Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli
darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
oliy ta'lim;
oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;
kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta'lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik
umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Bu
esa, umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb- hunar ta'limi dasturlariga izchil o'tilishini
ta'minlaydi.
Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang‘ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy
o'rta ta'lim (I-IX sinflar), o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab oladi.
Maktabgacha ta'lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi,
unda o'qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha
ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar
muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini
ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok
etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilami amalga oshirish lozim bo'ladi:
-malakali tarbiyachi va pedagog kadrlami ustuvor ravishda tayyorlash; -maktabgacha
ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
-bolalami oilada tarbiyalashni tashki-liy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan
ta'minlash;
-zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish
hamda ulami ishlab chiqarish;
-maktabgacha yoshdagi bolalami xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish
maktabgacha muassasalaning har xil turlari uchun turli variantlardagi dastur-lami tanlab olish,
maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo'yicha malakali konsul-tasiya xizmati ko'rsatish
imkoniyatini yaratish maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini
qo'llab- quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: