BMIning amaliy ahamiyati. Mavzu o‘rganilishining amaliy ahamiyati haqida so‘z borar
ekan ilmiy rahbarim M. E. Umarxo‘jaevning quyidagi so‘zlarini aytib o‘tishni maqsadga
muvofiq deb o‘ylayman. ―Chet tili mutaxassislari tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari
zimmasiga endi nafaqat pedagog – tilchilar, balki fan-texnikaning turli sohalarini ham
o‘qitish malakasiga ega tilchi mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibiga qo‘yilmog‘i
kerak. Buning uchun avvalo ta‘lim uzluksizligini inobatga olgan holda umumta‘lim
maktablarining birinchi sinfidan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy
o‘quv yurtlari darsliklari til matariallarining bosqichma-bosqich uzviyligini ifodalovchi
zamonaviy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari tuzishga kirishmoq zarur; o‘quvchilarning
leksik-grammatik va nutqiy faolligini oshirish maqsadida maxsus minimumlar ishlab
chiqilishi kerak. Asossiz takrorlashlarga barham bermoq, darsliklar va qo‘llanmalarda
uzviylik tamoyili hukmron bo‘lmog‘i lozim‖. [9;177b.] Davrimizning xorijiy tillar
bo‘yicha mutaxassislari nafaqat bir tilni, balki ikki, uch xorijiy tillarni mukammal
bilishlarini, shu tillarda yozishi, shatnomalar tuzishi, internet materiallaridan unumli
foydalanishi, ilm-fan atamalarini tarjima qilashni bilishlari talab etiladi. [ 177] ―Chet
tillarni o‘qitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati‖ mavzusining tadqiqot natijalari
olmon tili o‘qitilishi samaradorligini oshirish, olmon tili darslarini qiziqarliligini oshirish
kerak. Tadqiqot davomida o‘rta umumta‘lim maktablari o‘quv dasturlari, darsliklarida
berilgan o‘quv materiali mazmunan va son jihatidan o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Ulardan
olmon tili o‘qitilishida foydali uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Bu esa mavzu
o‘rganilishining amaliy ahamiyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |