59
Rebuslarni
shifrlash
(ya’ni
raqamlarni simvollar bilan
almashtirish) va shifrlar bilan yozilgan sonlarni aniqlashning bir necha
turlari mavjud.
1) agar
rebus harflar bilan shifrlansa, u holda har bir raqamga
yagona harf mos kelishi va ikkita turli harflarga
ikkita turli raqamlar
mos kelishi zarurdir. Shuning uchun rebusni yechishda biror harfning
son qiymati topilgan bo`lsa, u holda boshqa harflar bu qiymatni qabul
qilishlari mumkin emas.
2) rebus bitta simvol (ko`p hollarda yulduzcha simvoli- )bilan
shirflansa, u holda bu simvol orqali turli raqamlar shifrlangan bo`ladi.
Rebuslarni yechishda ko`p hollarda quyidagi qoidalardan
foydalaniladi.
1. Agar ixtiyoriy sonni bir xonali songa ko`paytirilganda yana
o`sha sonning o`zi hosil bo`lsa, u holda ko`paytuvchi 1
ga teng
bo`ladi.
2. Sonning yozuvida chapdan eng chetdagi raqam 0 bo`la
olmaydi.
3. Agar 0 bilan tugamaydigan ixtiyoriy sonni,
ixtiyoriy bir
xonali songa ko`paytirilganda birlar xonasida 0 hosil bo`lsa, u holda
ko`paytuvchilarning birlar xonasidagi raqamlaridan biri 5 ga teng
bo`lib, ikkinchisi juft son bo`ladi.
Sonli rebuslarni yechishda bunga o`xshash xossalar ko`p bo`lib,
ularning har biri konkret misollarni yechish
jarayonida aniqlashtirib
boriladi.
Sonli rebuslarni ularda bajariladigan arifmetik amallarga qarab,
ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Qoshish va ayirish amallarini qo`llashga doir sonli rebuslar
2. Ko`paytirish va bo`lish amallarini qo`llashga
doir sonli
rebuslar
Quyida bitta simvol-yulduzcha orqali raqamlari almashtirilgan
sonli rebuslarni yechishga doir misollar ko`rib o`tamiz.