o‘qitilishida uzviylik va izchillikning ta‘minlanishi masalalariga oydinlik kiritish.
Respublika hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta‘minlashda muhim sub‘ektlar sanaluvchi barkamol shaxs va
malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasiga jiddiy e‘tibor berilmoqda.Uzluksiz ta‘lim
tizimini tashkil etish borasidagi ijtimoiy harakat mohiyatini to‘laqonli yoritib bergan
O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ mazmuni, g‘oyalari ta‘lim-tarbiya jarayonining ishlab chiqarish tizimi bilan
integrastiyalashuviga erishish zarurligini ko‘rsatadi.Ta‘lim-tarbiya hamda ishlab chiqarish
tizimlarining integrastiyalashuvi ijtimoiy jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan quyidagi
holatlarning qaror topishini ta‘minlaydi:
- birinchidan, umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilarining zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan faol muloqotda bo‘la olish imkoniyati yuzaga keladi, nazariy bilimlarni
ishlab chiqarishda, amaliyotda qo‘llash, shuningdek, muayyan yo‘nalishda kasbiy faoliyatni
samarali tashkil eta olish malakalari shakllanadi;
- ikkinchidan, o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini o‘zlashtirilishi muayyan kasbiy faoliyat
ko‘nikma va malakalarining shakllanishi xalq xo‘jaligining turli sohalarini har jihatdan yetuk,
barkamol shaxs va malakali mutaxassislar bilan ta‘minlanishiga zamin yaratadi. Kadrlar
tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan, uzuliksiz ta‘lim tizimiga kiritilgan
ta‘limning yangi turi, ya‘ni uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: