Zamburug’larning rivojlanishi, tarqalishi va parazitlik ixtisoslashuvi Reja



Yüklə 71,65 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü71,65 Kb.
#168084
1   2   3
Zamburug’larning rivojlanishi, tarqalishi va parazitlik ixtisoslashuvi

4.Zamburug’larning mitselliysi


Zamburug’lar 100 mingdan ortik turni birlashtirgan tuban o’simliklarning O’ziga xos bo’limi hisoblanadi. Suv o’tlaridan vegetativ tanasining rangsizligi va xlorofillini yo’qligi bilan, bakteriyalardan esa, tipik yadrosining borligi bilan fark qiladi. Ularning vegetativ tanasi gifa deb ataluvchi iplardan iborat. Gifalar O’z navbatida birlashib, mitseliylarni hosil qiladi. Mitseliy bir yoki ko’p hujayrali, bir ikki va ko’p yadroli substrad ichida tuproqda, o’simlik koldiklari, tirik o’simliklarning hujayra va to’qimalari ichida, hayvon organizmida joylashgan, tashqariga esa ularning faqat meva tanasi spora hosil kiluvchi organlari chiqadi. Mitseliy juda katta osmatik bosimli suv va suvda erigan oziqani shimish (surish) kobilyatiga ega bo’lgan satxga ega.

Tuban zamburug’larda mitseliy yo’q. Uning vegetativ tanasi mikroskopik mayda, Yalong‘och yoki po’stli protoplazma parchasidan iborat ko’p yadroli, tashqi ko’rinishiga ko’ra yashil suvo’tlarga mansub sifonli suvo’tlarga o’xshash.


Yuksak zamburug’lar mitseliysi kundalangiga tusiqlar bilan ajralgan bir ikki yadroli hujayralarga bo’lingan iplardan iborat. Ularning ayrim vakillaridagina hujayra po’stlogida selyulloza, aksariyat qismini po’sti polisaxaridlardan iborat. Hujayralar o’rtasidagi kundalang tusiqlarda sporalar mavjud. Protoplazmasi hujayra devori bo’ylab joylashgan. Bularda xromotofor va plastidalar yo’q. Zapas maxsuloti yog’ va glikogen. Ayrim turlarida valyutin ham uchraydi. Zamburug’larning rangi hujayra po’stida, sitoplazmada, vakuoladagi pigmentlarning rangiga bog’lik. Yangi hujayraning hosil bo’lishi va mitseliyning o’sishi, odatda, tallomini uchlarida joylashgan hujayralar xisobiga boradi.
Zamburug’lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi mitseliysining ayrim kismlarini uzilishi, kurtaklanish, xlamidosporalar va sklerotsiy hosil qilish yo’li bilan sodir bo’ladi.
Zamburug’lar oziqlanishi jixatidan geteratrof organizimdir. Geteratrof oziqlanish o’z galida ikkiga bo’linadi.
1. Parazit holda ovqatlanish
2. Saprofit holda ovqatlanish
Jinssiz ko’payish jarayoni mitseliysining maxsus novdalarida hosil bo’ladigan endogen va ekzogen sporalar hosil bo’lib, bu sporalar bir, ikki yoki bir necha rangli yoki rangsiz hujayralardan iborat.
Endogen sporalar tuban zamburug’lar uchun xarakterli bo’lib, ixtisoslashgan va asosiy gifalardan to’sik orqali ajralib turadigan maxsus hujayra ichida hosil bo’ladi. Bu hujayralarda o’simlikning turiga qarab harakatchan zoosporalar va harakatsiz sporalar shakllanadi. Jinssiz ko’payishning ekzogen sporalari ko’pincha konidiylar deb yuritiladi. Konidiylar bittadan yoki zanjir shaklida mitseliyning maxsus gifalari uchida, yon tomonida, oddiy, shoxlangan substratdan ancha kutariluvchi konidiy hosil bo’ladi. Konidiylar quruq muxitga moslashgan yuksak zamburug’lar uchun xos.
Zamburug’larning jinsiy ko’payishi nihoyatda turli-tuman. Tuban zamburug’larda xalogamiya, izogamiya kurinishida ancha murakkab tuzilgan, vakillari va yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payishi oogamiya, zigogamiya va konyugatsiya shaklida o’tadi.
Zigotasi ma’lum tinim davrini o’taydi, reduksion bo’linishidan so’ng zigotasi unib chiqadi va zoospora yoki zoosparangiyli, sporangiy yoki konidiyli qisqa gifa hosil qiladi.
Tuban zamburug’larning butun individual taraqqiyot davri gaploid, diploid faqat zigota hisoblanadi. Ko’p hujayrali, mitseliyli yuksak zamburug’larning jinsiy ko’payishi tashqi ko’rinishiga ko’ra nihoyatda turli - tuman ularning ayrim jinsiy organlarga differensiyalashgan tananing suyukligi biridan ikkinchisiga o’tishi natijasiga, boshqalarida harakatsiz mayda hujayralar - spermatsiyalar urug’lantiradi. Uchinchi xil zamburug’larning jinsiy ko’payish organlari reduksiyalangan va urug’lanish protoplastning bir vegetativ tanasidan ikkinchisiga o’tishi orqali yoki bir hujayradagi yadrolarning juft bo’lib ko’shilishi natijasida sodir bo’ladi.
Yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payish davrida protoplazma ko’shilgandan so’ng yadrolar darxol kushilmaydi, ma’lum Vaqt ichida ko’payadi va juft bo’lib dikkarionlar hosil qiladi. Yadrolarning jinsiy qo’shilishidan so’ng (kariogamiya) hosil bo’lgan diploid yadro ko’p Vaqt reduksion bo’linadi va hosil bo’lgan gaploid yadrolar jinsiy ko’payish yadrolari hisoblanadi.
Shunday qilib, yuksak zamburug’larning rivojlanish siklida qonuniy ravishda uch faza navbatlashadi: gaploid, dikarion, diploid. Diploid faza odatda juda qisqa Vaqtni, gaploid va dikarion fazalar esa zamburug’larning turiga qarab turlicha Vaqtni egallaydi. Jinsiy jarayon natijasida hosil bo’lgan sporalar 8 tadan bo’lib endogen holda maxsus hujayralar ichida kariogamiya va reduksion bo’linish sodir bo’lgan xaltalarda yoki ekdogen ravishda 4tadan bazidiyatlar deb ataluvchi maxsus hujayralar ustida hosil bo’ladi.
Entogen sporalar askospora, ekzogen sporalar esa ba’zi diosporalar deb yuritiladi. Zamburug’larning rivojlanish siklida jinsiy va jinssiz sporalarning hosil bo’lishi qonuniy ravishda almashinadi va jinsiy sporalar hosil bo’lishi rivojlanish siklining oxiri hisoblanadi. Zamburug’lar chirigan tugunaklarda, o’simlik koldiqlarda, tuproqda, yog’och ko’priklar va nam yog’och kurilmalarda uchraydi. Ular chirindi moddlarga boy bo’lgan nam tuproqlarda, organik moddlarni minerallashishida aktiv qatnashadi. Zamburug’larning bir yillik va ikki yillik hamda ko’p yillik turlari mavjud. Ko’p yillik parazit zamburug’lar butun umri davomida xo’jayin o’simlik bilan bog’lik ravishda yashaydi, uni kasallantiradi, chiritadi va xo’jayin o’simlik quriganda ham oziqlanishning saprofit stadiyasiga o’tib, uning chirigan qismlarida hayot kechiradi. Parazit zamburug’larining aksariyat qismi o’simlik va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi.
Parazit zamburug’larning xo’jayin o’simlik nobud bo’lgandan so’ng saprofit oziqlanishga o’tadigan turlari fakultativ parazitlar deyiladi. Faqat parazitlik yo’li bilan oziqlanuvchi zamburug’lar esa obligat parazitlar deb yuritiladi. Zamburug’larning ko’pincha o’simliklarda parazitlik qilishning asosiy sababi, ularda o’simlik uglevodlari va hujayra qobigini parchalaydigan fermentlarning bo’lishi va nordon reaksiyali muxitning ular uchun qulayligidir. Oqsilga boy hayvon organizmida zamburug’lar bakteriyalar konkurensiyasiga chidash berolmaydi, chunki bakteriyalar tez ko’payib hayvon organizmida ishkoriy muxitni vujudga keltiradi.
Jinsiy ko’payish energiyasiga ko’ra zamburug’lar barcha tuban o’simliklardan ustun, ayrim zamburug’larning meva tanasi 1-7 mln spora hosil qiladi.
Yüklə 71,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin