Mustaqillik yillari mazkur yo‘nalishda talaygina ishlar amalga oshirilganligi haqida
avvalgi rejada batafsil to‘xtalgan edik. Ammo, ta'lim sohasida, kadrlar tayyorlashda amalga
Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
"Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" nutqida ta'lim tizimida erishilgan
muvaffaqiyat va kamchiliklarni obyektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda "revolyusion"
islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi.
Avvalo, ta'lim mazmuni "eski sho'rolar zamonidan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos
mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bo'lmagarTligi, ayniqsa, ijtimoiy-
gumanitar yo'nalishdagi fanlar, estetik yunalyshdagi predmetlami o'qitish, tarbiyaviy-ma'rifiy
faoliyat mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo edi. 1992 yilgi "Ta'lim to‘g'risida"gi
Qonun o‘z vaqtida muhim bo'lgan bo'lsa-da, ammo ta'lim tizimini isloh qilishning amaliy chora
tadbirlari ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy
bog'lash, ya'ni uzluksizlikni ta'minlash muammolarini yecha olmadi. Jumladan, ilmiy
asoslanmagan 11 yillik umumiy o‘rta ta‘limga o‘tilganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Umumiy o‘rta ta'lim tarkib jihatdan uch bosqichga bo‘linib, boshlang'ich (1-4 sinflar), tayanch
(5-9 sinflar) va umumiy o‘rta ta'lim (10-11 sinflar)dan tashkil topgan edi.
Bunda ta'lim tizimi mazmunining izchilligi, uzluksizligi, uzviyligining didaktik
tamoyillari, o‘quvchilaning yosh xususiyatlarini hisobga olish holatlari buzildi. Bundan
tashqari, umumiy o‘rta ta'limning davomiylik muddati 10 yildan 11 yilga oshirilganligi sun'iy
bo‘lib, majburiy o‘quv fanlarining soni nihoyatda oshib ketgan, ilmiy jihatdan asoslanmagan
edi. Bunda mazkur fanlar mazmuni davlatimizda kechayotgan demokratik va iqtisodiy
o‘zgarishlar talablariga javob bermadi. O'quv rejalarida yoshlarga axloq va odob, ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o‘rgatadigan fanlarga, xorijiy tillami o‘rganishga yetarli
o‘rin berilmadi. Eng asosiy kamchilik bu-o'sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlashga
o‘rgatmaslik, mehnat faoliyatiga tayyorlamaslik muammosining paydo bo‘lganligi edi. 9-sinftii
bitirayotgan bolalarimiz taqdiri e'tiborsiz qoldirildi. Respublikamizda har yili o‘rtacha 450
ningdan ortiq o‘quvchi 9-sinfni bitiradi. Ularning 250 ningi (55%) yuqori sinflarda o‘qishni
davom ettirardi, 100 ningga yaqini esa hunar- texnika, o‘rta maxsus bilim yurtlariga kirib
o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega edi. Natijada 100 ningdan oshiq bola ta'lim olish yoki
mehnat faoliyatiga jalb qilinmasdan qolib ketardi. Na bir aniq mutaxassislikni, na bir kasbni,
biror bir mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallamagan maktab bitiruvchilari (jumladan 11-
sinfni bitirganlar ham) o'z qobiliyati, havasi va intilishlariga mos, hayotda o'ziga munosib o'rin
topolmadi. 9 va 11-sinflar darajasidagi ta'lim dasturlarida ikkita "uzilish" bor edi. Umumta'lim
va kasb-hunar dasturidagi uzluksizlik, izchillik ikkinchi bosqichda, ya'ni hunar-texnika va o‘rta
maxsus ta'lim tizimida yanada buzildi. Buni quyida keltirilgan sxemada yaqqol kurish mumkin.
Eski ta'lim tizimidagi yuqorida ta'kidlangan qator kamchiliklar va muammolami tugatish istagi
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning yaratilishiga sabab bo'ldi.Uzluksiz ta'lim tizimining
eski tizimdan ustunligi, ilmiy asoslanganligi va kadrlar tayyorlashdagi mavjud bo'lgan
muammolarrni yecha olishini yaxshi tasavvur qilish uchun keltirilgan sxemaga murojaat
qilaman.
O‘zbekiston Respublikasida mavjud va kiritilgan uzluksiz ta‘lim tizimining o‘zaro qiyosi
a) Kiritilgan uzluksiz ta‘lim tizimi
Dostları ilə paylaş: