Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

o’quvchilar chet tildagi nutqiy faoliyatining asosiy turlarini o‘zlashtiradilar. 

   Ta‘lim bosqichlari va o‘zlashtirish darajasi ta‘limning konkret sharoitiga qarab  dars turlicha  

o‘z ifodasini topadi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    

Akademik  litsey  va  kasb-hunar  ko‘1lejlarida  chet  tili  kursi  o‘z    xususiyatlariga  ega. 

O‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab chet tili kursi ularning bilimga bo‘lgan  intilishi va 

extiyojlarini to‘laroq qondiradi. 

O‘quvchilarning  individual  xususiyatlarini  xisobga  olgan  xolda,  ularga  nisbatan  farqlab 

yondashish  amalga  oshiriladi.  o‘quvchilarni  farqlash  quyidagi  yo‘na-lishlarda  olib  borilishi 

mumkin: 

—O‘quv topshiriqlari murakkabliga va ularni bajarilishi mudatatiga qarab farqlash; 

—bu  borada  o‘quvchilarga  bajarilishi  shart  bo‘lgan  topshiriq,  bilan  birgalikka,  nisbatan 

murakkab,  lekin  ba‘zi  o‘quvchilarning  yuqori  darajadagi  imkoniyatlariga  mos  keladigan 

vazifalar ham tavsiya etiladi. 

     O‘qitishni  farqlashning  boshqa  yo‘nalishi  —  bilim  va  kasbiy  munosabatlari  masalasida 

ahamiyatli  bo‘lgan  o‘quv  materiallarini  tanlashda,  o‘quvchilar  manfaat  va  imkoniyatlarini 

xisobga olishga asoslanadi. 

   Akademik  litseylardagi  chet  tili  ta‘limi  o‘quvchilarning  yuqori  darajadagi  mustahkamligi 

bilan  farq.  qilishi  lozim.  Shuning  uchun  bu  erda  adabiyot,  vaqtli  matbuot,  O‘quv  qo‘llanma 

kabilardan  kerakli  ma‘lumotlarni  olish,  turli  xildagi  axborotlarni  tayyorlash,  reja-konspektlar, 

referat,  annotastiyalarni  tuzish;  zaruriy  adabiyotlar  ro‘yxatini  tuzish  kabilarga  yo‘naltiriltan 

yakka,  juft  va  guruh  bo‘lib,  auditoriyada,  uyda,  lingafon  xonasida,  kutubxonada  mustaqil  ish 

olib boriladi. Bunday ish ko‘pincha ijodiy va tanqidiy xarakterga ega bo‘ladi. 




    Chet  tili  ta‘limi  maktab  O‘quvchilarida  xosil  qilingan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalariga 

asoslanibgina  qolmasdan,  balki  boshqa  (adabiyot,  tarix,  matematika,  fizika,  kimyo,  biologaya 

kabi) predmetlar o‘qitilishi jarayoiida olingan  bilimlarga ham asoslanadi. 

                                     Ta‘lim mazmuni 

Chet  tili  o‘quv  predmeti  mazmuning  tarkibiy  qismlarini  til  materiali,  nutq,  mavzulari, 

tilshunoslik va mamlakatshunoslik sohalaridagi bilimlar tashkil etadi. 

Chet  til  ta‘limi  mazmuni  tarkibiga  ko‘nikma  va  malakalar  ham  kiradi.  Ular  uch  guruxga 

ajratiladi: 

- o‘quv-intellektual ko‘nikma va malakalar, ya‘ni tinglash va o‘qish jarayonida til hodisalari va 

faktlari o‘rtasidagi sabab va oqibat aloqalarini o‘rnata olish, ushbu hodisa va faktlarni farqlash, 

umumlashma  va  xulosalar  qila  olish  ushbu  kurs  o‘qitilishi  jarayonida  nixoyatda  dolzarb 

masaladir; 

-           o‘quv-axborot   ko‘nikma   va   malakalar,    ya‘ni   axborotlarni asosiy va ikkinchi 

darajalilarini farqlay olish,  turli  manbalardan kerakli axborotni ajrata olish,   ma‘lumotlardan  

foydalana    olish,    axborotlarning    shartli    belgilar    va    noverbal    vositalarini      —  chizma,   

diagramma,   qalamtasvir,   matematik   simvollarni tushuna olish; 

-    o‘quv-kommunikativ ko‘nikma va malakalar, ya‘ni muammo muhokamasida qatnasha olish, 

og‘zaki  ifoda  etiladigan  fikrlarni,          o‘qilgan          ma‘ruza        tezislari,        referat  kabilarning 

rejasini tuzish, yoza olish va ҳ.k. 

       Umumta‘lim  maktablari  dasturlariga  kiritilgan  gapirish,  tinglab  tushunish  va  o‘qishdan 

tashqari, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tarjima qilish (chet tildan ona 

tiliga) hamda yozishni xam kiritilishini talab qiladi. 

Matnlarni  o‘qish  chet  tili  ta‘limining  ushbu  kursida  nutqiy  faoliyatining  etakchi,  ustuvor  turi 

bo‘lib xisoblanadi. 

     Matnlarni  o‘qish  axamiyatining  bunday  yuqori  bo‘lishi  mutaxassisning  ish  uslubi  bilan 

boshqalar,  chunki  unga  faoliyati  jarayonida  kasbi  uchun  muxim  bo‘lgan  axborotni  turli 




manbalardan, jumladan, chet tilda chop etilgan manbalardan ahtarish, ularni o‘zgartirish, ishlata 

bilishga to‘g‘ri keladi. 

   Undan  tashqari,  o‘qish  nutqiy  faoliyatning  shunday  turiki,  uni  talab  darajasida  o‘zlashtira 

olish mumkin va pirovardida u nutqiy malakalarning boshqa turlarini shakllantirilishiga ijobiy 

ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 

   O‘qitish  jarayonida  axborotni  to‘liq  o‘zlashtirish  (o‘rganish  o‘qish),  asosiy  axborotni  bilib 

olish (tanishuv o‘qish), axborotni qisman o‘zlashtirish maqsadida va turli manbalarni tushuna 

olish  va  darxol  kerakli  materiallarni  tanlay  olish  (kuzatuv  o‘qish)  kabi  funksional  o‘qish 

qobiliyatini rivojlantirilishi ko‘zlanadi. 

Bu borada birinchi kursda maktabda o‘zlashtirilgan matnlar o‘qishining umumiy mexanizmlari, 

o‘rganuv o‘qish va tanishuv o‘qish kabi uning ikki keng tarqalgan turlarini takomillashtirilishi, 

II  va  III  kurslarda  esa  keltirilgan  ta‘limning  ikki  turiga  kuzatuv  o‘qish  ko‘shiladi.  Kuzatuv 

o‘qishning yakuniy sifatida og‘zaki axborot berish yoki referat tuzilishi ko‘zda to‘tiladi. 

       


 

              Nutqiy malakalar: O‘qish 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida, tarkibida 7 foizgacha notanish so‘zlari 

bo‘lgan chet tilidagi matnlarning tushuna olish malakalari xosil qilinadi: 

-  O‘quvchilarning   umumiy   saviyasini   ko‘tarish,   bilimga  bo‘lgan extiyojlarini qondirish 

va ularning adabiy ta‘lim  olishlari uchun xizmat o‘quvchi badiiy matnlarning asl nusxalarkni 

o‘qish; 

-   o‘quvchilarning    ma‘naviy    mayafaatlarini    qondirish, ularning umumiy bilimdonligani 

oshirish  uchun  xizmat  qiluvchi  ilmiy-ommabop  xarakterga  ega  bo‘lgan  matenlarni  o’qish 

(masalan, ilmiy kashfiyotlar tarixi, Mukammal EO‘M imkoniyatlari kabi matnlarni o‘qish); 




-shu  kunning  yangiliklarini,  olimlar  va  yoshlarning  xalqaro  aloqalarini  aks  ettiruvchi,  yangi 

ixtirolar  va  texnologiyalar,  ekologik  masalalardagi  ma‘lumotlarni  beruvchi  ijtimoiy-siyosiy 

xarakterga ega bo‘lgan matnlarni o‘qish; 

-  o‘z  sohasi  bo‘yicha  etarli  ma‘lumotlarga  ega  bo‘lgan  o‘quvchiga      mo‘ljallangan,      uning   

mavjud   bilimlarini chuqurlashtirishga   qaratilgan,   bo‘lajak    ixtisosligining  keng miqyosi 

bilan boshqa bo‘lgan matnlarni (masalari, matematika, fizika, biologiya bo‘cha) o‘qish; 

-   aniq   bir   gurux   ixtisosliklar  uchun  mo‘ljallangan  ilmiy  texnik  axborotlar  va  asosiy 

fanlardan o‘quvchilarni  ko‘zatuv qiziqturuvchi   bo‘limlariga,  amaliyotni  tegishli soxalariga 

oid  bo‘lgan  ma‘lumotlarni  kirituvchi      maxsuslashtirilgan      (jumladan,      aloqa,      transport, 

mashinasozlik,   elektron-xisoblash   texnikasi,   moliya, savdoga oid) matnlarni o‘qish; 

-  o‘quvchilarning  bilimga  bo‘lgan  extiyojlarini  nisbatan  to‘laroq  qondiruvchi  ilmiy-fantastik 

xarakterga ega bo‘lgan matnlarni o‘qish. 

   Yuqorida  keltirilgan  matnlarning  so‘nggi  ikki  turi,  bilimlar  darajasi  yuqori  va  kasbiy 

intilishlari aniq bo‘lgan II va III kurs o‘quvchilariga mo‘ljallangan. 

             Tarjima 

Tarjima adabiy, ijtimoiy - ommabop va ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega bo‘lgan matnlar asosida 

nutqdosh faoliyat turi sifatida o‘zlashtiriladi. 

I va  III  kurslarda bo‘lajak ixtisoslikning tor va keng tomonlariga oid  bo‘lgan moslashtirilgan 

yoki asl nusxasini qisqartirib moslashtirilgan matnlar tarjima qilinadi. 

 Tarjima  oldiga  qo‘yiladigan  talablar  quyidagi  maxsus  xususiy  ko‘nikma  va  malakalar 

shakllantirilishini talab qiladi: 

-  chet til  —  ona tili lug‘atlaridan so‘zlarni tez topa olish; 

-   iboralarning leksik va grammatik formal belgilarini aniqlay olish; 

-   til  va  jumla  mazmunidan kelib  chiqqan  holda, gap mazmuni xaqida faraz qilish; 

-tegishli mazmunni ona tilinin adabiy vositalarni orqali yetkazish. 



Nutqiy faoliyatning bu turi matnlarni undoshni o‘rgatish faoliyati bilan uzviy bog‘liq Chet tili-

ona  tili  lug‘atlaridan    foydalana  bilish  ko‘p  jixatdan  tarjima  amali  unumdorligini  oshiradi 

Kerakli  sozlarni  lugatdan  axtarish  jarayoni  oqilayotgan  matn  mazmunini  tushunishga 

erishishning yana bir qoshimcha vositasi bolib xizmat qiladi     

       Ikki tillik lugatlardan foydalanishni  orgatish mashiqlarida quyidagi topshiriqlar beriladi: 

-  So‘zlarni alifbo tartibdagi ketma –ketlikka yozish; 

-  Belgilangan so‘zlar so‘z turkumlarining qaysi birlariga tegishli ekanini aniqlash; 

-  So‘zlarni dastlabki lug‘aviy shaklida yozish; 

-  Ushbu gapda keltirilgan faol so‘z lug‘atda qaysi ma‘noda kelishni aniqlash va h.k 

     Bir birlar bilan bog‘liq bo‘lgan matnlarni tarjima qildirishdan avval ushbu jarayonda 

uchraydigon  qiyinchiliklarning  oldini  olishga  qaratilgan,  jumladan,  tushuncha, 

grammatik  shakl  kabilar bilan bog‘liq, bo‘lgan leksik va grammatik shakl kabilar bilan 

bog‘liq, bo‘lgan  leksik va grammatik mashqlar  o‘tkaziladi. 

    Matn  avval  butunligicha  o‘qib  chiqiladi,so‘ng  abzalva  gaplarga  ajratib  tarjima 

qilinadi. 

  Birinchi kursda o‘quvchilar notanish bo‘lgan so‘zlar ma‘nosini so‘z  yasash  belgilari 

asosida va gapning umumiy mazmunidan kelib  chiqqan holda aniqlashni o‘rganadilar. 

   Ikkinchi kursda tillar o‘zlashtirilishining yuqori darajasiga erishgan o‘quvchilar uchun 

texnik  tarjima  usuli  tavsiya  etiladi,  uchinchi  kursda  bu    usul  ularning    faoliyatilarida 

keng  o‘rin  egallaydi.  Texnik  tarjima  jarayonida  o‘quvchilarning  kasbiy  yo‘nalishi, 

ularning  manfaat  va  kasbiy  intilishlari,  fan  va  texnikaning  so‘ngga  yutuqlari  bilan 

bog‗liq  bo‘lgan  matnlardan  foydalaniladi.  Texnik  tarjima  qo‘llanilishi  jarayonida 

o‘quvchilar  ilmiy-texnik  axborot  turlari  bilan  —  oynoma  va  ro‘znoma  maqolalari, 

reklama materiallari, ko‘rsatma, katalog, ma‘lumotnoma kabilar bilan tanishadilar. 




    Ta‘limning asosiy vazifasi  —  o‘qish  jarayonida matn elementlarining  mantiqan va ma‘nosi 

jihatidan o‘zaro bog‘likligini aniqlashga  yo‘naltirilgan izlanish va ta‘lmiy faoliyat  olib borish 

usullari bilan o‘quvchilarni qurollantirishdan iboratdir. 

Ushbu vazifaning bajarilishi uchun o‘qish jarayonida xam umumiy, xam maxsus ko‘nikma va 

malakalarni shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlardan foydalanish mumkin. Ushbu mashqlar 

o‘z  navbatida  matnning  mazmunini  va  mantiqiga  oid  tarkibini  tushunishni  o‘rgatadi.  Bu 

jarayon asosida esa o‘xshatish bilan bog‗liq bo‘lgan harakat qilish, solishtirish, aniq bir turkum 

tarkibidan  kerakli  iborani  tanlab  olish,  axborotni  o‘zgartirish,  matn  ichidan  ma‘nodor 

elementlarni  ajrata  olish,  alohida  faktlarni  bir  biri  bilan  taqaoslash  qobiliyatlarini 

shakllantirishga  qaratilgan.  Ushbu  ko‘nikma  va  malakalar  topshiriqlar  bajarish  jarayonida 

shakllanadi.  

   Topshiriqlar: 

- muxim so‘z, gap, so‘zlar birikmasining tagini chizish; 

—matn g‘oyasini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi faktni topish; 

—abzast, matn tarkibidagi faktlar sonini aniqlash; 

—matnda keltirilgan faktlarni axamiyatiga qarab taqsimlash; 

-qisqartirish  mumkin  bo‘lgan  ikkinchi darajali faktlarni ko‘rsatish . 

Quydagi    topshiriqni  mashqlar  o‘quvchilarning  umumlashtirish,  alohida  faktlarni  birlashtirish  

ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi: 

-abzastni nomlash; 

- bir necha sarlavhadan qaysi biri abzast yoki matn mazmuniga ko‘proq  mos kelishini aniqlash;  

- matnning bir parchasini o‘qib, uning davomini o‘ylab topish; 

O‘qishning barcha turlari o‘zaga hos  hususiyatlariga egadir. 

O‘rganuv o‘qish- matnni ,jumladan, tilning ifodaviy vositalarini  tahlil qilishi bilan farq, qiladi. 

O‘qishning  bu  turi  o‘zlashtirilgan  axboratni  to‘liq  tushunilishini  va  keyinchalik  uni  qaytadan 



tiklanishini    (  aytib  berish,  referat,  annotatsiya  kabilar    orqali)  taqoza  etadi.  Mashqlarga 

qo‘yilgan tahminiy topshiriqlar: 

-  matnda belgilangan gap yo abzastlarni tarjima qilish; 

-  matn mazmunini tahlil qilish; 

-  o‘qib    chiqilgan  maqola  mazmuniga  mavjud  annotatsiyalardan  qaysi  biri  ko‘proq  mos 

kelishini aniqlaydi; 

-  muhim  bo‘lmagan  tafsilotlarni  chiqarib  tashlash  yo‘li  bilan    matnni    qisqartirish.  

Tanishuv  o‘qish  –  o‘qib  chiqilgan  matnning    umumiy  mazmunini  tushunib  olishni 

nazarda  tutadi,  o‘zlashtirilgan  axborotning  tafsilotlariga  berilmay,  uni  keyinchalik 

ishlatilishini nazarda  tutmagan o‘qish turidir. 

O‗qishning bunday turida matndagi ahborotning 75 foizidan kam bo‘lmagan  qismi 

tushunarli  bo‘lishi lozim.                  

Mashqlarga qo‘yilgan taxminiy topshiriqlar: 

—matnning asosiy mazmunini bayon etish; 

—matnning muxim so‘zlarini aniqlash; 

—muallif xulosalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan faktlarni sanab berish; 

—matnda  aks  ettirilgan  hodisalarning  ketma-ketligini  belgilash  maqsadida  gaplar  oldiga 

raqamlar qo‘yib chiqish; 

—keltirilgan fikrlarning qaysilari asosiy, qaysilari ikkinchi darajali ekanini aniqlash; 

—keltirilgan gaplarning qaysilari matn parchalari uchun sarlavxa vazifasini bajarishi mumkin; 

—tavsiya etalgan reja asosida matnni qismlarga bo‘lish. 

Kuzatuv o‘qish -matn mazmuni haqida eng umumiy tasavvur hosil qilishga, syujet mavzusiga 

(o‘qishning  bunday  turi  qo‘llanilganida  axborotning  10—15  foizdan  kam  bo‘lmagan  qismi 

tushunarli  bo‘lishi  lozim)  qaratilgandir;  o‘qishning  bunday  shakli  oldindan  ma‘lum 

bo‘lgan,aniq bir ma‘lumotlarni   ( raqamlar,  stitata va boshqa shu kabilarni) axtarish maqsadida 

ishlatiladi. 




Mashqlarning taxminiy topshiriqlari: 

— matida nima haqida so‘z borayotganini aniqlash; 

—matnda quyidagi savollar yoritilayotganini aniqlash; 

—matnda  (matn  oldida)  ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarni  ko‘rib  chiqib,  ularda  gap  nima  haqida 

borayotganini aytib berish; 

—masalalarni ko‘rib chiqib, ularning qaysi birlari muammosiga tegishli ekanini aytib berish; 

—oynomaning bir sonini ko‘rib chiqib, unda qanday mavzu aniqlanganligini aytib berish. 

Kuzatuv  o‘qish  matn  materialidan  qo‘yilgan  savolga  javob  topish,  o‘qish  jarayonida 

o‘zlashtirilgan axborotni keyinchalik albatta ishlatilishi lozim ekanini tushunilishiga asoslangan 

o‘qishdir. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin