muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday
talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar
mazmunida o‘z ifodasini topgan:
- ta‟limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
7
- ta‟limda onglilik va ijodiy faollik;
- ta‟limda ko„rgazmalilik;
- ta‟limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
- ta‟limning tushunarliligi;
- guruhli va individual ta‟lim birligi;
- ta‟limning o„quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
- pedagogik hamkorlik.
Ta‟limning
izchilligi,
tizimliligi,
ketma-ketligi
tamoyilibilish
bosqichlarining ob‟ektivligini anglatadi.
2. Pedagogik jarayonda tarbiya prinsiplarining ahamiyati
Tarbiya mazmunida oldinga qo„yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq
o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilishi lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar,
shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning
shakllanishiga qo„yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo„lib, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek,
jamiyat mafkurasi g„oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida
quyidagi tamoyillar yotadi:
1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko„zda
tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O„zbekiston Respublikasining
«Ta‟lim to„qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»
g„oyalariga ko„ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil
fikr egasi bo„lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo„lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda
umumiy madaniyat unsurlari, ya‟ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,
iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan
iborat.
8
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O„qituvchilarning bolalar
bilan ma‟naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu
asosida tarbiyachi ishining hayotiy me‟yor va qadriyatlarini aniqlash o„quvchining
tarbiya jarayonidagi faolligini ta‟minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to„la-
to„kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning
shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta‟sir kuchiga ega.
3. O„z-o„zini anglash. Tarbiya insonda e‟tiqod, demokratik qarashlar va
hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim
unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o„z-o„zini anglashi, uning o„z shaxsiy
hayoti va faoliyatining sub‟ekti sifatida e‟tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson
kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o„z-o„zini anglash jihatlari muhim
ahamiyatga egadir.
4. Tarbiyaning shaxsga yo„naltirilganligi. Mazkur g„oya ta‟lim muassasasi
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning
shakl, metod va vositalari emas. Balki o„quvchi turganligini anglatishga xizmat
qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o„ziga xos
xarakteri, o„z qadr-qimmatini anglash tuyg„ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g„oyalari
mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil
etilsa, bir vaqtning o„zida ham o„quvchi, ham o„qituvchi ma‟naviyatining
boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o„quvchining qiziqishi, faoliyati,
o„rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg„ularini ko„ra va
anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo„ladi. Tarbiyalanuvchining irodali
bo„lishi ta‟minlangan sharoitda uning shaxsiga ta‟sir ko„rsatishga yo„naltirilgan
faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
6. Jamoa yo„nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy
munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama
kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to„laqonli talqin etish, insonparvarlik va
o„zaro hamkorlik tuyg„ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat
amalga oshiriladi.
9
4.Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga
oshirish uchun tarbiya jarayonining o„ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim
ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati
aniq maqsadga yo„naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o„qituvchi va o„quvchilar o„rtasidagi
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero,
tarbiya jarayonida o„qituvchi va o„quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo„li
zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko„p qirrali jarayon bo„lib, unda tarbiya mohiyatini
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub‟ektiv va ob‟ektiv) omillar ko„zga
tashlanadi. Sub‟ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy
munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob‟ektiv omillar shaxsning
hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit
yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo„nalishi va shakli obektiv sharoitlar
bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday
muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida
nafaqat o„qituvchi faoliyati, balki o„quvchining yosh va psixologik shaxsiy
xususiyatlari, o„y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o„rin tutadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga
quyidgicha xulosa qilish mumkin:
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o„stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni bo„lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar
mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo„lib kelgan.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida
tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo„lga qo„yish jarayonida bir qator vazifalar hal
etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot
darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining
10
dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan
holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo„yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu
boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy
vazifa sifatida kun tartibiga qo„yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning
asosi ezgu fikr, ezgu so„z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta‟kidlansa,
islom ta‟limoti g„oyalariga ko„ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli
bo„lishdir.
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a‟zosi bo„lib,
uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda
qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek,
huquqiy me‟yorlar mohiyatini o„zlashtiradi. Jamiyatning a‟zosi sifatida uning
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlovchi mehnat faoliyatini yo„lga qo„yadi.
Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo„lida ham atrofdagilar
bilan munosabatga kirishadi.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so„zining tarjimasi bo„lib, yig„ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a‟zo (kishi)lardan iborat bo„lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir.
Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma‟noda ishlatiladi. Birinchidan,
jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo„lida birlashuvidan
iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod
jamoasi, o„quv yurti jamoasi, xo„jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o„quvchilar
jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
11
3 O„quv-tarbiya jarayonida ta‟lim oluvchilarning bilimini reyting asossida
baholash tizimi
Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar
orqali ifodalanadi. Har bir fan bo`yicha talabaning semetsr davomidagi
o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Yakuniy nazoratga -30 ball;
Joriy va oraliq nazoratlarga -70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan
holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi
(loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha
yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning
ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha
o„zlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi.
Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda
quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb
yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi
lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mutsaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;
mohiyatni tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga olish. atoriya va mustaqil ta'limda beriladigan topshiriqlar va
vazifalarni qay darajada bajarilishiga qarab belgilanadi.
Quyida oliy ta'limda talabalar tomonidan o`qitish shakllarida beriladigan
topshiriqlarga to`xtalib o`tamiz.
12
Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg„ulotlarda talabalar nazariy materiallarni mustahkamlaydi. Bunda
yakka tartibda, guruh va jamoaviy shakllardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Amaliy mashg„ulotlarda talabalarning erkin va ijodiy fikrlashiga sharoit
yaratish muhim.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni
tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‟quv qo‟llanmalar bo‟yicha fan boblari va mavzularini
o‟rganish;
tarqatma materiallar bo‟yicha ma`ruza qismini o‟zlashtirish;
o‟qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;
fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;
talabalarni ijodiy jarayonga yo‟naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil
ishlashga o‟rgatish, mashqlar bajarish;
yangi texnika, jihozlar, keng ko‟lamli ilmiy ish olib borishga qulay
jarayonlar va texnologiyalarni o‟rganish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‟liq holda fanning muayyan
boblari va mavzularini chuqur o‟rganish.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Laboratoriya
ishlari talabalarda nazariy ma'lumotlarni chuqurroq o`rganishga, pedagogik tahlil
va tadqiqot qilish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat
qiladi.
Seminar mashg„ulotlarini tashkil etish bo„yicha ko„rsatmalar. Seminar
mashg„ulotlari talabalarda Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanini
chuqurroq o„rganishga ,pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo„yicha amaliy
ko„nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi.
Kurs loyihasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Kurs loyihasining
maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy
bilimlarini qo`llashda amaliy ko`nikmalar hosil qilishdir.
13
Kurs loyihasi mavzulari fanning mazmun mohiyati bilan bog`liq holda
beriladi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talablar sonidan 20-30% ko`proq
oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
4. Bilimlarni test nazorati asosida baholashning afzalliklari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi
«O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul
qilish to`g`risida»gi qarori O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib
testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va
psixologiyasida mustahkam o`rin olgan test usuli mamlakatimiz ta'lim tizimida
jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat
ko`rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega
bo`lgan masala darajasiga ko`tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AqSh, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya,
Yaponiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro`yxatga
asosan turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas.
Bunda quyidagi zanjirli bog`lanish mavjud: testlarni qo`llash ta'lim sifatiga ijobiy
ta'sir ko`rsatadi; ta'lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog`liq; oqilona boshqaruv
esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo`lgan alohida soha ekanligi va
shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo`yicha loyihanlangan
tashhislanuvchi o`quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini
ham e'tiborga olib, bu bo`limda testshunoslik tarixi, test usulining afzalliklari, test
shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma'lumot beriladi.
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher
tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo`llanilgan. Test
sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab
chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr
boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo`nalishlar
14
bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta
amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va
pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham
qo`llanila boshlandi. Bunday uslublar o`z navbatida test-larni ishlab chiqishga
ijobiy ta'sir ko`rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga
talabalarning o`quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha
kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo`nalish: aqliy
(intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo`llash hamda
talabalarning o`qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo`ljallangan
pedagogik testlarni yaratish va qo`llash sohalari rivojlana boshladi. Test
tuzuvchilar turli odamlarda reaktsiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa
odamlarning aqliy qobiliyatlarini o`rganish zarurligi va turli darajadagi testlar
yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to`g`risida xulosa chiqarishga
olib keladi.
Talabalarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni
guruxlarga ajratishga o`rganib ko`rilgan. Ch.Grin o`zining «Test novogo tipa»
(Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko`rilgan
testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:
test sinovlari uchun mo`ljallangan material hajmini aniq belgilash va
uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba
yo`li bilan aniqlash;
talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o`rtacha tezligi
to`g`risidagi amaliy ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda, test sinovlarining davom
etish vaqtini belgilash;
test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to`g`ri-ligini va
mantiqqa muvofiqligini tekshirish;
topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to`g`ri va
noto`g`ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo`l qo`ymaslik.
Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o`rganishni davom ettirib, test
15
sinovlarining maqsadi to`g`risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning
fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki
ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni
quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o`rganish zarurligini ta'minlashda;
talabalarni guruxlarga taqsimlashda; o`qitish jarayonida sodir bo`ladigan qiyin-
chiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli nohiyalaridagi
o`quv yurtlarida ma'lum yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo`llashi
mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining
test sinovi o`tkazmasdan ta'lim berish mantiqsizdir, faqat testni qo`llash
natijasidagina nazoratdan ta'limga yo`naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr
yuritish va qanday yo`nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari
ma'lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta'limni rivojlantirishning asosiy
yo`nalishlari haqida qonun qabul qildi.
Unda, xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo`yicha
o`qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o`tishlari ko`zda tutiladi: Busiz
1992 yildan boshlab Frantsiyada o`qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi
qiziqki, Frantsiya to`qson yillik test an'analariga ega bo`lgan davlatdir.
O`tgan
asrning
70-yillari
oxirida
Pitterburgdagi
Karnegi-Melon
universitetining
bir
gurux sotsial-psixologlari AqShda test o`tkazishning
zamonaviy ahvolini o`rganishga bag`ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar.
Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi AqSh o`quv yurtidagi testlarni keng miqyosda
qo`llash sabablarini aniqlash edi.
Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida
chuqur
ildiz
otgan,
hech
kim
Amerika
maktablarida
turli
xildagi
standartlashtirilgan test bo`yicha sinovdan o`tmasdan, boshqacha yo`l bilan bilim
olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga
ko`tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog`lanib ketganligi
alohida
qayd
qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar
moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:
16
1) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai
nazaridan foydalanish;
2) ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar iste'dodlarni taqdirlashga intilish;
3) amerikaliklarni milliy ta'lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari.
Insoniyat erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan
ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va
testlar bozorini vujudga keltirdi.
AqShda to`rt yuzdan ortiq markaz o`zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni
ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qo`llash bo`yicha
yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar.
1992 yilda ular AqShdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo`nalishlari ro`yxatida
8-o`rinni egallaydilar. O`ta qadrlanadigan ixtisosliklar - tizimlar bo`yicha tahlil,
marketing, sog`liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va
kompyuter texnologiyasi esa, tegishli tarzda 15-20-o`rinlarga joylashtirilgan.
Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda
psixologlarining talabalar bilim-ko`nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy
yutuqlari ham inkor etildi. Shuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va
psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi.
Yuqorida ta'kidlaganidek, mustaqil O`zbekistonda MDH davlatlari ichida
birinchi bo`lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib
berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o`rta ma'lumot yakunida, oliy
o`quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo`llanila boshlandi.
Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya,
mantiq,
o`lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot
nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda.
Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o`lchovlar quroli
sifatida etirof etilmoqda.
Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri
bo`lib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak
avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo`lib qolgan davrda yashab,
17
faoliyat ko`rsatadilar.
Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hiso blanadi.
Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari o`quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon
bileti o`zida nazorat qilinadigan o`quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);
hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning
bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;
talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;
test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo`lgan shkala
yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo`yishga
imkon beradi (reyting);
o`qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;
boshlang`ich darajasini va har qanday vaqt oralig`ida bilimlarni oshirish
imkoniyatini o`lchashga sharoit yaratiladi;
test nazorati kompterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu
pedagogik
testlashning
asosiy afzalliklaridan biridir. O`quv jarayonining
takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o`z ifodasini topadi.
Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni
o`zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o`qituvchilar mehnat unumdorligini
oshiradi va o`quv dasturini chuqur va har tomonlama o`zlashtirilishini ta'minlaydi.
Pedagogik testlashning bu afzalliklari AqShda munosib baholangan.
Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul
qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo`llashi bo`yicha AqSh tajribasi Kanada,
Yaponiya, Turkiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarga yoyilgan.
Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni
murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi.
Shuning uchun ham, AqShda testning yuqori sifatini ta'minlash uchun pedagogik
testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan] Bu tashkilot test o`tkazish
amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish,
test o`tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash
18
masalalari bilan shug`ullanadi.
Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda
2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya,
sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo`yicha fan doktorlari,
shuningdek, turli fanlar bo`yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar
bo`yicha o`qituvchilar xizmat qiladi.
Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash
xizmatiga bo`ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o`tkazish uchun
Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o`tkaziladigan o`quv yurtlari
pedagoglariga) test materiallari va test o`tkazish bo`yicha yo`llanmalar yuboradi.
Bu misoldan ma'lumki, testlashni samarali o`tkazish pedagogik testlarning
maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar
bo`yicha nazariya va amaliyotni o`zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar
mavjudligiga bog`liq.
|