Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti mamadjanova ma


-§. BOSHLANG`ICH SINFLAR MATEMATIKASIDA



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#66297
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 
2-§. BOSHLANG`ICH SINFLAR MATEMATIKASIDA 
KOMBINATORIK MASALALAR VA ULARNI YECHISH 
USULLARI 
 
Yuqorida biz yig`indi va ko`paytma qoidalaridan foydalanib, 
shuningdek, formulalarni qo`llab kombinatorik masalalarni yechish 
usullarini ko`rib o`tdik. Lekin, bu usullarni to`g`ridan-to`g`ri 
boshlang`ich sinflarda kombinatorik masalalarni yechishga qo`llash 
mumkin emas. Boshlang`ich sinflarda bu turdagi masalalarni 
yechishda bevosita bo`lishi mumkin bo`lgan barcha hollarni tanlash 
usullari ko`rib o`tiladi (bunday yechish usuli formulalarni qo`llashni 
va ta’riflarni bilishni talab etmaydi). Shuning uchun ham bu turdagi 
masalalarni yechishda asosiy e’tibor bevosita turli birlashmalarni 
tuzish jarayoniga qaratilgan bo`lib, masalalarning yechimi 
nechtaligini emas, balki qanday imkoniyatlar hosil bo`lishini 


78 
aniqlashga qaratiladi. Buning uchun o`quvchilar barcha bo`lishi 
mumkin bo`lgan imkoniyatlarni to`g`ri va tez topish bilan bir 
qatorda, boshqa imkoniyatlar mavjud emasligini ko`rsatishlari kerak 
bo`ladi. Dastlabki kombinatorik masalalarni yechishda o`quvchilar 
masala shartida talab etilayotgan ob’ektlarni tanlab olishni, tasodifiy, 
tartibsiz holda amalga oshiradilar. Shuning uchun masala shartida 
talab etilayotgan barcha birlashmalar topilganligiga ishonch hosil 
qilish o`quvchilar uchun muhimdir. Buni amalga oshirish uchun 
dastlabki masalalar yechimlari ko`rgazmali holda chizma ko`rinishda 
ifodalanib, ularning soni barcha bo`lishi mumkin bo`lgan 
birlashmalar sonidan ortiq bo`lib, o`quvchilardan chizmalarni 
bo`yash asosida javob berishni so`rash maqsadga muvofiqdir. 
Natijada o`quvchilar javobni qanoatlantiruvchi chizmalarni bo`yash 
orqali masala yechimini topadilar hamda bo`yalmay qolgan 
chizmalar ortiqcha ekanligini izohlay oladilar. 
Bu jarayonni quyidagi masalalarni yechish misollarida ko`rib 
o`taylik. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin