Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə124/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   315
Falsafadan

3. Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, avval aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan–qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo’lgan yo’li, bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota–ona bolaga axloqiy namuna bo’lishi kerak. Maktabda va oliy o’quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda–chuyda» xatti–harakatlarigacha o’z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz–shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo’ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko’rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi «Otalar so’zi – aqlning ko’zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko’rsatuvlar bunga misol bo’la oladi. SHu bois televidenie hech qachon yengiltaklikni targ’ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan «o’ldir–o’ldir»lardan iborat seriallar korxonasi bo’lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o’zagini tashkil etadi, biz ko’rib o’tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti–harakatlar uchun asos vazifasini o’taydi. Biroq u o’zini yetarli namoyon qilishi uchun ta’lim bilan doimiy aloqada bo’lishi shart. SHuning uchun biz ko’pincha «ta’lim–tarbiya» degan qo’shaloq atamani qo’llaymiz. Ta’lim–tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo’lajak komil inson deb qarash muhim. SHu o’rinda Prezident Islom Karimovning quyidagi gaplari bag’oyat diqqatga sazovor:
«Buning uchun har qaysi ota–ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim–tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi».
SHunday qilib axloqiy tarbiyaning aqliy–ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy–ijtimoiy shart–sharoitlar yaratilgan.
Yana bir muhim muammo, bu – biologik axloq. Mazkur hodisa so’nggi bir necha o’n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo’li bilan o’tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtayi nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo’lib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to’g’ri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yo’nalishdan iborat: biri – insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo’lgan munosabatlari bilan bog’liq «tashqi», ikkinchisi – insonlarning o’z–o’ziga va o’zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog’liq «ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik axloqshunoslik» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, lekin o’z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik buhronilarning ba’zi ko’rinishlariga to’xtalib o’tdik. Biroq, yana undan tashqari so’nggi paytlarda jahon bo’ylab sintetik jismlar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilganligi, gibrid usulida hayvonot va ayniqsa o’simliklar Yangi turlarining vujudga keltirilishi singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo’sh, ular tabiat bilan singishib, uyg’unlashib keta oladimi, tabiat ularni o’ziniki qila biladimi? Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqorida aytib o’tganimiz – muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon bo’lar?...
Biologik axloqning ikkinchi yo’nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bog’liq. Evtanaziya ham biotibbiy axloqning global muammolaridan. Xudoning ixtiyoridan tashqari o’limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtayi nazardan kechirilmaydi. CHunki sabrli, bardoshli bo’lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o’z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o’tishini biladi. SHu bois u o’zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam – shifokordan azoblariga chek qo’yishni so’raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti–harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti–harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko’rinishi sifatida qabul qilish to’g’rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o’z yechimini kutmoqda. CHunki tabobat borasidagi so’nggi tadqiqotlar inson o’limi bir lahzada ro’y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to’xtaganda ham, miya o’lmasa insonni o’ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig’i, undan keyin miya tanasi halok bo’ladi. SHundan keyingina insonni o’lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o’lmas ekan, ko’pgina ichki a’zolarning Yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali muayyan muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko’chirib o’tkazilishi hali o’lmagan odamning minimal tiriklikka bo’lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o’z tajribalariga asoslanib, yurak ko’chirib o’tkazilganda ruh ham ko’chib o’tadi, degan fikrni bildiradi. CHunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o’tkazilganida, uning fe’l–atvorida juda katta o’zgarishlar ro’y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o’pkasi 36 yashar ayolga o’tkazilganda ham shunga o’xshash o’zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o’zgarib ketgan. Axloqiy nuqtayi nazardan buni qanday izohlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon ko’pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, to’rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo’ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo’lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo’sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo’qmi? Yoki AQSH olimlari tomonidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib ko’raylik. Ularda «yaxshilangan» – sog’lom, kuchli intellekt egasi bo’lgan odamlar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o’rniga ko’chirib o’tkazish tajribalarini olib borish mo’ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta–sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg’armasining (genofondining) bir yoqlama o’zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, insoniy tabiatga aralashuv, uni zo’rlik yo’li bilan o’zgartirish, na faqat katta gunoh, balki o’ta axloqsizlik deb atadi. Xo’sh, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham axloqshunoslik javob topmog’i lozim.
O’lim, ma’lumki, axloqiy nuqtayi nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa majburiy o’lim. SHunga ko’ra, o’lim jazosining huquqiy jihatdan qo’llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir.
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o’ldirmaslik ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G’azzoliy «Mukoshafaat ul–qulub»da shunday keltiradi: «Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasulluloh buyurdilarki:
… Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo’ladi:
1 – Qonni (odam o’ldirishni) halol hisoblasa;
2 – Ollohdan boshqa iloh yo’qligiga guvohlik (shahodat) bermasa;
3 – Farz bo’lgan namozni va ro’zani inkor etsa».
Demak, inson hayoti eng oliy qadriyat ekani diniy nuqtayi nazardan ham na faqat tan olinadi, balki birinchi o’ringa qo’yiladi.
O’lim jazosini kimlar qanchalik oqlashga harakat qilmasin, u – jinoyatchini jazolashdan ko’ra, undan o’ch olishga qaratilgan, qadim–qadimlardan kelayotgan xun olish tamoyilining «demokratlashgan», Yangilangan shakli sifatida namoyon bo’ladi. Aslida esa insonning muayyan jinoyatni sodir etgan hatti–xarakatlari qoralanishi kerak, uning o’zi emas, u qilgan yovuzlik o’limga mahkum etilishi lozim – odamni emas, yovuzlikni o’ldirish oqilona ish emasmi?! Yovuzlikni o’ldirish, yovuzlik sodir etgan kishining uzoq muddatli yoki bir umrlik qamoqdagi vijdon azobi va tazarrusi bilan amalga oshirilgani durustmasmi?!
Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, nodemokratik tuzumlarda belgilangan o’lim jazosi kamdan–kam hollarda adolatli hukm bo’lib chiqadi… sho’rolar tuzumi davrida O’zbekistonda o’tkazilgan «Paxta ishi» deb nomlangan qatag’on paytida otishga hukm qilinganlarning taqdiri bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ana shu davrlarda o’limga hukm qilinganlarning juda ko’pchiligi ke–yinchalik oqlandi, ular gunohsiz deb topildi. Lekin hukm ijro qilib bo’lingan: nohaq jazolangan – qatl etilgan insonlar adolat tantanasini ko’rolmaydilar.
Uchinchidan, hatto demokratik jamiyatlarda sudlarning hamma vaqt ham yuz foiz to’g’ri va adolatli hukm chiqarishiga kim kafolat beradi – hakamlar ham inson, hamma qatori xato qilishi mumkin. Jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odamga nima foyda?
Bu misollarning hammasida o’lim – tor huquqiy jazo doirasidan chiqib ketadi hamda tarixda aldangan, adashgan insoniyatning, jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. SHu jihatdan qaraganda, hozirgi paytdagi ko’pgina demokratik mamlakatlarda o’lim jazosining bekor qilinishini o’sha jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bog’liq ijobiy hodisa deyish mumkin. Bizning mamlakatimizda ham bu borada dadil qadamlar qo’yilganligi – avval yosh nuqtayi nazaridan o’lim jazosini qo’llashning chegaralanganligi (60 yoshgacha), keyinroq esa uni butunlay bekor qilishga qaratilgan insonparvarlik harakatlari quvonarli voqea. Bu nafaqat bizga, balki Yyer yuzidagi barcha mamlakatlarga taalluqli muhim, umumjahoniy muammo.
4. Bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan “ommaviy madaniyat” hodisasining kelib chiqishiga e’tibor qarataylik. Bugun ana shu “o`rgimchak to`ri”bilan bog`liq ravishda o`zbek tili lug`atiga kirib kelgan va tez-tez tilga olinayotgan “ommaviy madaniyat” yoki “olomon madaniyati”so`z birikmasining lug`aviy ma`nosiga e`tibor bersak, “madaniyat” so`zi arab tilidan olingan bo`lib, “taraqqiyot”, “sivilizatsiya” degan ma`nolarni anglatadi.
Demak, madaniyat bu taraqqiylashish, yuqorilashish demakdir. Uning muomala, kiyinish, jamoat joylarida o`zini tuta bilish madaniyati kabi bir qancha turlari mavjud. Madaniyatli kishilar esa chuqur bilim olishga, taraqqiyotga qarab intilishga hamda o`z milliy madaniyatini hurmat qilishga intiladi. Shu o`rinda, “ommaviy madaniyat” tushunchasiga nisbatan salbiy qarashlar boisi nimada ekanligini tushunib etmog`imiz joizdir.
O`tgan asrda biror yurt, mamlakatni zabt etish uchun qimmatbaho qurol-aslahalar, harbiy texnika, yuksak darajada sarkardalik saloshiyati zarur bo`lgan bo`lsa, hozirda kishi ongiga axborot yordamida ta`sir qilish, uni ma`naviyatidan, o`zligidan mahrum etishga qaratilgan maqsadlarga yo`naltirilgan global tarmoq orqali “mafkuraviy urush quroli” vositasida butun bir mamlakatni mahv etish mumkin va undan manfaatdor gurushlar, tashkilotlar ham vujudga keldi.
Mutaxassislarning fikricha, hozirda g`arb davlatlarida kechayotgan iqtisodiy inqiroz tushkunligi tufayli yuzaga kelgan bunday guruhlarning maqsadi kishini o`z uyi, vatani, o`zligidan uzoqlashtirish, iymon-e`tiqodidan ayirish, g`arb olamiga xos bo`lgan dunyoqarash, axloqsizlik, zo`ravonlik, giyohvandlik, buzg`unchilik, o`z joniga qasd qilish, individualizm g`oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an`ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma`naviy negizlariga bolta urish, ularni qo`porishdir.
Bunday xatarli tahdidlar aynan internet tarmoqlari orqali tarqatiladi va uyali aloqa telefonlari ham bu borada ularga qo`l keladi. bundan pirovard natijadagi maqsad yoshlar ma`naviy olamini zasharlash, o`z qarashlarini ularga singdirish va ortlaridan ergashtirishdan iboratdir.
Bunday kishilar esa ertaga o`z manfaati yo`lida hech narsadan toymaydigan, millat sha`ni uchun qayg`urmaydigan, ezgu amallar haqida o`ylamaydigan shaxsga, aniqroq aytadigan bo`lsak, zamonaviy manqurtga aylanib boradi. chunki “ommaviy madaniyat” homiylari uchun yuksak qadriyatlar, muqaddas tushunchalarning o`zi yo`q. Ular faqat iste`dodlargina yarata oladigan mo`jizaviy san`at asarlariga, ularning hayrat kuchiga ishonmaydilar, tan olmaydilar.
Ma`lumotlarga ko`ra, global tarmoqda o`z joniga qasd qilishning oson yo`llarini targ`ib qiluvchi 10 mingdan ziyod sayt mavjud. Kompyuter o`yinlarining 49 foizi zo`ravonlik va yovuzlikni targ`ib qiladi. Ular dunyo miqyosidagi bolalarning 38 foizi zo`ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foizi esa millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan.
Bugun “internet kafe”larni to`ldirib o`tirgan farzandlarimizni ham yangidan-yangi, jozibador va rang-barang onlayn o`yinlari asiriga aylanib, ertaga tom ma`nodagi “o`rgimchak to`ri”ga tushib qolishdan eshtiyot qilishimiz lozim. Ular jangari sahnalar, mushtlashuv va otishmalarga borligi bilan bolaning ruhiyatiga oson yo`l topadi. Natijada bola soatlab, hatto kun bo`yi bu o`yinlardan o`zini ajratolmaydi.
Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» etayotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi… Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at — alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin. «Pop-art» — ommaviy san'at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Birinchi Prezidentimiz o’zlarining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarlarida ommaviy madaniyatning zararli xataridan ogohlantirib jumladan, shundaydeydilar: «Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va akincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butunjahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda».
Darhaqiqat, hozirda mobil telefon, kompyuter orqali turli behayo, milliy mentalitetimizga yot bo`lgan har xil uyatsiz, pornografik mavzudagi kliplar, qo`shiqlar, rasmlarni tomosha qilish yoshlarimizning kundalik hayotidagi oddiy holatlardan biriga aylanib bormoqda. Ayniqsa, internetdagi “Odnoklassniki” saytida behayo so`zlar orqali muloqotlar, uyatsiz rasmlar jo`natish, har xil yoshlar ma`naviyatiga salbiy ta`sir qiladigan qo`rqinchli, jangari o`yinlar o`ynash, shunday saviyadagi kino filmlarni yoshlarimiz ko`z o`ngimizda tomosha qilmoqdalar.
Badiiy adabiyotimizda ham ma`naviyatimizga yot bo`lgan “Ommaviy madaniyat”ga xos bo`lgan xarakterdagi asarlar ham ming afsuski, sotuvga chiqarilgan bo`lib, yoshlarimiz tomonidan “sevib” o`qilmoqda. Ulardan bu asarlarni nima sababdan o`qishini so`raganimizda aynan jangariligi, behayo sujetlari borligi uchunligini hech istihola qilmasdan aytadilar. Jumladan, ”Daydi qizning daftari”, “Milliarderga qo`yilgan tuzoq”, “Tiriklayin ko`milgan yigit” kabi asarlardagi tub mazmun balki, tubanlik girdobiga kirib qolgan yoshlarni ezgulik sari yetaklar, lekin undagi berilgan sujetlar bizning millatimizga xos bo`lmagan behayolik, uyatsizlik, jangarilik kabi yoshlarimiz ma`naviyatiga salbiy ta`sir qiladigan unsurlar orqali ifodalanganligini hech oqlab bo`lmaydi.
Bugun bu “Ommaviy madaniyat” degan balo bizning vatanimizga kirib kelgan va yoshlar ongiga o`z ta`sirini o`tkazayotgan ekan, unga qarshi kurash uchun nima qilmoq kerak, degan savol o`z-o`zidan tug`ilishi tabiiy.
“Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida bir necha omillarning chatishuvi yotadi.
Ulardan:

  • Insonsizlik o’z insoniy burchi va mas’uliyatini tan olishni istamaslik

  • Befarqlik, loqaydlik.

Barchamizga ayon bo’lishi kerakki qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi va aksincha – qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur xukmron bo’lsa o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

  • “Dunyoni manfaat boshqaradi” tezis (qoida) asosida yashash. Demak bu dunyoda har kim o’z foydasi uchun qo’lidan kelgan harakatini qilsa bo’laveradi, degan dahriyona, xudbinona g’oya asosida hayot kechirish.

  • Axloqiy relyativizm, ya’ni dunyoda azaliy o’zini qanday tutayotgan bo’lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz degan o’ysizlik, fikriy dangasalik tamoili.

Ommaviy madaniyat jamiyatda g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib biz uchun mutlaqo yot bo’lgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini olib kirishni tezlashtiradi. “ommaviy madaniyat” niqobi ostida birinchi navbatda axloqiy buzuqlik, zo’ravonlik , individualism, ya’ni fqat o’zini o’ylash, egosentrizm g’oyalarini tarqatish shu hisobdan boylik orttirish, axloqsizlikni ma’naviyat deb bilish aksincha asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik bilan qarash, ularni qo’porib tashlashga qaratiladi.
Buning uchun avvalo, “Ommaviy madaniyat” degan tushunchani, uning salbiy oqibatlarga olib kelishini, boshlang`ich sinflardan soda ko`rinishlar bilan tushuntirishni boshlash va bu ishni ta`limning barcha bo`g`inlarida bosqichma-bosqich davom ettirish zarur. Prezidentimizning: ”G`oyaga qarshi g`oya, mafkuraga qarshi mafkura, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish kerak” degan dono fikrlarini, uning yoshlarga bag`ishlangan fikrlarini, buyuk ajdodlarimizning komil inson va ma`naviy barkamollik haqida bildirgan fikrlarini keng targ’ib qilish lozim. Bu esa dushmanning ichida turib, uni halokatga olib boorish bilan barobardir. Bundan tashqari, milliy ma`naviyatimizni shakllantiruvchi milliy kompyuter o`yinlarini, multfilmlarni yaratishimiz, milliy qadriyatlarimiz aks etgan yoshlarni o`ziga jalb qilaoladigan badiiy asarlar yaratish, milliy musiqa, qo`shiq matnlariga e`tabor berish, milliy ma`naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni internet saytlari orqali ko`proq reklama qilishimiz kerak. Lo`nda qilib aytganda, yoshlarimiz qiziqayotgan o`sha “pop” janriga teng keladigan, biroq milliylik bilan sug`orilgan, milliy ma`naviyatimizga moskeladigan kerak bo`lsa, uni mustahkamlaydigan yangi janr yaratishimiz kerak. Buning uchun bizda yetarli bilim, imkoniyatlar mavjuddir, faqat barchamizda xohish, vatanparvarlik, irodalilik, kelajak avlodoldidagi javobgarlik burchini unutmaslik hissi jo`sh urib tursa bas, bu muammoning oldini olsa bo`ladi.
Yana bir o’ta jiddiy masala shuki, axboratlashgan jamiyat, ommaviy kommunikatsiya asr muammosi bo’lib borayotgan hozirgi vaqtda axborot madaniyati hayot-mamot masalasi darajasiga ko’tarildi. Ma’lumki, ongli inson borki, hayotining har lahzasida yo axbohot oladi, yo uni idrok etadi va yoki uzatadi. Axborot erkinligi haqida tinimsiz gapirildi, endi esa keraksiz axborotdan qutilish katta muammoga aylandi. Taniqli yozuvchi, olim Xurshid Do’stmuhammad topib aytganidek, ikki dunyoni bir qadamga aylantirgan ham axborot, globallashuv jarayonlari maxraji, ustqurmasi ham axborot. Zamonaviy taraqqyot, farovonligu farog’atning noni, suvi, havosi ham shu. Biroq, paradox shundaki, axborot vositalari, axborotning hajmi ko’paygan sari unga bo’lgan extiyoj, talab tobora kuchayib bormoqda. Kecha yoki hozirgina mashaqqatlar bilan topilgan yangilik, uni hali to’la anglab etmasdan, eskilikka, chiqitga aylanmoqda. Biz unihg mohiyatiga kirib borolmay qolmoqdamiz. Bunda har kim o’zicha axborot to’playapti, aniqroq aytganda o’zini o’zi axborot uyumiga ko’mmoqda…
Amerikalik olim E.Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida insoniyat ortda qoldirgan yo’l uch bosqichdan: qishloq xo’jaligi, sanoat va hozungi axborot tamaddunlaridan iborat degan fikrni olga suradi. Xo’sh, to’rtinchi bosqichchi?! Sog’lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to’rtinch to’lqin axborot odobi,madaniyat tamadduni, deyiliszkuhi maqsadga muvofiq. Zero, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning – insoniyatning rivoji, farog’ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog’liq bo’lib qoladi(Xurshid Do’stmuhammad. Axborot madaniyati – hayot-mamot masalasi. “Xalq so’zi” gaz-si, 2018 yil 5iyun).
Shunday ekan, bugun biz yosh avlod tarbiyasiga ertangi kun vorislari sifatida jiddiy e`tabor berishimiz kerak. Yoshligidan oilada sog`lom moddiy-ma`naviy turmush tarzini yaratib berishimiz, ularning imkoniyatlarini orzu-havaslarini yaxshilik va ezgulik uchun xizmat qilishga yo`naltirishimiz kerak. Ertanggi kun qanday bo`lishi bizga, biz ta`lim-tarbiya berayotgan yoshlarga bog`liq. Zero, Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek: ”Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertanggi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.
Albatta, bugun bolaning ta`lim-tarbiyasiga e`tiborli bo`lish, darsga munosabatini yaxshilash, do`stlari, o`rtoqlari bilan qiziqishimiz, kitob o`qishga ishtiyoqini uyg`otishimiz kerak.
Aslida, internet tarmog`idan katta bilim va axborot olish mumkin. Faqatgina ularni saralab olishni bilish lozim.
Yaxshini yomondan, oqni qoradan farqlash uchun esa yoshlar ongiga ma`naviyat urug`larini ekish darkor
SHunday qilib, axloqshunoslik oldida ana shunday, tobora globallashib borayotgan axloqiy muammolarni hal etishda yetakchilik qilish vazifasi turibdi. Zero mazkur global muammolarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin. CHunki ular faqat milliy–mintaqaviy muammolar bilan dialektik aloqada hal etilishi mumkin. Ya’ni, axloqiy insondan, axloqiy insoniyatga o’tish qanchalik tez va samarali amalga oshsa, odamzod uchun o’zini ham o’z sayyorasini ham asrab qolish imkoni shuncha oson reallashadi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin