KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. «Biz mamlakatimizning kelajagani ko„zda tutgan
xolda bugungi kunda taraqqiy topgan ilmiy jamoatchilikning e‟tibor markazida
turgan eng ilg„or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda
rivojlantirish maqsadida fanlar akademiyasi va oliy o„quv yurtlari tarkibida yangi
laboratoriyalarni tashkil qilish, ularni rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan
markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalari o„rnatishga erishishmiz kerak»,
degan edi Prezident I.A.Karimov. Insonning faoliyatida o„qitish har doim juda
muhim ahamiyatga ega bo„lgan. Ta‟lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega
bo„lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan
iborat bo„lganda ham shunday bo„lgan; keyinchalik ham, ta‟lim maqsadga muvofiq
muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo„lganida ham
shunday bo„lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta‟limni nazariy tahlil qilish va
o„rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o„z nazariyasiga ega bo„lmadi.
O„zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan
mavjud sharoitda uzluksiz ta‟lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama
rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur
vazifa ta‟lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida
bo„lish orqali ijobiy hal etiladi.
O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo„lga kiritgach,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning
asosiy g„oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo„li deb e‟tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o„sib
kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O„zbekiston Respublikasining
«Ta‟lim to„qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari,
chunonchi, «Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori»,
«O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada
ijtimoiy tarbiyani yo„lga qo„yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
4
1 Ta‟limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta‟lim
prinsiplarining tutgan o„rni
Pedagogik fan o„qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida
o„rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta‟lim
nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko„rsatadilar.
Hozirgi davrda didaktika o„qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy
shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta‟lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta‟riflash va
tushuntirish;
- ta‟lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya‟ni, ta‟lim tizimlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ta‟lim jarayoni uchun xos bo„lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash,
omillarini tahlil qilish va ta‟riflash.
O„quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy
tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko„ra yaxlit didaktik tizimni
qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko„ra faqat alohida
tarkibiy qismlariga taalluqli bo„lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o„quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga ko„ra tashkil etiluvchi ta‟lim jarayonining tashkiliy
shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta‟lim
tamoyillarida ta‟limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me‟yoriy asoslari
(qoidalari) o„z ifodasini topgan. Ta‟lim tamoyillarini bilish o„quv jarayonini uning
qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va
o„quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta‟lim shakli va
metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o„qituvchilar va
o„quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o„zaro aloqalar va
hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta‟lim tamoyillari o„zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta‟lim
5
nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta‟lim jarayonining yangi qonuniyatlari
kashf etilishi bilan ta‟limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko„rinishlari
o„zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O„qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini
keltirib chiqarishga urinishlar ko„zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta‟lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida
tomonlarini aks ettiradi.
Ta‟limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim
sifatida e‟tirof etish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |