100 ta savol
72-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish
niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan
chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat
unga dunyodagi birinchi
haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina
bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning “Ko’rinmas odam”iga
73-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish
uchun Triumfal arkasini
qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki
bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi.
Baribir
Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil
74-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida “Erkak
kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi – bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining
asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi” degan. Agar “Zakovat”
bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: “Zakovat” bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka)
taqishmoqda.
75-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan:
Unga musiqiy
asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning
yordamida sevgi izhori
qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina
illatlarga
qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Dostları ilə paylaş: