Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 100,47 Kb.
səhifə4/6
tarix24.09.2023
ölçüsü100,47 Kb.
#147672
1   2   3   4   5   6
Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti fizi

Rasadxona qurilishi tarixi. Odatda, o‘rta asrlarda, har bir podshoh saroyida munajjimlar bo‘lgan. Munajjimlar astrologik maqsadlarda osmon jismlarini kuzatib, Oy, yulduz va sayyoralarning holatlarini aniq o‘rganish, shularga ko‘ra, saroy a'yonlari, mamlakat hamda podshohlik taqdiri haqida "bashorat" qilish bilan shug‘ullanganlar. Jumladan, Amir Temur saroyida ham Mavlono Ahmad va Mavlono Abdulloh kabi munajjimlar ishlagani tarixiy manbalardan ma'lum. Shulardan saroyda hakimlik ham qilgan Mavlono Ahmad sayyoralarning 200 yillik holatlarini oldindan belgilab, ulardan turli maqsadlarda foydalanish uchun jadvallar tayyorlagan. Binobarin, o‘rta asrlarda munajjimlar uchun sayyoralarning oldindan hisoblangan holatlari bilan kuzatishdan olingan natijalarning mos kelishi juda muhim ahamiyat kasb etgan.
Fors tilida bitilgan mazkur asar 1918 yili Petrogradda bosilgan akademik V.Bartoldning "Ulug‘bek va uning davri" asariga ilova qilingan edi. 1940-yillar boshida Koshiyning eslatilgan risolasi sharqshunos, astronom olim G‘. Jalolov tomonidan birinchi marta tarjima qilinganda rasadxona uchun taklif etilayotgan asboblarning beshinchisi X asrda hamyurtimiz - astronom Abu Mahmud Hamid ibn Xidr al-Xo‘jandiy tomonidan ixtiro qilinib, Eronning Ray shahri yaqinidagi Taborak tog‘i etagida qurilgan va "sudsi Faxriy" deb nom olgan katta kuzatish asbobi bo‘lganligi aniqlandi ("Suds"- arabcha oltidan bir, ya'ni aylana yoyining 1/6 qismi - sekstant degani). O‘sha davrda Xo‘jandiyning rasadxonasi Faxr ud-davla saltanati hududida bo‘lib, uning rahnamoligida qurilganidan asbobga "Sudsi Faxriy" deb nom berilgan.
Ulug‘bek akademiyasidan yodgorlik. Astronom G‘.Jalolov sobiq ittifoq FA Astronomik kengashi qoshidagi astronomiya tarixi bo‘yicha komissiyaning a'zosi sifatida 1950-yillari Sharq astronomiyasi tarixi, jumladan, Ulug‘bek astronomiya maktabi tarixini o‘rganishda qizg‘in qatnashib, davriy ravishda chop etiladigan "Astronomiya tarixidan tadqiqotlar" kitobining birinchi sonidayoq "Ziji Ko‘ragoniy"ning shu kabi boshqa bir qancha "Zij"lardan farqi va afzalliklarini yetarlicha to‘la yoritgan maqolasini e'lon qilgan edi.
Samarqand rasadxonasi tadqiqot ishlarining asosiy mahsuli "Ziji Ko‘ragoniy" so‘zboshi, nazariy qism va zijdan(jadvallardan) iborat bo‘lib, ja'mi 430 sahifani egallaydi. "Zij"ning jadvallarsiz matnli qismi 60 sahifani, qolgan 370 sahifasi esa, astronomik, trigonometrik, geografik va astrologik jadvallarni tashkil qiladi.
So‘zboshi atigi ikki sahifadan iborat. Unda rasadxona va "Zij"ni tayyorlashda ishtirok etgan olimlar haqida gap boradi. Nazariy qism esa to‘rt bo‘limdan(maqoladan) iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim o‘sha paytda asosiy taqvimlardan hisoblanmish - hijriy, Yezdigird, Jaloliy(Umar Xayyom loyihasi bo‘yicha XI asrda Malikshoh tomonidan isloh qilingan taqvim), xitoy, uyg‘ur va boshqa bir qancha taqvimlar hamda ularning biridan ikkinchisiga o‘tish haqidagi hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bo‘lim sferik va amaliy astronomiya masalalaridan tarkib topib, yoritgichlarning azimutlarini, Makkaga tomon yo‘nalishni aniqlash hamda yerda aholi punktlarining geografik uzunlama va kenglamalarini hisoblash usullarini bayon qiladi. Bu yerda mazkur jadvallarning tarkibi, ularning ishlatilishiga doir metodik ko‘rsatma va maslahatlar beriladi.
Uchinchi bo‘lim Quyosh, Oy va boshqa sayyoralarning harakat nazariyasiga bag‘ishlangan. Ularning astronomik uzunlama va kenglamalar bo‘yicha o‘rinlarini aniqlash va u bilan bog‘liq hodisalar, xususan, Quyosh va Oy tutilishlari haqida gap boradi.
Nihoyat, to‘rtinchi bo‘lim uncha katta bo‘lmay, "boshqa astronomik ishlar haqida"gi ma'lumotlarga, jumladan, bir necha sahifasi astrologiyaga oid jadvallarga bag‘ishlangan.
Bular ichida Quyoshning yulduzlar fonidagi yillik ko‘rinma harakati nazariyasi bilan bog‘liq muhim astronomik doimiylik-Quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li tekisligining(ekliptikaning) osmon ekvatori tekisligiga (Yer ekvatori tekisligiga parallel tekislik) og‘ish burchagining kattaligi bo‘lib, uni aniqlash bilan o‘rta asr astronomlarining juda katta ko‘pchiligi shug‘ullangan. Quyida ularning ayrimlarini tanishtirib, Ulug‘bek rasadxonasi erishgan natija bilan solishtiramiz:
Navoiyning zamondoshi astronom Birjandiy "Ziji Ko‘ragoniy»ga sharh"ida: "Faxriy sekstanti yordamida(astronomik kuzatishlarni) yoy sekundlarigacha aniqlikda o‘lchash mumkin. Samarqandlik astronomlar eslatilgan og‘ishni(ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘ishini - M.M.) Faxriy sekstanti yordamida o‘lchadilar. Unda Quyoshning zenitdan uzoqligi uning kulminatsiyasi paytida(ya'ni aniq tush paytida) aniqlanadi. Bu yoy masofani o‘lchash asosida vaqt o‘tishi bilan mazkur og‘malikning kattaligi o‘zgarib borishini topdilar", - deb yozadi.
Birjandiy yana ekliptika og‘maligi haqida "Asturlobga sharh" risolasida shularni bayon qiladi: "Ekliptikaning og‘maligi turli davrda turlicha kattalikka ega bo‘ladi... Biroq handasa ilmi olimlarining ichida eng bilimdoni G‘iyosiddin Jamshid Samarqand rasadxonasida 23o 30" 17"ga teng qiymatni olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuni eslatish joizki, ekliptikaning ekvatorga og‘ish burchagi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi (o‘rta asrlarda kamayuvchi) xarakter kasb etib, Ulug‘bek zamonasi uchun aniqlangan uning qiymati 23o 30' 49"ga to‘g‘ri keladi. Binobarin, Samarqand olimlarining bu masalada xatosi atigi 32 yoy sekundini tashkil etib, juda yuqori aniqlik hisoblanadi.
Yulduz yilining Ulug’bek 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb hisoblagan; bunda uning hatosi faqat 1 minut-u 2 sekund hisoblanadi. Yani sana va sayyoralarning yillik harakatlari haqida hisoblashlarning Ulug’bek tomonidan olingan natijalari hozirgi hisoblashlarga juda yaqindir. Masalan bu sohada quyidagi hosiblash natijalarini keltiramiz:
Yulduz yilining hisoboti:
Hindlarda 365 kun 6 soat 12 minut 30 sekund
Haldeylarda 365 kun 6 soat 11 minut 00 sekund
Aristarxda 365 kun 6 soat 10 minut 49 sekund
Ibn Qurrada 365 kun 6 soat 9 minut 12 sekund
Ulug’bekda 365 kun 6 soat 10 minut 6 sekund
Bu asarning boshqa bo’limida trigonometriyaga oidd jadvallar keltirilgan va 1019 yulduzning vaziyati ko’rsatib berilgan. Mashhur fransuz matematigi Laplas shunday deb yozadi: ”Ulug’bek – Samarqandda, o’z viloyatining markazida, Toho Bragegacha mavjud bo’lib kelgan eng yahshi hisoblangan yangi, yulduzlar katalogini va astronomik jadvallar tuzdi”.
Trigonometrik jadvallar tuzish va u bilan bog’liq bo’lgan hisoblarni bajarish shubhasiz og’ir ish bo’lgan.
Ulug’bek ilmiy faoliyati hamma vaqt reaksion ruhoniylar tomonidan ta’qibida bo’lib ularning olimga qarshi ig’volari kuchayib boravergan.
Ulug‘bek rasadxonasining bosh "teleskopi" - sekstantning tekisligi aniq meridian tekisligi bo‘yicha o‘rnatilishi, ya'ni azimuti nolga teng bo‘lishi zarur edi. Bu masala o‘rta asrda qay darajada aniq hal etilganini aniqlash uchun 1941 va 1946 yillari zamonaviy asboblar yordamida o‘lchash ishlari olib borildi. Natijada sekstant o‘qining azimuti(ya'ni Olam o‘qi, zenit orqali o‘tuvchi osmon meridiani tekisligiga og‘maligi - M.M.) 7,5' ga teng chiqdi. Garchi bu xatolik yoritg‘ichlarning meridiandagi balandliklarining qiymatiga deyarli ta'sir etmasa-da, biroq tush paytining 30 sekundgacha xatolik bilan aniqlanishiga olib kelardi.
Toshkent Astronomik observatoriyasining direktori, akademik V.P.Shcheglov bu xatolik haqida yozib: "Ulug‘bek davrida asbob meridian bo‘ylab aniq o‘rnatilgan bo‘lib, ehtimol, besh asr davomida asbob tekisligi azimutining o‘zgarishi, yuz bergan turli hodisalar(er silkinishlari, asbobning cho‘kishi va hokazo - M.M.) oqibatida qurilmaning deformatsiyasi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuni alohida qayd etish lozimki, Ulug‘bek rasadxonasi sekstanti uchun meridian yo‘nalishi o‘sha davr uchun eng yuqori darajada aniqlik bilan topilgan Yerdagi yagona va qadimiy qurilmadir".
Ulug‘bek maktabi olimlari rasadxonaning geografik kenglamasini 39o 37' 28"ga teng deb topishdi. Biroq V.P.Shcheglov tomonidan bu kattalikning qiymatini qayta aniqlash maqsadida 1940-yillari aniq optik qurilmalar yordamida kuzatish o‘tkazilganda, u 39o 40' 40"ga teng chiqdi. Boshqacha aytganda, o‘rta asrlarda Samarqand rasadxonasining kenglamasini o‘lchashda atigi 3,2' xatolikka yo‘l qo‘yilgan ekan, xolos.
Arab va fors Sharqi mamlakatlari chegarasida joylashgan ko‘plab aholi punktlarining geografik koordinatalari astronomik kuzatishlar asosida topilib, "Zij"da keltirilgan xalifalikdan tashqaridagi joylarning koordinatalari esa, aftidan, oldingi "Zij"larda keltirilgan ma'lumotlar asosida berilgan.
"Ziji Ko‘ragoniy"ning Quyosh, Oy va sayyoralarning holatlariga tegishli jadvallari, mingdan ortiq bevosita ko‘rinadigan yulduzlarning jadvali, aksariyat hollarda, Samarqand rasadxonasi olimlarining bevosita kuzatishlari natijalari bo‘lib, o‘rta asr astronomiyasining eng aniq jadvallaridan hisoblanardi. Shu boisdan "Ziji Ko‘ragoniy" qo‘lyozmasi o‘rta asrda turli joylarda katta tezlik bilan ko‘chirilib ko‘paytirila boshlandi.
Bobur "Ulug‘bek ziji" haqida gapirib, asar XVI asrda dunyoda eng keng tarqalgan astronomik jadvallardan bo‘lganligini ta'kidlaydi. Ayniqsa, keyingi asrlarda "Ulug‘bek ziji"ga tegishli yulduzlar katalogi aniqligi bilan ko‘p G‘arb astronomlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Eramizdan oldingi II asrda 1000dan ortiq yulduzning koordinatalari va ravshanliklarini aks ettirgan yulduzlar jadvali yunon astronomi Gipparx tomonidan tuzilgan edi. Bu katalog keyinchalik mashhur misrlik astronom Ptolemey(eramizning II asri) tomonidan muayyan darajada aniqlashtirilib, yulduzlar soni 1028 taga yetkazildi.
Rayda yashab, ijod etgan Abu Husayn ibn Umar as-So‘fiy(903-998) birinchilardan bo‘lib Ptolemeyning "Al-Majistiy" kitobida keltirilgan 1017 yulduzning koordinatalarini aniqlashtirib, ravshanliklarini belgilab, yulduz turkumlarining o‘zaro joylashishlarining allegorik tasviri orqali yulduzlar atlasini tuzdi.
"Ziji Ko‘ragoniy"ning yulduzlar katalogida 1018 yulduz o‘rin olgan bo‘lib, yulduz turkumlari bo‘yicha Beruniyning yulduzlar katalogidagi kabi joylashtirilgan edi. Mazkur jadval o‘zbek astronomi G‘.Jalolov tomonidan yaxshi o‘rganilgan. Olimning ma'lum qilishicha, mazkur "Zij"da yulduzlarning ravshanliklarini xarakterlovchi kattaliklarini aniqlashda As-So‘fiy katalogidan keng foydalanilgan.
Astronom G‘.Jalolov "Zij"dan yana shu so‘zlarni keltiradi: "Biz o‘z katalogimizda keltirgan yulduzlarning o‘rinlarini hijriy 841 yilning boshiga(ya'ni 1-muharramiga, u melodiy hisobda 1437 yilning 4 iyuliga to‘g‘ri keladi - G‘.J.) nisbatan aniqladik. Biroq ularning to‘g‘ri chiqishlari (ularning bahorgi tengkunlikning o‘rni bilan bog‘liq koordinatasi) 70 Quyosh yilida 1 daraja (to‘g‘ri chiqish deyiluvchi koordinata bo‘yicha - M.M.) oldinga ketganligini e'tiborga olib, istalgan vaqt uchun ularning har birining o‘rnini aniq topish mumkin".
Shunga ko‘ra, yulduzlar to‘g‘ri chiqishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan va astronomiyada pretsessiya nomi bilan tanilgan bu hodisani (pretsessiya, bu - Yer o‘qining ekliptika o‘qi atrofida 26 mingyillik davr bilan bir to‘la aylanishi tufayli ro‘y beradigan va kichikligi tufayli 5-10 yilda ham ilg‘ash juda qiyin bo‘lgan nozik hodisa) Samarqand astronomlari yaxshi bilibgina qolmay, juda katta aniqlik bilan topganliklarini ham alohida ta'kidlash lozim. Ular aniqlagan pretsessiya kattaligini topish uchun 70 yilda topilgan 1o ga teng siljishni 70 Quyosh yiliga bo‘lish zarur bo‘ladi, ya'ni 1o : 70 = 3600" : 70 = 51",4 bo‘ladi. Aslida, pretsessiya kattaligi 50",2 tengligini e'tiborga olsak, Ulug‘bek maktabi olimlarining bu masalada yo‘l qo‘ygan xatosi atigi 1,2" ekanligi oydin bo‘ladi. Bu - o‘rta asr astronomiyasi uchun juda katta aniqlik edi.



Yüklə 100,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin