3. Aloviddin Ali ibn Muhammad ali Qushchi hayoti va ijodida matematika.
ALI QUSHCHI
(1402-1474)
Mavlono Aloiddin Ali Ibn Qushchi Samarqandiy-mashhur astranom, Ulug`bekning qobilyatli shogirdi, zabardast olim, o’tkir mutaffakir edi.
Ali Qushchining ilmiy-tabiiy va falsafiy qarashlari muhim ahamiyatga egadir. Uning 16-17 asarlarida orta va Yaqin Sharq mamlakatlarida matematika fanining rivojlanishida ta’sir ko’rsatgan “Arifmetikaga oid risola”, “Kasr sonlar haqida risola”, “Al Muhammadiy risolasi” kabi asarlari bor.
Olim arab, fors tillarini mukammal bilgan. Ali Qushchi falsafa, huquq, adabiyot, tarihga oid kitoblarga ham ko’p sharhlar bitgan.
Ali Qushchi
Ali Qushchiga Ulug'bek "farzandi arjumand" sifatida ishonch bildirgan. XV asrda Samarqandda dono va ma'rifatparvar hokim sifatida shuhrat qozongan Ulug'bek saroyidagi olimlar ichida Ali Qushchi alohida o'rin tutadi. "O'z davrining Batlimusi" deb tanilgan Ali Qushchining to'liq ismi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo'lib, u Samarqandda tug'ilib o'sgan.
Tarjimai hol. XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astronomlardandir. Ulug’bek saroyida ovchi qushlarga qarovchi Muxammad ismli kishining o’g’li bo’lganligi uchun unga Qushchi laqabi berilgan. Ali Qushchi otasidan etim qolganidan so’ng Ulug’bekning tarbiyasida bo’lgani bois, Ulug’bek uni o’z "Zij"ining so’zboshida "Farzandi arjumand" deya u xaqda quyidagi fikrlarni bildiradi:
"Ammo ittifoqo, farzandi arjumand Ali ibn Muxammad Qushchi umrining yosh yillaridan va gullagan yigitlik fasllaridan beri ilmu fan zamirida ilg’orlab borayapti va uning tarmoqlari birla mashg’uldir. qattiq ishonch va muxaqqaq umid bordurki, buning natijasida uning shuxrati yaqin zamonlarda va eng tez onlarda jaxonning atrofu aknoflariga va mamlakatlariga yoyilib, tarannum bo’lur, insho Allox al-aziz".
Bu ma’lumotlardan ko’rinadiki, Ulug’bek Ali Qushchining ilmga bo’lgan muxabbatini oldindan ko’ra bilgan va unga o’z davrining etuk olimi bo’lib etishishida otalarcha g’amxo’rlik ko’rsatgan.
Ali Qushchi boshlang’ich bilimlarni Samarqand olimlaridan, matematika va astronomiyaga oid bilimlarni esa qozizoda Rumiy xamda Ulug’bekdan oladi. Bizgacha etib kelgan ma’lumotga ko’ra, u yoshligida beruxsat Samarqanddan g’oyib bo’ladi.
Kermonda biroz muddat maxalliy olimlardan bilim o’rganadi va yana Samarqandga, Ulug’bek xuzuriga qaytib keladi. U o’zining Kermonda yozgan oyning shakllariga taalluqli eng birinchi asarini Ulug’bekka taqdim etadi. Ali Qushchi faqatgina astronomiya ilmi bilan cheklanmasdan falsafaga oid asar xam yozgan.
Bu soxadagi olimlarning fikricha, o’shanda 15 yoshga kirgan Ali Qushchining falsafaga oid risolasi xuddi shu muammoga bag’ishlangan XIII asrning taniqli olimi Nasiriddin Tusiyning risolasidan o’zining keng qamrovli va chuqur tadqiqoti bilan ajralib turadi, o’sha davrdagi yosh olimlar ichida qobiliyati va bilimi jixatidan Ali Qushchiga teng keladigani yo’q edi. U Ulug’bek observatoriyasini loyixalashtirish va qurishda, uni zamonasining eng yaxshi asboblari bilan jixozlashda faol qatnashib, jonbozlik ko’rsatdi.
Bevosita yulduz va sayyoralar xarakatini kuzatdi, ilmi falakiyotga tegishli xisoblashlarni bajardi. Oqibat soxada katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ustozlari bilan birgalikda buyuk asar sanalgan "Ziji Ko’ragoniy"ni yozishda qatnashdi.
Bundan tashqari, o’zining ilmi falakiyot va ilmi riyoziyotga tegishli bir necha risolalarini xam yozdi.
Bu bilan uning olimlar o’rtasida obro’si yanada oshdi. Bu borada Ali Qushchini buyuk falakiyotchi olim Klavdiy Ptolemeyga taqqoslashgani va o’z zamonasi Batlimusi (Ptolemeyi) deb nomlashgani bejiz emas, albatta.
Ulug’bek Ali Qushchiga to’la ishonch bilan qaragan, uni o’z do’sti deb xisoblab, undan biron bir sirni yashirmagan. Ba’zan Ulug’bek unga davlat axamiyatiga molik topshiriqlar xam bergan. Masalan, 1438 yilda Ali Qushchi Xitoyga safar qiladi va elchi lavozimida ishlaydi.
Xulosa
О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar.
IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bо‘lgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Ma’mun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bо‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini о‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bо‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bо‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga о‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bо‘limi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda о‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |