25
o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi
bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil
qilishdan (boshlang’ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday
tasawur har bir harakat faoliyatini ongli o’zlashtirish zaminida
yotadi. Yangi harakat to’g’risidagi (uning shaldi, ko’lami, ta’sir
yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va
talaba xotirasida to’plangan harakat tajribasi natijasida bo’lajak
harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi
umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini
egallash (mashqni juda puxta o’rganish). Bu bosqichda
o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishiashi natijasi
o’laroq, mashq haqidagi tasawur aniqlanadi, xatolarga yo’l
qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi
ta’minlanadi.
Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va
takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta,
avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli
shug’ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va
boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi.
Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun
faoliyat o’zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga,
oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab
mashqlarni
bajarishga,
bajarish sharoitini o’zgartirishga,
masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib bajarishga qaratilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: