36
ma’lumotlarni to’ldirishga yordam beradi.
6. Talabaning mashg’ulot jarayonida mashq bajarishida
o’qituvchi:
harakatlar bajarilishini kuzatib turishi, turli usullardan
foydalanib,
talabaga
yordamlashib
turishi,
berilgan
topshiriqlarning bajarilish natijalarini nazorat qilib borishi va
zamrat tug’Uganda talabalarga berilgan mashqlarni bajarish
davomida, uni tuzata borishi yoki keyingi topshiriqqa oid yo’l-
yo’riqlar berib borishi kerak.
Bu davrdagi asosiy vazifa mashqlar bajarilayotganda yuz
beradigan xatolarni o’z vaqtida tuzatishdan iborat. Xatolarning
yuz berishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
harakat texnikasi haqidagi tasavvurning aniq emasligi,
talabalarning harakat sezgilari bilan o’z harakatlariga bergan
subyektiv baholarining mos kelmasligi;
bajarilishi kerak bo’lgan mashqlarning murakkabligi
bilan talaba imkoniyatining mos kelmasligi;
o’zlashtirib bo’lingan mashqlarning yangi mashqni
bajarishga salbiy ta’sir ko’rsatishi;
harakat faoliyati paytida yetarlicha dadillik va
qat’iylik ko’rsatmaslik va h.k.
Asosiy va ikkinchi darajali xatolarni tuzatish uchun aniq
vaziyatdan kelib chiqqan holda o’rgatishdagi xilma-xil usullardan
foydalaniladi. Mashqni mukammal o’rganishga qaratilgan
faoliyat asosiy texnik harakatlarni avtomatlashtirilgan darajaga
yetkazish, mashqlarni mustaqil ravishda va texnik jihatdan to’g’ri
bajarishda namoyon bo’ladi.
Mashqlarni
bajarish
texnikasini
o’rganish
va
takomillashtirish uchun talaba o’qituvchi rahbarligida hamda
o’zlashtirilgan mashqlarni o’zi mustaqil bajarishni davom
ettiradi.
Dostları ilə paylaş: