Javob: Olovdan. O’sha vaqtlardagi pilta miltiqlar xavfsiz bo‘lmagan.
7-savol: Badiiy filmlar vaqtida biz ko‘plab mashhur aktyorlarning o‘z ismi bilan filmda rol ijro
etganini ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Bir mashhur filmda birdaniga 6 ta aktyor xuddi shunday rolni
ijro etishgan. Ulardan beshtasini sanayman: Tatyana Konyuxova, Georgiy Yumatov, Leonid
Xaritonov, Pavel Rudakov, Valentin Nechaev.... Siz menga bular orasidagi oltinchi eng
mashhurini ayting.
Javob: Innokentiy Smoktunovskiy
8-savol: Hammamizga ma’lumki, Qadimgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilar kiyimsiz
musobaqalashgan. Keyinchalik sport kiyimlari katta biznesga aylana boshlagandan so‘ng bu odat
yo‘qolib ketgan. Ammo bir sport turi vakillari o‘zlarida bu “holatni” saqlab qolishgan. Siz menga
hech bo‘lmasa ulardan birining nomini ayting.
Javob: Istalgan gimnastlardan biri. “Gimnast” so‘zi yunonchadan “yalang‘och” deb tarjima
qilinadi.
9-savol: Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun
ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish. Ko‘plab Amerikalik
ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?
Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan
ololmas ekan.
10-savol: Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi:
“Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining
uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”.
Menga ularning ikkalasini ham ayting.
Javob: Gitler va Gibbels.
Izoh: Hammamizga ma’lumki Gitler xavaskor rassom bo’lgan. Gibbelsning asli kasbi esa
reklama agenti edi.
11-savol: Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog'idagi timsohlar bor basseyni yonida
shunday yozuvlar bitilgan:
"Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda........." Marhamat qilib jumlani to'ldiring.