XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga
olgan holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
O„quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy
tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko„ra yaxlit didaktik tizimni
qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko„ra faqat alohida
tarkibiy qismlariga taalluqli bo„lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o„quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga ko„ra tashkil etiluvchi ta‟lim jarayonining tashkiliy
shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta‟lim
tamoyillarida ta‟limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me‟yoriy asoslari
(qoidalari) o„z ifodasini topgan.
Ta‟lim o„quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish
qobiliyatlarini o„stirish, ularning amaliy ko„nikma, malakalari va dunyoqarashini
shakllantirishga yo„naltirilgan jarayon bo„lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning
tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo„layotgan hodisalarni o„zaro
aloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor
me‟yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o„zlashtirishdan iborat ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayonidir.
Ta‟lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko„nikma va malakalar, qarashlar,
ishonchlar to„plami, o„quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan
amaliy tayyorgarlikning ma‟lum darajasi bilan belgilanadi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar
orqali ifodalanadi. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinad igan kurs
ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha
yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning
ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha
o„zlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi.
20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YHATI
1. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –
O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T .: Sharq, 1997.
2. O„zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol avlod –
O„zbekiston taraqqiyotining poydevori.–T.: Sharq, 1997.
3. “Barkamol avlod yili” davlat Dasturi. –T.: O„zbekiston, 2010.
4. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma‟naviyat, 2008.
5. Karimov I. Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirishdir. –T.: O„zbekiston, 2010.
6. Asqarova O„. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar. –T.: Mehnat, 2004.
7. Asqarova O„.M., Xayitboev M., Nishonov M.S. Pedagogika. –T.:Talqin, 2008.
8. Zunnunov A., Mahkamov U. Didaktika. –T.: Sharq, 2006.
9. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta‟lim samaradorligini
oshirish yo„llari. –T.: TDPU, 2004.
10. Yo„ldosheva D. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‟lim maqsadini
belgilashning didaktik asoslari. –T.: Fan, 2006.
11. Mavlonova R., To„raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 2001.
12. Minavvarov Q. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 1996.
13. Podlasыy I.P. Pedagogika. I-II t. –M.: Vlados, 1999.
14. Pedagogika nazariyasi. (Ma‟ruzalar matni). Mualliflar: H.Sariboev, J.Hasanboev,
M.Usmanbaeva. TDPU, 2004 y.
15. Turg„unboev K., Komilova F., Jo„raboeva Z. Pedagogika nazariyasi va tarixi.
Andijon nashriyot matbaa, OAJ. 2005.
16. Qodirov B. Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari. –T.: Mehnat, 2001.
17. Hasanboev J., Sariboev H. va boshqalar. Pedagogika. O„quv qo„llanma. –T.: Fan,
2006.
18. Hasanboev J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug„at. –T.: Fan va
texnologiya, 2008.