52
5. Ustunlardagi ifodalar nimasi bilan o`xshash
va nimasi bilan
farq qiladi?
a) 20+4+7+5 b) 44+6+5+4
20+7+4+5 44+5+6+4
20+5+4+7 44+4+6+5
6. Quyidagi matematik ifodalarni hisoblamasdan taqqoslang.
a) 38+40….. 38+41 d) 89-30….89+10
b) 25+20…..20+20 e) 38+15….38-15
c) 91-40…..91-39 f) 46+50….46+48
2. UMUMLASHTIRISHGA DOIR MASHQLAR
Umumlashtirish – qaralayotgan predmetlar, munosabatlar sinfiga
tegishli muhim, umumiy
xossalarni fikran ajratib, ularni o`rnatishdan
iboratdir.
1-misol. Quyidagi sonlar berilgan: 8,16,61.
Ularni ikkitadan
qilib guruhlab, qaysi son ortiqcha ekanligini aniqlang
Yechish. 1) 8 soni ortiqcha bo`lishi mumkin, chunki u bir xonali
son, 16 va 61 – esa ikki xonali sonlardir;
2) 61 soni ortiqcha bo`lishi mumkin, chunki u toq son, 8 va 16-
juft sonlardir;
3) 8 soni ortiqcha bo`lishi mumkin, chunki 16 va 61
sonlarini
yozish uchun 1 va 6 raqamlaridan foydalaniladi;
4) 61 soni ortiqcha bo`lishi mumkin, chunki 8 va 16 sonlari 2 ga,
4 ga va 8 ga bo`linadi.
MASHQLAR
1. Quyidagi sonlar guruhini bir so`z bilan ifodalang.
a) 3,4,6,8,9,7; c) 321,462,784,956.
b) 14,18,23,36,54,72;
2. Quyidagi sonlar guruhini bir so`z bilan ifodalang.
a) 2,4,8,10,12,34,82;
b) 1,3,7,19,65,89.
53
3. Quyidagi sonlar berilgan. Ularni
ikkitadan qilib guruhlab,
qaysi son ortiqcha ekanligini aniqlang: 1,12,8
4. Quyidagi sonlar berilgan. Ularni ikkitadan qilib guruhlab, qaysi
son ortiqcha ekanligini aniqlang: 24,12,4
5. Quyidagi sonlar berilgan. Ularni ikkitadan qilib guruhlab, qaysi
son ortiqcha ekanligini aniqlang: 4,45,16.
6. Sonlar qatoridan umumiy xossaga ega bo`lgan uchtasini
aniqlang. To`rtinchi son bu xossaga ega emas:
a) 3,4,7,25 c) 3,7,66,19,
b) 4,22,13,44 d) 210,25,33,37
7. Har bir qatordagi ortiqcha sonni chizing. Bu son nima uchun
ortiqcha ekanligini tushuntiring
a) 2,4,6,8,10,12,13,14,15,16,18,20;
b) 3,6,9,11,15,18,21,24,27,28;
c) 1, 3,5,6,7,9,11,13;
d) 2,4,5,6,8,10,12,14.
8. Har bir ustunda ortiqcha sonlar qatorini o`chiring. Nima
uchun o`chirilgan qator ortiqcha ekanligini tushuntiring.
4, 7,10,13,16 4,8,12,16,20,24
3, 6,9,12,15 3,7,11,15,19,23
4,7,9,11,14 1,5,10,14,17,22
5,8,11,14,17 2,6,10,14,18,22
Dostları ilə paylaş: