2.1 Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning muammolarini o’rganish masalalari.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning
moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida zamin
etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi taqoza etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan tegnologiya
sohasi va jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini
beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash sohalari (xususan, qishlok xo‘jaligi
sanoat, transport maishiy xizmat ko‘rsatish)da yondashuv an‘anasi yuzaga keldi. Ishlab
chiqarish jarayoniga texnologik yondashuv ushbu jarayonning umumiy tavsifini yoritishga
xizmat qiladi, ya‘ni muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash
(dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste‘molchiga etkazib berishgacha bo‘lgan (so‘nggi
bosqich) davrni o‘z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e‘tirof etiladi. Ishlab
chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan soxalarda isloxatlarni tashkil
etish, ularning muvaffaqiyatini ta‘minlash va ularni boyitib borish kabi maqsadlarga
erishishning samarali omili sifatida tashkil etildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga
zamonaviy, ilg‘or, yuksak texnologiyalarning qo‘llanish shartlaridan biri malakali
mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishni
yo‘lga qo‘yish ekanidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan
uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy
hayotida etakchi o‘rin tutgan g‘oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o‘z ta‘sirini
o‘tkazsa, o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish aholi madaniy turmush tarzining yaxlitlanishiga olib
keladi.
Ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar natijasida xalq
xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish ehtiyoji yuzaga keldi.
Ushbu ehtiyojni qondirish ishlab chiqarish (moddiy yoki nomoddiy ishlab chiqarish tarmog‘i
bo‘lishidan qat‘iy nazar) sohalari tomonidan turli mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha
kasbiy ma‘lumotga ega kadrlarni tayyorlash ishiga mas‘ul sanalgan ta‘lim muassasalariga
ijtimoiy buyurtma berish hamda mazkur buyurtmaning sifatli bajarilishi asosida hal etiladi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalari
zimmasiga erkin, mustaqil fikr yurita oladigan tafakkuri va dunyoqarashi keng, bilimli,
shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim, yuksak malakaga ega bo‘lgan kadrlar
(mutaxassislar ) ni tayyorlab berishdek mas‘uliyatli ijtimoiy vazifa yuklangan . Ishlab
chiqarish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish borasidagi ijtimoiy buyurtma
mohiyati o‘z-o‘zidan ta‘lim tarbiya tizimi, ushbu tizim doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi
ta‘lim muassasalarining faoliyati mazmuni tubdan yoki qisman o‘zgaradi. O‘zbekiston
Respublikasida amalga oshirilayotgan ta‘limiy islohatlar hamda kadrlar tayyorlash
borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ko‘ra, 1997 yil 29 avgustda oliy majlisning IX-
sessiyasida qabul qilingan yangi taxrirdagi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta‘lim tizimi yaratilib, aniq vazifalarni bajaruvchi
bosqichlar belgilandi. Shuningdek, yangi turdagi ta‘lim muassasalari faoliyat yurita boshladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining shakllanishi o‘z-o‘zidan kadrlar tayyorlash jarayonining
yangicha mazmun kasb etishini ta‘minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxasisni
tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta‘lim jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga
ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g‘oya, kashfiyot va yutuqlarning
tadbiq etilishi, ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik ta‘moyillarining ustuvor o‘rin
tutishi, ta‘lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya‘ni, ta‘lim tarbiya jarayonining
asosiy subektlaridan biri bo‘lgan o‘quvchi –ta‘lim oluvchi shaxsning hurmat qilinishi uning
sha‘ni, or-nomusi, qadr-qimmati va xuquqlari daxlsizligining ta‘minlanishi), ta‘lim
oluvchining pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart
sharoitlarni yaratish, ularning xohish –istaklari bilan o‘rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni
qo‘llab quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan
ko‘nikma hosil qilish, hosil qilingan ko‘nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag‘bat
bildirish, o‘quv manbalari va ko‘rsatmali vositalar mazmunida yuqorida qayd etilgan
g‘oyalarning o‘rin olishiga erishish, ta‘lim oluvchi (o‘quvchi)larda bilim olishga nisbatan
ichki ehtiyoj, qiziqish, rag‘batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror
toptirish va hokazalar asosida yaratiladi.
Yangicha mazmun kasb etgan
kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi
ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishini
kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlarga nisbatan aholi
tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo‘nalish
bo‘yicha malakaviy (kasbiy) ma‘lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshli
muhim ahamiyatga egadir. Xalq ho‘jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan
ta‘minlanishi uzluksiz ta‘lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali,
muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatuvchi dalil hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarining barkamol
shaxs va malakali mutaxassis bilan ta‘minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita,
ijtimoiy –iqtisodiy tarbiya tizimi .
Ijtimoiy buyurtmaning bajarilishi sifat ko‘rsatgichi malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga
nisbatan texnologik yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta‘minlashga olib keladi.
Shu bois so‘nggi yillar mobaynida ta‘lim tizimida yangi pegagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |