Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti mamadjanova ma



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#66297
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 


43 
MASALALAR 
 
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar uchun mo`ljallangan quyidagi
mantiqiy masalalarni yuqorida ko`rib o`tilgan usullarni qo`llab 
yeching 
 
1. Olimning yoshi Doniyordan kichik, Doniyorning yoshi esa 
Komilning yoshidan kichik. Kimning yoshi kichik: Olimnikimi yoki 
Komilnikimi? 
2. Agar Mahmud Vohiddan 2 yoshga katta, Vohid esa Odildan 3 
yosh katta bo`lsa, kimning yoshi eng kichik: Mahmudnikimi yoki 
Odilnikimi? 
3. Vohid masalalarni Kozimdan ko`ra tezroq yechadi, Kozim esa 
masalalarni Ilhomdan ko`ra tezroq yechadi. Bolalardan qaysi biri 
masalalarni hammadan tez yechadi? 
4. Nozimaning bo`yi Barnoning bo`yidan 5 sm baland. 
Sevaraning bo`yi Barnonikidan 4 sm past. Nozimaning bo`yi 
Sevaraning bo`yidan necha santimetrga baland? 
5. Axmadning bo`yi 145 sm, Karimning bo`yi 142 sm, Salimning 
bo`yi esa 140 sm bo`lsa, bolalarning bo`ylarini o`sish tartibida 
joylashtiring? 
6. Sobirning bo`yi Ozoddan baland, lekin Davrondan past bo`lsa, 
bolalardan qaysi birining bo`yi eng baland? 
7. Olma massasi olxo`ri massasidan og`ir, ammo anor massasidan 
yengil. Mevalardan qaysi birining massasi eng yengil? 
8. Yugurish musobaqasida 3ta qiz ishtirok etib, Aziza Odinadan 
tezroq, lekin Sevaradan sekinroq harakatlangan bo`lsa, ishtirokchi 
qizlar qaysi tartibda marraga yetib kelgan? 
9. Uzunlikka sakrash musobaqasida Davron,Yusuf va Olimlar 
ishtirok etdi. Agar Davron Olimdan uzoqroqqa, lekin Yusufdan 
yaqinroqqa sakragan bo`lsa, eng uzoqqa kim sakragan? 
10. Latofat, Komila va Vasila bitta uyda lekin turli qavatlarda 
yashaydilar. Vasila Komiladan ikki qavat yuqorida lekin Latofatdan 


44 
uch qavat pastda yashaydi. Latofat esa sakkizinchi qavatda yashaydi. 
Kim qaysi qavatda yashaydi? 
11. Uchta qutida bittadan turli rangli: qizil, sariq va zangori shar 
bor. 
qizil yoki sariq sariq shar zangori shar 
shar
Qutilar ostiga yozilganlarning barchasi yolg`on. Har bir qutida 
qanday rangli shar borligini aniqlang. Buni qutilarni sharlar rangiga 
bo`yash usuli bilan ko`rsating. 
12. To`rt qavatli uyda Vali Karimdan yuqori qavatda, lekin 
Alisherdan pastki qavatda, Rahim esa Karimdan pastki qavatda 
yashaydi. Kim qaysi qavatda yashaydi? 
13. Salim, Vali va Rahim turli yoshda bo`lib, ulardan biri 4 
yoshda, ikkinchisi 7yoshda, uchinchisi 11 yoshda. Rahim Validan 
katta emas, Salim Rahimdan katta emas bo`lsa, har bir bolaning yoshi 
nechada? 
14. Uchta futbol to`pidan qizil rangli to`p sariq rangli to`pdan 
og`irroq, sariq rangli to`p esa zangori rangli to`pdan og`irroq. Zangori 
rangli yoki qizil rangli to`plardan qaysi biri og`irroq ekanligini 
aniqlang. 
15. To`rtta qutida bittadan turli rangli: sariq, qizil, ko`k va zangori 
rangdagi shar bor. Qutichalar ostidagi yozuvlarning barchasi rost. 
Har biri qutida qanday rangli shar borligini aniqlang. Buni qutilarni 
shar rangiga bo`yash ususli bilan ko`rsating. 
sariq emas 
zangori emas va
qizil ham emas 
ko`k emas, sariq 
emas 
zangori emas,
qizil emas 


45 
16. Bolalar muzqaymoq olish uchun navbatda turibdi. Mahmud 
navbatda Fozildan oldinda, lekin Sobirdan keyin turibdi. Komila va 
Sobir yonam-yon turmagan bo`lib, Odina esa na Sobir bilan, na 
Mahmud bilan va na Kamola bilan yonma-yon turmagan bo`lsa, 
bolalar navbatda qaysi tartibda turishganini aniqalang. 
17. Yugurish musobaqasida Alisher, Vohid va Sanjar dastlabki 
3 ta o`rinni egalladi. Agar Vohid ikkinchi o`rinni ham, uchinchi 
o`rinni ham egallamagan bo`lib, Sanjar uchinchi o`rinni egallagan 
bo`lsa, ularning har biri nechanchi o`rinni egallagan? 
18. Karim, Nodir va Botirlar pirog yeyishmoqchi. Piroglar uch 
xil: olmali, limonli va olchali. Botir olchali pirogni yoqtirmaydi 
hamda limonli pirogni yemaydi. Karim limonli pirogni yoqtirmaydi. 
Kim qanday pirog yeydi? 
19. Matematikadan o`tkazilgan olimpiadada Barno, Karim va 
Lobar sovrinli o`rin egallashdi. Lobar birinchi o`rinni egallamaganligi, 
Barno birinchi o`rinni ham, ikkinchi o`rinni ham egallamaganligi 
ma’lum bo`lsa, ishtirokchi bolalarning har biri qaysi o`rinni 
egallagan? 
20. Bankada, stakanda,piyolada va chinnida sut, sharbat, limonad 
va suv bor. Suv va sut bankada emasligi, limonad chinnida ham emas, 
bankada ham emasligi,sutning stakanga quyilgani ma’lum bo`lsa, 
qaysi idishga qanday suyiqlik quyilgan? 
21. Uchta uychada 3 ta: oq, qora, jigarrang mushuklar yashaydi. 
Birinchi va ikkinchi uychada yashaydigan mushuklar qora emas 
bo`lib, oq rangli mushuk birinchi uychada yashamasa, qaysi mushuk
qaysi uychada yashashini aniqlang. 
22. Yugurish musobaqasida Akrom, Vali va Sobir dastlabki 3 ta 
o`rinni egallashdi. Agar Vali ikkinchi o`rinni ham, uchinchi o`rinni 
ham egallamagan, Sobir uchinchi o`rinni egallamagan bo`lsa, ulardan
qaysi biri qaysi o`rinni egallagan? 
23. Stakan,piyola va kosaga sut, choy va kofe quyilgan. Agar 
piyolaga kofe quyilgani yolg`on bo`lsa, kosaga esa kofe ham, choy 
ham quyilgani yolg`on bo`lsa, qaysi idishga nima quyilgan? 


46 
24. Uch dugona Dilbar, Iroda va Vasilaning har biri sehrli 
qopchaga o`z o`yinchoqlaridan birini: ayiqcha, quyoncha va filchani 
soldilar. Dilbar quyonchani solgani yolg`on bo`lib, Vasila esa 
quyonchani ham va ayiqchani ham solgani yolg`on bo`lsa, 
dugonalardan har biri qaysi o`yinchoqni qopchaga solganini aniqlang. 
25. Stakan, piyola va ko`zaga, suv, choy va sharbat quyilgan. 
Rasmlar ostiga yozilgan yozuvlarning barchasi yolg`on bo`lsa,

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin