1.3. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi
Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr
boshlariga to’g’ri keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush
qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq
bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni talab qilardi. O’sha
davr pedagoglari va shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan
tarbiyalashning birdan bir to’g’ri uslubi bo’libko’rinardi.
XIX
asrning
birinchi
yarmiga
kelib,
gimnastika
taraqqiyotida uch yo’nalish ko’zga tashlana boshladi:
gigiyenik
yo
‘nalish
(gimnastika
odamning
salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuch ini rivojlantirish
vositasi hisoblanardi);
citletikyo’nalish (gimnastika murakkab mashqlarni,
shu jumladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni
qo’llash yo’li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish
vositasi, deb hisoblanardi);
amaliy yo ‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan
turli to’siqlardan oshib o’tishni askarlarga o’rgatish vositasi
hisoblanardi).
Nemis gimnastika tizimi-Napoleon qo’shinlari Prussiyani
9
egallab turgan davrda tarldb topa boshladi. Bu tizimning
asoschisi F. Yan (1778-1852) edi. F.Yan gimnastikadan
mamlakatni bosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga
harbiy
tayyorgarlik
berish
uchun
foydalanishga
intildi.
Gimnastika jihozlaridagi mashqlar va harbiy o’yinlar bu
tizimning asosini tashkil qilar, chunki ular, Yanning ftkricha,
odamning jismoniy kuchini rivojlantirib, irodasini mustahkamlar
edi. U o’zining gimnastikasini «turnkunst» (epchillik san’ati),
shogirdlarini esa «tumerlar» deb atadi. Keyinchalik nemis
gimnastikasi «turnen» nomini oldi.
Yan Frizen Eyzelen bilan birgalikda gimnastika mashqlari
texnikasini ishlab chiqdi. «Nemis gimnastikasi» darsligi nashr
etilib, unda o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan jihozlarda bajariladigan
hamma
mashqlarning
tavsifi
berilgan
edi.
Mashqlarni
bajarayotganda shug’ullanuvchilardan boshni to’g’ritutish, oyoq
uchlari cho’zilgan bo’lishi, gavdani harbiycha to’g’ri tutish,
to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qilish talab qilinardi.
Mashg’ulotlarda musobaqa usulidan foydalanilardi, bu esa
shug’ullanuvchilarning qiziqishini juda ham oshirar va ular bir
xildagi mashqni behisob takrorlashga intilishardi. U davrda turli
harakatlar kombinatsiyalari qo’llanilmas edi.
A. Shpiss (1810-1858) nemislar tumenini maktabda
o’qitishga moslashtirib, mashg’ulotlar jadvalini tuzib chiqdi. U
1840-yilda «Turnerlik san’ati haqida ta’limot» nomli asarini
e’lon qiladi. Shpissning gimnastika mashg’ulotida tartibli
mashqlar (saf va qayta saflanishlar) bo’lib, undan keyin
gimnastika jihozlarida mashq bajarishga tayyorlovchi erkin
mashqlar (Pestalotssi bo’g’in gimnas- tikasidan va Fit
gimnastikasidan olingan harakatlar) bajarilar edi. Shpiss uzun
yakkacho’p, uzun qo’shpoyalar, qator narvonlar, qator
langarcho’plar singari guruhiy mashq jihozlarini joriy qildi.
Darsning yakuniy qismida harakatli o’yinlar o’tkazilar
10
vaguruhlarda bajariladigan mashqlar qo’llanilar edi.
A.Shpiss nemischa turnen tamoyillarini saqlab qolgan
holda nemis burjua milliy gimnastika tizimini yaratib tugalladi.
Shpiss gimnastikasi buyruqlarni yaxshi bajaradigan va harbiy
xizmat uchun yetarli jismoniy tayyorgarligi bo’lgan intizomli
yoshlarni tarbiyalab, yetishtirishga yordam beradi. Biroq bu
uslub bolalar tashabbusini bo’g’ib qo’yar, ularning o’ziga xos
shaxsiy qobiliyatlarining o’sishiga xalaqit berar, eng muhimi,
o’sha davrdagi tabiiy va pedagogik fanlardagi ko’pgitia ilg’or
fikrlarga to’g’ri kelmas edi. Ana shu kamchiliklar juda ko’p
e’tirozlarga sabab bo’lgan. Bular orasida eng asosli e’tirozlardan
bin P.F.Lesgaftning e’tirozlaridir.
Shved gimnastika tizimi-nemis gimnastikasi bilan birin -
ketin paydo bo’lgan. Unda gigiyena yo’nalishi yaxshi ishlab
chiqilgan edi. P. Ling (1776-1839) XIX asrning birinchi yarmida
gimnastikani Daniyada o’rgana boshladi. Chunki o’sha davrda
gimnastika G’arbiy Yevropadagi ilg’or mamlakatlardan biri
bo’lgan Daniyada tarqala boshladi. P.Lingning tashabbusi bilan
1886-yilda Stokgolmda maxsus institut ochildi. P.Ling u yerda
o’zining jismoniy tarbiya uslubi va vositalarini qo’lladi. U inson
badanini mustahkamlaydigan va kamol toptiradigan mashqlardan
foydalanish kerak, deb hisoblardi. Ammo u gimnastikaning
tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olmagan edi.
Uning o’g’li Y. Ling (1820-1886) otasi boshlagan ishni
davom ettirib, mashg’ulotlar jadvalini ishlab chiqdi. Mashqlarni
jadvalga solib, maxsus gimnastik jihozlardan foydalanishni va bir
qancha uslubiy qoidalarni ilgari surdi. Bunda mashqlar anatomik
belgilariga qarab, uning tasnifi berildi. Muvozanat, to’g’ri
yo’nalish va kuchga tayanish bunga asos qilib olindi. Gavda
a’zolarining aniq bir holatda bo’lishiga katta ahamiyat berilgan.
Shved gimnastika darsi qat’iy tartibda birin-ketin
keladigan 16 qismdan iborat jadvalga binoan tuzilgan edi. Bu
11
tizim
o’qituvchining tashabbusini cheklashiga qaramay,
ko’plarga ilmiy tomondan asoslangandek tuyilgani bois, shved
gimnastikasining mashhur bo’lib ketishiga va ko’pgina
mamlakatlarda keng tarqalishiga sabab bo’lgan.
Fransuz gimnastika tizimi-harbiy-amaliy yo’nalishda
bo’lib, shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakllandi.
Fransiyada gimnastika tizim ini yaratgan kishi Amoros (1770 -
1848) bo’ldi. U A.V.Suvorovning harbiy-jismoniy tayyorlov
tizimi bilan tanish bo’lib, bundan o’z tizim ini yaratishda
foydalandi. Hayotda va harbiy sharoitda zarur bo’lgan
ko’nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar - to’siqlar
qo’yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, qurol-yarog’lar bilan
turli holatlardan sakrash, yukni yoki «yaradorni» joydan joyga
ko’tarib o’tish, suzish va sho’ng’ish, kurashtushish, uloqtirish,
o’q otish, qilichbozlik va chavandozlik mashqlarini u eng yaxshi
mashqlar, deb hisoblagan. Juda katta tezlik bilan va kuchni
ko’proq tejab o’tilishi lozim bo’lgan gimnastika asboblari
(narvonlar, arqonlar, langarlar, devorlar) qo’llanilar edi.
Mashg’ulotlar vaqtida Amoros muayyan jadvalga rioya
qilmagan. U quyidagi umumiy tamoyillarni belgilab olgan edi,
xolos.
Mashqlar shug’ullanuvchi1arga tushunarli va niurrikin
qadar sodda bo’lishi kerak bo’lgan. Ularni birin-ketin yengilidan
qiyiniga, soddasidan murakkabiga o’ta borgan holda bajarish
kerak bo’lgan mashg’ulotlarda o’quvchilarning o’ziga xos
xususiyatlari hisobga olinishi lozim edi, Harakatlar tezligi,
yo’nalishi (ko’lami) va uni o’zgartirib, aynan bir mashqning
ta’sirini kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligi to’g’risida
ko’rsatmalar bo’lgan. Mashqlar harbiy qo’shiqlar jo’rligida ijro
etilar, bu nafas olish bilan bog’liq bo’lgan sifatlarning
rivojlanishiga yordam berib, vatanparvarlik hissini uyg’otar edi.
Bu mashg’ulotlarni musiqa jo’rligida o’tkazishni odat qilishga ilk
12
bor urinish bo’lgan.
Fransuz gimnastika tizimi mashqlari ko’pgina mamlakat
qo’shinlarini jismoniy va harbiy tayyorlashda qo’llanilgan.
Lochinlar gimnastika tizimi-Avstriya-Vengriya tarkibida
bo’lgan slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashiga aloqador
tarzda XIX asr o’rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada «lochinlar
harakati» paydo bo’lib, lochinlar gimnastika tizimi tuzila
boshlandi. O’z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishga intilgan,
vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili, Praga
universitetining estetika va san’at tarixi professori M. Tirsh
(1832-1884) bu tizimning asoschisi bo’lgan. Tirsh XIX asrning
birinchi yarmidagi gimnastika tizimlari bilan tanish edi, lekin
Chexiyada xalqni milliy-ozodlik kurashiga tayyorlash maqsadida
ommaviy gimnastika harakatini tashkil etish uchun ulardan
birontasini ham yaroqli, deb hisoblamadi.
«Lochinlar» gimnastika tizimi mazmun jihatdan nemis
gimnastika tizimiga yaqin, ammo uning o’ziga xos xususiyatlari
bor edi. Tirsh mashq bajaruvchilarning barcha holat va
harakatlanni tomoshabinlarning mhini ko’tarish, quvonch, estetik
kayfiyat uyg’otadigan shaklda yaratishga intilgan. Gimnastika
jihozlarida bajariladigan mashqlar jihozlar bilan va jihozlarsiz,
piramidalar, qilichbozlik, boks, jangovar kurash belgilari bo’lgan
mashqlar ushbu tizim asosini tashkil qilgan.
«Lochinlar» o’z mashg’ulotlarida mashqlarni behisob
takrorlash o’rniga turli harakat to’plamlarini kiritishdi. 1862-
yildan boshlab esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab
chiqilgan qoidalarga binoan o’tkaziladigan bo’ldi. Endi erkin va
gimnastika jihozlarida bajariladigan gimnastika mashqlarida bir
belgidan ikkinchisiga o’tish mantiqli bo’lishiga alohida e’tibor
beriladigan boldi. «Lochinlar» mashqlarni tashqi belgilariga
qarab tasnif berishgan va har bir mashqni bir-ikki so’z bilan
ataladigan qilib, gimnastika mashqlari atamalarini ishlab
13
chiqishgan, Bu esa mashqlarni bajarishda juda qulaylik tug’dirdi.
«Lochinlar» gimnastika darsi ucli qismdan iborat bo’lgan:
birinchi (tayyorlov) qismida tartibli mashqlar, umumiy
erkin mashqlar yoki jihozlar bilan (tayoqcha, gantellar va h.k.)
mashqlar bajarilardi;
ikkinchi (asosiy) qismida gimnastika jihozlarida
bajariladigan mashqlar, sakrashlar, jangovar mashqlar va h.k.lar
bajarilardi;
uchinchi (yakunlovchi) qismida, odatda, yurish, asta-
sekin yugurish, harakatli, sport o’yinlari qoilanilardi.
Mashg’ulotlarning bir xil kiyimlarda, musiqa jo’rligida
o’tkazilishi, mashqlarning aniq bajarilishi, musobaqalar va
ommaviy
chiqishlarning
uyushtirib
turilishi
lochinlar
gimnastikasining ko’p mamlakatlarga tarqalishiga sabab bo’ldi.
Bu esa o’z o’rnida hozirgi sport gimnastikasiga asos soldi.
Yuqorida zikr etilgan tizimlarda sinfiy xislat va milliy
an’analar aks etgan. Bu tizimlarning bir yoqlama bo’lganligi,
ularning muallitlari gimnastikaning tarbiyalovchi ahamiyatini
yetarlicha tushunib yetmaganligi va ularning empirizmga
(Empirizm - yunonchadan tarjima qilinganda, falsafiy ta’lim
Dostları ilə paylaş: |