Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


O’rta maktablarda chet tillarini o’rganishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

 2.5 O’rta maktablarda chet tillarini o’rganishning maqsad va vazifalari 

                     To'qqiz yillik (I-IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'-

limning bu turi boshlang‘ich ta'limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilaning fanlar 

asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-

ilmiy va umummadaniy bilimlami, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-

aqloqiy fazilatlami, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda 

bo'lishni  va  kasb  tanlash  shakllantiradi.  Umumiy    o‘rta  ta‘lim  tuganlangidan  keyin  ta‘lim 

tuganlanganidan keyin  ta‘lim fanlar va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat 

tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat  beriladi. Umumiy o‘rtaning  yangicha tizimi  va 

mazmuning shakllantirish  uchun quydagilar zarur.  

    -  maktabning  I-IX  sinflar  doirasida    sifatli  umumiy  o‘rta  ta‘lim  olishni  taminlovchi  davlat  

ta‘lim  standatlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  bunda  akademik  litsey  va  kasb-  hunar 

kollejidan  keyin olinadigan ta‘lim dasturlari bilan  mantiqiy bog‘liqlik hisobga olinishi lozim; 

   - yuqorimalakali pedagog kadrlar tayyorlash; 

  -  hududlarning  jo‘g‘rofiy  va  demogratik    xususiyatlariga  ,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning 

ehtiyojlariga muvofiq  ravishda  ta‘lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish; 

 -    o‘quvchilarning  qobilyatlari  va  imkoniyatlariga  muvofiq    ravishda    ta‘limga 

tabaqalashtirishga  yondashuvi  joriy etildi    

-  ta‘lim  berishning  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarning,  zamonaviy    o‘quv  uslubiy  

majmualarni  yaratish va o‘quv tarbiya  jarayonini didaktik jihatdan taminlash; 

 - o‘quvchilar kasb- hunar tanlaydigan va psihologik – pedagogic jihatdan  maslahatlar oladigan  

markazlar tarmoqlarni  tashkil etish.     




       O'quvchi nemis tilini o'rganish jarayonida quyidagi bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashi 

shart: 


-   nemis tilidagi matnlarni 10 daqiqada 350 ta so'z) ifodali o'qiy olish; 

-   sodda mazundagi matnlarni tushunish; 

-   matnlarda ifodalangan turli darajadagi axborotlarni tushunish; 

-  100-120 ta so'zdan iborat bo'lgan o'rtacha murakkablikdagi matnni nemis tilidan ona tiliga va 

ona tilidan nemis tilga tarjima qila olish; 

-   o'qish kitobiga tayangan holda og'zaki nutq ko'nikmalariga ega bo'lish; 

-    kommunikativ maqsadlarga yo'naltirilgan og'zaki muloqot ko'nikmalariga ega bo'lish; 

-   dialogik va monologik nutq ko'nikmalariga ega bo'lish; 

-    suhbatdoshining nutqini tushuna olish; 

-    yozib olingan nutqni tushuna olish;  

-    matndan dialog ko'chira olish; 

-    o'qilgan yoki eshitilgan matnga tayangan holda reja tuzish yoki tezis yoza olish; 

-   tabriknoma va maktub yoza olish. 

                Nemis tilini o‘qitishning  maqsad va vazifalari 

    Ta'lim  maqsadlari  ijtimoiy  buyurtma  -topshiriq  bo'lib,  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni 

shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi. 

Nemis  tilini  o'qitishning  asosiy  maqsadi  o'quvchilarda  kommunikativ va 

lingvomamlakatshunoslik imkoniyatlarini shakllantirishdir. O'quvchilar nemis 

tilini maktabda, tarbiyaviy, amaliy, ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarda 

o'rganadilar. 

         Tarbiyaviy maqsad 

Tarbiyaviy  maqsad  xorijiy  tildagi  matnlarning  mazmunini  o'rgatish  yo'li  bilan  amalga 

oshiriladi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga mo'ljallangan matnlar esa darslik, qo'llanma 

va boshqa adabiyotlarda o'z ifodasini topadi.  O'quvchilarning bilish faolligini oshirish quyidagi 




maqsadlarni o'z ichiga oladi.Har tomonlama rivojlangan, yuksak ma'naviyatli, iymon- e'tiqodli, 

irodali, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish. 

   •  O'quvchilarga  g'oyaviy-siyosiy  tarbiya  berish,  xalqlar  o'rtasidagi  o'zaro  tushunish 

tuyg'ularini rivojlantirish, ularda aqliy mehnat malaka va ko'nikmalarini hosil qilish. 

•  O'z  yurti  va  tili  o'rganilayotgan  mamlakatning  xalqi,  uning  milliy  urf-odati  hamda   

qadriyatlariga      hurmat    bilan  do'stona      qarashlik,      dunyoga      qiyosiy  munosabatda  bo'lish 

sifatlarni shakllantirish, 

•   O'quvchilarga vatanparvarlik va axloqiy poklik, mehnatsevarlik tuyg'ularini singdirish. 

      Ta'limiy maqsad 

Ta'limiy maqsad nemis tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tafakkurini  mantiqiy o'stirish 

va shu  tilni o'zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi.  Ona 

till  va  nemis  till  o'rtasidagi  o'xshashlik  hamda  farqlarni  bilib  olish  o'quvchilarning  bilim 

saviyalarini  yanada  oshiradi.  Ta'limiy  maqsadning  vazifasi  o'quvchilarning  bilim  olishiga 

yordam berishi, ularda mustaqil faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirishi, o'zlashtirilgan bilimlarni 

kundalik  turmush  amaliyoti  bilan  bog'lashi  va  ularni  mustahkamlashi,  boshqa  fanlar  bilan 

uyg'unlashtirishdan iborat.  

   Ta'limiy maqsad quyidagiiarni o'z ichiga oladi. 

•        Nemis  tilini  o'rganish  jarayonida  fanlararo  bog'lanish  orqali  mamlakatimiz  va  tili 

o'rganiladigan  mamlakatning  geografiyasi,  tarixi,  adabiyoti,  san'ati,  fan  va  madaniyati  bilan 

tanishtirish,  milliy  o'zligi  va  milliy  madaniyatlar  erishgan  yutuqlarini  chuqur  anglash, 

umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish. 

•      O'quvchilarda  mamlakatirniz  va  tili  o'rganiladigan  mamlakatning  geografiyasi,  iqlimi, 

o'zlarini o'rab turgan atrof-muhit haqida ma'lumot bera olish ko'nikmalarini shakllantirish. 

• Ona tili va boshqa fanlar bo'yicha egallangan bilimlar hamda qo'shimcha manbaalar asosida 

mavzular  bo'yicha  nemis  tilida  mustaqil  ravishda  qiyosiy  ma'lumot  bera  olish  malakalarini 

rivojlantirish. 




•      O'quvchilarni  filologik  va  umumiy  dunyoqarashini,  mantiqiy  hamda  tanqidiy  fikrlashini 

rivojlantirish. 

               Amaliy maqsad 

Amaliy maqsad tarbiyaviy, ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni shakllantirish orqali amalga 

oshiriladi. Nemis tilini amaliy egallash, o'zgalarning nemis tilidagi og'zaki va yozma nutqlarini 

ushbu dasturda qayd etilgan talablar doirasida tushunishdan iborat bo'lib, quyidagi maqsadlarni 

o'z ichiga oladi. 

•    Mavzu  bo'yicha  o'z  fikrini  nemis  tilida  bayon  etish  malaka  va  ko'nikmalarni  shakllantirish 

hamda ularni rivojlantirish. 

•  Kishilar  orasidagi  bevosita  muloqot  malakalarini  o'qish,  tinglab  tushunish  jarayonida  olgan 

bilimlari orqali amaliy jihatdan qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish. 

•        Tilni  amaliy  bilish  nutq  faoliyati  ko'nikmalari,  shuningdek,  gapirish  hamda  yozuv  orqali 

egallagan bilim, ko'nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish. 

•   Nutqning to'rt faoliyati talablari asosini mavzu bo'yicha o'z fikrini mustaqil ravishda amaliy 

jihatdan qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish. 

        Rivojlantiruvchi maqsad 

O'quvchini  har  tomonlama  yetuk  shaxs  bo'lib  yetishishini,  ya'ni  uning  dunyoqarashini,  estetik  

didini, mustaqil fikrlashini, xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, kishilar bilan qiladigan 

muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish 

malaka  va  ko'nikmalarini  vujudga  keltirishni  ko'zda  tutadi  va  quyidagi  maqsadlar  amalga 

oshiriladi; 

• O'quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish. 

•    O'quvchilarda  dars  jarayonida  va  darsdan  tashqari  vaqtlarda  mustaqil  o'qib  o'rganish 

ko'nikmalarini shakllantirish. 

•    O'quvchilarda  mustaqil  o'rgangan  manbalar  va  materiallar  asosida  shaxsiy  fikrlarini  bayon 

qilish sifatlarini rivojlantirish. 




•   Muloqotning yangi holatlarida til bo'yicha egallagan ko'nikma va malakalarini tahlil qilish, 

bir tizimga solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo'llashni rivojlantirish. 

•      O'quvchilarning  til  va  kommunikativ  muloqot  bo'yicha  hozir  javobligini,  mustaqil  fikrlay 

olish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish. 

•        Nemis  tili  sohasida  egallagan  bilim,  ko'nikma  va  malakalari  asosida  keyinchalik  ish 

faoliyatida  o'z  bilimini  oshirishda  mustaqil  qo'llash  malakalarini  rivojlantirish.  Nemis  tilini 

o'qitishning amaliy, ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, 

balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og'zaki nutqni o'rgatish, qo'shimcha adabiyotlarni 

o'qish,  turli  o'yinlar  o'ynash,  olimpiada  va  musobaqalarda  qatnashish)  larda  ham  o'z  ifodasini 

topadi. 


Yuqoridagi  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  uchta  vazifani  belgilash  maqsadga 

muvofiqdir: 

•  til o'qitish bilan bog'liq bo'lgan vazifalar;  

•  til o'rganish bilan bog'liq bo'lgan vazifalar; 

•        o'quvchilarning  egallagan  malaka  va  ko'nikmalarini  nazorat  qilish  bilan  bog'liq  bo'lgan 

vazifalar. 

   Amaliy maqsadning mohiyati nemis tilini muloqot vositasi sifatida foydalanishni o'rgatishdan 

iborat bo'lib, u nutq faoliyatining o'qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv kabi turlariga xos 

bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo etadi. Nutq faoliyatining to'rt 

turi  bo'yicha  5-9-sinflarda  o'quvchilar  o'zlashtirishi  lozim  bo'lgan  zaruriy  bilim,  ko'nikma  va 

malakalar til bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmaning shakllanishi: 

—   talaffuz, ohang, grafika; 

—      nutqning  leksik  tomoni:  produktiv  o'zlashtirish  uchun  1000  leksik  birlik,  shu  jumladan, 

og'zaki nutqni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan sonlar; 

—    olmoshlar, predloglar, bog'lovchilar; 

—    o'quvchilarning potensial lug'atini kengaytirish uchun zarur bo'lgan vositalar; 




—    nutqning grammatik tomoni; 

—     produktiv hamda retseptiv o'zlashtirishga mo'ljallangan grammatik material; 

—     sintaksis; (sodda va qo'shma gaplar) 

—            morfologiya  (so'z  turkumlari:  ot,  artikl,  sifat  (sifat  darajalari),  ravish,  fe'l  (fe'l 

tushunchasi, bog'lanish, tuzilishi va oddiy hamda murakkab zamon formalaridir).  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin