagi O‘zbegistonga yaqinda rahbar bo‘lib kelgan Islom 

Karimov  nutqidan  olingan  quydagi  iqtibos  –  orzu,  fikrimizni    isbotlaydi:    ―Aytish  kerakki, 

kadrlarni  puxtaroq  qilib  tayyorlamasdan,  ularning  qadriga  yetmasdan,  ularga  ishonmasdan  va 

qo‘llab- quvvatlamasdan, o‘ylaymanki, biron bir sohada ahvolni  hech qanaqa tarzda o‘zgartirib 

bo‘lmaydi.  (O‘n  birinchi  chaqiriq  O‘zbekiston  Oliy  Sovetining  o‘n  birinchi    sessiyasida 

so‘zlagan  nutq).      Bu  nutqda  so‘ngi  masalaga  yanada  aniqroq  va  kengroq  yondashilgan. 

Iqtibosda birinchi  bor kadrlar tayyorlashning tizimini tubdan yangilash  masalasi ko‘tarilgan. 

Demak. Islom Karimov bu muammoni  yechish yo‘llarini sakkiz yil avval o‘ylagan. Yuqorida 

iqtibos  keltirilgan  nutqdan  bir  yil  o‘tgach  (1990  yil)  esa  Islom  Karimov    milliy  kadrlar 

tayyorlashni tizimga solishni rejalashtirganligini payqash qiyin emas.Qolaversa, unda 1997-yil 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX  sessiyasida  qabul  qilingan.  ―  Kadrlar    tayyorlash 

milliy  dasturi  ―ning  ilk  chizmalarini  ko‘rish  mumkin.  ―  Kadrlar    tayyorlash  milliy  dasturi― 

haqida  hukumat  darajasidagi  bu  fikrni  O‘zbekiston  Prezdenti  Islom  Karimov  Vazirlar 

Mahkamasining ―O‘zbekistonning 1996- yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yakunlari hamda 

1997-  yildagi  iqtisodiy  islohatlarning  ustuvor  yo‘nalishlari‖  ga  bag‘ishlangan  majlisdagi 

nutqida  bayon  etdi:  1997  yilda  bir  yaxshi,  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  kadrlar 

tayyorlash masalasiga alohida e‘tibor berishimiz kerak.  

    Ta‘lim  tizimini  tubdan    qayta  ko‘rib  chiqish  vaqti  yetdi,  kasbiy  bilimlarni  egallash 

imkoniyatlarini  kengaytirish,  ma‘mur-menejerlarni  tayyorlashni  yo‘lga  qo‘yish,yangi 

sharoitlarda,yangi  zamonaviy  texnologiyalarda  ishlashga  qobil  ishchi  va  mutaxassislarni 

tayyorlashni  yo‘lga  qo‘yish  lozim.  (  Ma‘rifat  gazetasi  )

1

                                          Mustaqillikka 



erishganimizning birinchi  yilda ( 1992) Mustaqil O‘zbekistonimizning ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ gi   

birinchi  qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  avvalo,  O‘zbekiston  ta‘limida  ilgari  erishilgan 

muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi.Bu qonun o‘sha davr uchun juda zarur edi. 

   ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi 

                          O‘zbekiston  Respublikasi qonunlar mohiyati 

            Milliy dasturlarning maqsadi va vazifalar quydagilardan iborat:   

     Mazkur  dasturning    maqsadi  ta‘lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish  ,  uni  o‘tmishdan  qolgan 

mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar 

darajasida,  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 

     Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: ―Ta‘lim 

to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat 

va nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini 

shakllantirish negizida ta‘lim tizimini yagona o‘uv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil 

rivojlantirishni ta‘minlash; 



  Ta‘lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan 

yangilanish,rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; 

  Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta‘minlash, 

pedagogic faoliyatning nufuzi va moqomini ko‘tarish; 

  Kadrlar toyyorlash tizimiva mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy  taraqqiyot  

istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiya  ning 

zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;  

  Ta‘lim oluvchining  ma‘naviy –axloqiy  tarbiyalashning va ma‘rifiy ishlarning samarali 

shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish

    Ta‘lim  va  kadrlar  tayyorlash,  ta‘lim  muassasalarini  attestasiyadan  o‘tkazib  va 

akkreditasiya  qilish sifatiga baho berishning  xolis tizimini joriy qilish

  Yangi ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta‘limning  talab  qilinadigan darajasi  va sifatini, 

kadrlar  tayyorlash  tizimning  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi  va  barqaror  rivojlanishining 

kafolatlarini,  ustuvorligini  ta‘minlovchi  normativ,  moddiy-texnika  va  axborot  bazasini 

yaratish;  

  Ta‘lim, fan va ishlab chiqish samarali integrasiyalashuvini ta‘minlash, tayyorlanayotgan 

kadrlarning  miqdori  va  sifatiga  nisbatan  davlatning  talablarni,  shuningdek,  nodavlat 

tuzilmalari, 

korxonalar 

va 


tashkilotlarning 

buyurtmalarini 

shakllantirishning 

mexanizmlarini ishlab chiqish;  

  Uzluksiz  ta‘lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari  mablag‘lar,  shu 

jumladan  chet el investisiyalari   jalb  etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va 

amalyotga joriy etish; 

  Kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro  hamkorlikni rivojlantirish.  




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin