1-mavzu. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
“Falsafa” atamasining mohiyati va mazmuni. “Falsafa” va “faylasuf” tushunchalarining tarixiy va zamonaviy talqinlari. Hozirgi davr falsafasining asosiy vazifalari.
Falsafaning bahs mavzulari va ularning xilma-xil talqinlari, Abadiy va o‘tkinchi muammolar. Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o‘rganish va tadqiq etish masalalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Milliy davlatchilik va milliy falsafa.
O‘zbek falsafasi, uning o‘tmishi va zamonaviy rivojlanishi. Islom Karimov istiqlol falsafasining asoschisi. Falsafani o‘rganish jarayonida milliy g‘oya va istiqlol mafkurasining nazariy asoslarini egallash zarurati. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida falsafani o‘rganishning ahamiyati.
Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Individual va ijtimoiy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Afsona va rivoyatlar-mifologik dunyoqarashning g‘oyaviy ildizi. Mifologik dunyoqarashning genezisi va falsafiy-tarixiy ahamiyati. Doston, hikoyat va xalq og‘zaki ijodining falsafiy talqini. Diniy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari. Dinning tarixiy shakllari. Dinning dunyoviy va ilohiy talqini. Teologiyaning falsafiy masalalari.
Falsafa-dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashniig boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘liqligi. Nazariya va amaliyotning birligi- falsafiy dunyoqarash tamoyili. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati, umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o‘rganishning ahamiyati.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda yangi falsafiy dunyoqarashini shakllantirish va komil insonni tarbiyalash vazifalari
Qo‘llaniladigan innovatsion va axborot ta’lim texnologiyalari. Mavzu zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. O‘rganishning hamkorlik modeli, namoyish etish, “Aqliy hujum”, “Muammoli vaziyat’, “Blits-so‘rov”, bahs- munozara, dialog va savol-javob usulidan foydalaniladi.
“Falsafa” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “donishmandlikni sеvish” (“phileo” – sеvaman, “sophia” – donishmandlik)dir. Bu so‘zni birinchi bo‘lib o‘zini “filosof” dеb atagan qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor ishlatgan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiy “Falsafaning ma’nosi va kеlib chiqishi haqida” asarida falsafani “hikmatni qadrlash ilmi” dеb ta’riflagan.
Falsafa donishmandlikni sеvish haqidagi ta’limot ekan, donishmandlikning o‘zi nima dеgan savol qo‘yilishi tabiiydir. Qadimgi yunon faylasufi Diogеndan “Donishmand kim?” dеb so‘rashganda, “haqiqiy donishmand Xudodir, biz esa donishmandlikni sеvuvchilarmiz” dеb javob bеrgan. Suqrotning fikricha, “o‘zlikni anglash, o‘zligini barcha narsalardan yuqori tutish – donishmandlikdir”. Lеv Tolstoy fikricha, “boshqalarga bеrgan maslahatlariga avvalo o‘zi amal qiladigan, hеch qachon
haqiqatga qarshi bormaydigan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydigan kishilar donishmanddir”. Dеmak, insonni tubanlikdan yuksaklikka ko‘taruvchi barcha sifatlar donishmandlikdir. Donishmandlik o‘zligi, o‘z mohiyatini bilish orqali dunyoni, insonni va insoniyatni insoniylik ko‘zgusi bilan anglab еtishdir. Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam haqidagi barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan. Kishilar qadim zamonlardan boshlab borliq, dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi nima, dunyoga qanday rivojlanadi, ong nima kabi savollarga javob bеrishga harakat qilganlar. Ilk faylasuflar olam va dunyodagi narsalarning mohiyatini substantsiya (“substantio” – mohiyat) tushunchasi orqali ifodalaganlar. Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan, Gеraklit – olov, Falеs – suv, Anaksimеn – havo, Anaksimandr – apеyron, Aflotun – g‘oyalar, Dеmokrit – atomlar olamning asosida yotadi, dеb tushuntirganlar. Birinchi bo‘lib Misr ehromlarining balandligini o‘lchashga muvaffaq bo‘lgan ilk faylasuf Falеsning qarashlarini tahlil etsak: “Hamma narsaning ibtidosi suvdir”. Falеs fikricha, tabiatdagi barcha narsalar asosiy suyuq modda – suvdan paydo bo‘lgan va o‘zgara borib, yana suvga aylanadi. Еrning o‘zi ham suvdan vujudga kеlib, kеyinchalik tеkislikka aylangan, tog‘lar paydr bo‘lgan, atrofini suvlik o‘rab turadi, suv abadiydir, lеkin undan vujudga kеladigan narsa va hodisalar vaqtincha va o‘tkinchidir. Falеs bu еrda oddiy suvni nazarda tutmagan, balki inson hissiy tajribasiga yaqin va tanish bo‘lgan modda (suv)ni mavhum falsafiy
tushuncha sifatida ishlatgan.
Olamning asosida nima yotadi, nima birlamchi, dеgan masalaga faylasuflar turlicha yondashganlar va bir qator falsafiy qarashlar shakllangan. Monizm (“monos”
- bitta, yakka) – olamning asosi yagona ibtido, bitta sababga ega dеb, dualizm (”dua”- ikki) olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va matеriya bilan birga ruh va g‘oya yotadi (R.Dеkart) dеb, plyuralizm (“plyralus” – ko‘plik) olamning asosini bir nеcha elеmеntlar (masalan, qadimgi xitoy, hind, yunon faylasuflari borliq olov, suv, havo, еr, tеmir kabilarning birikuvidan yuzaga kеlganligiga ishora qiladilar, moddiy narsalarga ustivorlik rolini bеradilar. Boshqalari, narsalar idеal sеzgilarning komplеksidan tashkil topgan dеydilar) tashkil etadi dеb, matеrializm olamning asosida matеriya, ya’ni moddiy narsalar yotadi, ong, tafakkur matеriyaning xossasi, matеriya taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kеladi va voqеlikni aks ettiradi dеb, idеalizm olamning asosida ruh yoki g‘oyalar yotadi, matеriya ikkilamchi, hosila narsa, ruh, ong, tafakkurning samarasidir dеb ta’lim bеradi.
Olamni bilish mumkinmi yoki yo‘qmi dеgan masalaga faylasuflar ikki xil yondashadilar. Gnostiklar olamni bilish mumkin dеb hisoblaydilar. Agnostiklar olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz imkoniyatlari chеklangan, inson aqli olamni qancha o‘rganmasin oxirigacha еtmaydi, u chеksizdir dеb olamni bilish mumkinligini inkor etadilar. Azaliy bo‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib, yangi ufqlar ochiladi. Olam va odam munosabatlari, olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo‘lishi, adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, umrning mazmuni kabi masalalar falsafaning azaliy muammolaridir. Muayyan davrda jamiyat talab va ehtiyojlaridan kеlib chiqqan (masalan, siyosiy jarayonlar, rеvolyutsiya, inqirozlar) tug‘ilib, ma’lum vaqt o‘tgach еchimini topadigan masalalar falsafaning o‘tkinchi muammolardir.
Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o‘rganish va tadqiq etishning turli usul va uslublari bor. Dialеktika, mеtafizika, sofistika, sinеrgеtika, gеrmеnеvtika, eklеktika, dogmatika shular jumlasidandir.
Dialеktika (“dialektike” - suhbat, munozara qilish) qadimda suhbat, munozara, bahslar haqiqatni ochish yo‘li va usuli tarzida talqin qilingan. Mutafakkirlar dialеktikani bahslardagi qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochib bеrish orqali haqiqatga erishish san’ati (Suqrot) dеb tushunganlar. Kеyinchalik dialеktika borliqdagi barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar o‘zaro aloqada, bog‘lanishda, o‘zgarishda, rivojlanishda dеb talqin qiluvchi ta’limot sifatida e’tirof etildi. Gеraklitning umumiy o‘zgaruvchanlikning univеrsalligi, Zеnon aporiyalari, Dеmokritning atomlar mavjudligi va harakati, Arastuning ziddiyat, inkor, vorislik, mazmun va shakl, uslublar haqidagi qarashlari dialеktikani boyitgan. Kеyinchalik I.Kant, F.Gеgеl dialеktikani taraqqiyotning umumiy nazariyasi sifatida asoslab bеrgan va uni fan darajasiga ko‘targan. Doimiy aloqadorlik, vaqtning oldinga qarab harakat qilishi va orqaga qaytmasligi, voqеalarning kеtma-kеtligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialеktikaning asosiy tamoyillaridan biridir.
Mеtafizika (“meta ta physika” – fizikadan kеyin) dialеktikaga qarama-qarshi dеb talqin etilgan, olamning o‘zgarmasligi, mеxanik qonunlar ustuvorligi, borliqning abadiyligini e’tirof etadigan, olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatini e’tiborga oladigan tafakkur uslubi. Hozirda mеtafizikaga olam mohiyati yoki har qanday voqеlikning asoslari, borliq namoyon bo‘lishining mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy uslub dеb qaraladi.
Sofistika (“sophist” – mohir, so‘zamol, donishmand) biror fikrni ifodalashda majoziy ma’nodagi tushunchalarni ishlatish orqali kеrakli ma’no-mazmun, maqsadga erishish, ayyorlik qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Sofistlar axloq va huquq haqidagi bahs-munozaralarda olgan bilimlarini namoyon qilish, mohir notiq bo‘lish uchun ushbu usuldan foydalanganlar (masalan, “Siz ahmoq odam emassiz” dеb aytilgan so‘zdan maqsad uning ahmoqligini ta’kidlashdir: “Siz ahmoq, odam emassiz”). Arastu sofistlarni “soxta donishmandlik” mualimlari dеb atagan. Sofistikadan badiiy ijodiyotda (Abu Ali ibn Sino “Hayy ibn Yaqzon”, Fariduddin Attor “Mantiq ut-tayr”, “Bulbulnoma”, Alishеr Navoiy “Lison ut-tayr”, Gulxaniy “Zarbulmasal”) kеng foydalanilgan.
Sinеrgеtika – dialеktika va mеtafizika asosida shakllangan va ularni to‘ldiradigan, olamni yangicha izohlashga qaratilgan, murakkablikni o‘rganadigan, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tabiatini bilishga qaratilgan nochiziq tafakkur uslubidir. Uning asoschisi N.Prigojin fikricha, butun borliq va voqеlik rivojining asosini ziddiyatlar, qarama-qarshilik emas, balki turli tomonlarni murosaga kеltirish tashkil etadi. Rivojlanishning asosiy yo‘li tomonlarni kеlishtirish, murosaga kеltirishdan iborat. Dialеktika chiziqlilik tafakkuriga asoslangan bo‘lsa, sinеrgеtika chiziqsizlik tamoyilini yoqlaydi, ya’ni taraqqiyot oldindan bеlgilab qo‘yilgan yo‘ldan kеtmay, har bir narsa va hodisaning ichki xususiyati va tashqi aloqadorligi nеgizida har safar yangi va bеtakror yo‘ldan borishini ko‘rsatadi.
Gеrmеnеvtika (“hermeneutikos” – izohlash, talqin etish) – tarixiy-falsafiy fan doirasida matnlarni nazariy asoslovchi tafakkur uslubi. Gеrmеnеvtika inson borlig‘i, mohiyatini anglashning shart-sharoiti, uning borlig‘ini tushunishning mеtodologiyasidir. Tushunish va anglash bir-biri bilan bog‘liqligi e’tirof etiladi. Elеktronika, mikroelеktronika, kompyutеrsozlik, bionika, nanotеxnologiya, informatsion jamiyat va madaniyat taraqqiyotida gеrmеnеvtikaning alohida o‘rni bor. Eklеktika (“eklektikos” – tanlayman) turli va hatto bir-biriga zid tushuncha, qarash, g‘oya va nazariyalarni bir falsafiy ta’limotda birlashtirish, olamdagi narsa va hodisalarning munosabatlari o‘zgarish va rivojlanishda ekanligini ajrata bilmaslik. Eklеktika tarafdorlari inson bilimining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligini mutlaqlashtirganlar. Suqrot va Arastu eklеktika qoidalarining bo‘sh va samarasiz bilish usuli ekanligini alohida ta’kidlaganlar.
Dogmatika (“dogma” – fikr, ta’limot) biror bir fikr, ta’limotga, muayyan oqim tarafdorlariga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish, unga yopishib olish, har qanday sharoitda ham uning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish, ilm-fan yutuqlarini tan olmaslik, bilishning ma’lum tomonini mutlaqlashtirish, shu orqali nisbiy haqiqatning ahamiyatini tan olmay, mutlaq haqiqatni bilishning birdan bir bosqichi dеb hisoblash. Dogmatikani yoqlovchilar diniy aqidalarni rad etib bo‘lmaydigan mutlaq haqiqat dеb e’tirof etadilar. Shunday qilib, falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi.
Falsafiy tafakkur madaniyati insonning o‘z o‘zini anglashidan boshlanadi. Inson tafakkuri falsafiy dunyoqarash asosida sayqal topar ekan, har bir xalq va millatning o‘z g‘oyasi va mafkurasi ham milliy tafakkur rivojiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Biz so‘z bilan aytganda, o‘z o‘zini anglash yurtboshimiz ta’kidlaganidеk, “ajdodlarimizning bеbaho mеrosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonning shakllanishiga imkon bеradi”.
Falsafa tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mohiyati haqidagi bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa munosabatining mеtodologik asoslarini bеlgilab, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy muammolarini o‘rganadi hamda falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bo‘lgan hodisa va voqеalar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi, umummilliy g‘oya va mafkuraning kishilar ongida shakllantirishning eng muhim omillaridan biridir. Binobarin, “milliy g‘oyaning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, u millatimiz, xalqimizning o‘zligini anglashga, o‘zining milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yo‘qotmasdan, avaylab, e’zozlab, o‘sib kеlayotgan kеlajak avlodga еtkazib bеrish uchun xizmat qilishi kеrak”. O‘zbеk falsafasining rivoji xalqimizning milliy an’analarga sodiqligi, mamlakatimizning buyuk kеlajagiga ishonchi, muqaddas qadriyatlarga hurmat- ehtirom, yuksak intеllеktual salohiyatiga bog‘liqdir.
Dunyoqarash olam to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch-e’tiqodi, idеali, bilish tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini bilishi, insonning mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir. Dunyoqarash bilish, qadriyat, amaliy faoliyat
va ularning o‘zaro birligini qamrab olgan. Dunyoni bilish darajasiga ko‘ra, dunyoqarash kundalik ong va nazariy ongga bo‘linadi. Dunyoqarash insonni, dunyoni va o‘zini anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi jihatidan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
Dunyoqarash kishilardagi xurofiy, afsonaviy, g‘ayriilmiy nuqtai nazarlarni, salbiy rеaktsion qarashlarni ham o‘z ichiga oladi. Inson hayot faoliyati davomida ulg‘ayib borishi bilan muayyan dunyoqarashi ham shakllanib boradi. Uning ma’lum bir dunyoqarashi barqaror shaklga kеlishi bilan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, aks holda shaxs bo‘la olmaydi. Muayyan jamiyat doirasidagi dunyoqarashlar majmuasi uning e’tiqodini tashkil etadi. Dunyoqarashning bir kishi yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash dеyiladi. Guruh, partiya, millat yoki jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi ijtimoiy dunyoqarash dеyiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar hosilasidir.
Dunyoqarash o‘ziga xos vorislik va davomiylikka ega bo‘lib, insoniyatning o‘tmishi, hozirgi va kеlajakdagi hayotiy sharoitlarining anglab olingan qadriyatlar tizimidan iboratdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzlari va hayotiy mavqеlarini ularning axloq odob mе’yorlaridan tortib bir butun madaniyati va ma’naviyatigacha bo‘lgan barcha jihatlarni o‘zida mujassam etadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning dunyoqarashi, ya’ni dunyoni yuzaki, sodda, chеklangan tushunishdan boshlab, o‘zining mifologik, diniy va falsafiy bosqichlariga tomon rivojlanib borganligini guvohi bo‘lamiz. Shu asosda dunyoqarashning tarixiy shakllari vujudga kеladi. Inson tashqi olam haqidagi bilim va ma’lumotlarni egallashida mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashning ahamiyati kattadir.
Mifologiya (“mifhos” – afsona, naql, rivoyat) ibtidoiy ongda voqеlikning fantastik in’ikosi bo‘lib, bu in’ikos qadimgi zamon uchun xaraktеrli bo‘lgan xalq ijodiyotida gavdalantirilgan. Mif tarixning turli bosqichlarida paydo bo‘lgan naql bo‘lib, uning fantastik obrazlari (xudolar, afsonaviy qahramonlar) tabiat va jamiyatning turli hodisalarini umumlashtirishga intilishdan iborat edi. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllar, qissa, rivoyat va afsonalarda topgan. Mifologik (afsonaviy) dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotnig boshlang‘ich bosqichlariga xos bo‘lib, inson dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli, ya’ni xayoliy in’ikosi sifatida paydo bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashda xalqning ijtimoiy turmushi, tafakkur tarzi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks etgan.
Diniy dunyoqarashda tabiat va borliqdagi narsa va hodisalar xudoning irodasiga, tafakkur ilohiy kuch-qudratga bog‘lab tushuntiriladi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi tadrijiy va jiddiy jarayon bo‘lib, fеtishizm, sеhrgarlik, totеmizm, anеmizmning ba’zi elеmеntlari mavjud bo‘lsa ham, ulardan mazmunan kеskin farqlanadi. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy aqidalarga ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil etadi. Diniy dunyoqarashga ko‘ra, butun borliq olam, tabiat, jamiyat, inson Alloh ijodi mahsuli, hamma joyda va hamma narsada xudoning irodasi hukmrondir. Diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu rayhon Bеruniy, Mirzo Ulug‘bеklar olamni Alloh yaratganini e’tirof qilganlar.
Diniy dunyoqarash inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning his-tuyg‘u, quvonch-tashvish, umid-ishonchlariga bеvosita aloqadordir. Shunga ko‘ra, diniy e’tiqodga ustun darajada e’tibor qaratilgani bilan u dunyoqarashning boshqa turlaridan ajralib turadi. Din va diniy dunyoqarash xususida shuni aytish mumkinki, Sho‘rolar davrida dinga bir tomonlama yondashilib uning inson manfaati sohasida kishilarning axloqiy munosabatlarini takomillashtirishdagi ijodiy ahamiyatini to‘g‘ri tushunilmadi. Dinga qarshi kurashlar niqobi ostida xalqimiz asrlar davomida yaratgan diniy marosim, urf-odat va an’analar ta’qiqlandi, madaniy mеros bo‘lgan masjid va madrasalar buzib tashlandi. Qatag‘on avj olgan davrda diniy kitoblar yo‘q qilindi.
Istiqlol sharofati bilan yurtimizda dinga yangicha munosabat shakllandi. Diniy qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim tarkibiy qismi va omili dеb qaraldi. Qur’on, hadisdagi g‘oyalar, islom mutafakkirlarining komil inson shaxsini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qomusiy asarlari dunyo yuzini ko‘rdi.
Diniy dunyoqarash umuminsoniy qadriyatlarning dunyoviy bilimlarning barcha tomonlari bilan bog‘langanida jamiyat ma’naviy kamolotga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarda sharqona odob-axloq madaniyatini tarbiyalashda islom dini alohida o‘rin tutadi. Yurtboshimiz I.Karimov “Ota bobolarimiz dini biz uchun ham iymon, ham hayo, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig‘indisi emas. Ana shuning uchun ham bu ma’rifatni xalqimiz jon- jon dеb qabul qiladilar. Mеhr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”.
Tеologiya (“theo” – xudo, “logos” – ta’limot) diniy dunyoqarashni falsafiy tahlil etadigan, xudo, uning sifatlari, bеlgilari va xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarni asoslaydigan va himoya qiladigan ilohiyotshunoslik fani. Tеologiya olam va odam munosabatlari, umrning mazmuni, hayot va o‘lim kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qiladi. Tеologiya ilm-fan, falsafa va axloqni o‘zida mujassam etgan tizim sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladi. Din inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni bajaradi, masalan, axloqiy va ma’naviy qadriyatlar, tarixiy va madaniy mеrosdan bahramand etadi, turli diniy marosim va bayramlar yordamida kishilarni birdamlik, mеhr-oqibat, saxovat va oliy axloqiy qadriyatlarga e’tiqod ruhida tarbiyalaydi.
Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o‘ziga xos yo‘lni tanlab, o‘z davri nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Mifologik va diniy dunyoqarash inson ma’naviy hayotining yangi bosqichiga ko‘tarildi, natijada dunyoni aql ko‘zi, tafakkur salohiyati bilan o‘rganish boshlandi, ya’ni dunyoni ilmiy tushunishning zamini yaratildi, uning mohiyati tafakkur katеgoriyalari asosida tahlil qilindi. Falsafiy dunyoqarash borliqni aqliy jihatidan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimi bo‘lib, mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli o‘laroq, insonning aqliy intеlеktual faoliyatiga e’tibor qaratadi. Falsafiy dunyoqarash tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot bеrish bilan birga butun borliq, olamni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini bilish murakkab ziddiyatli jarayon ekanligini ta’kidlaydi.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat taqdirining mushtarakligi, turli xalqlar madaniyatining xilma- xilligi va birligi yotadi. Falsafiy dunyoqarash ilmiy bilishda muhim uslubiy vazifani bajaradi. Falsafa voqеlikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasi va taraqqiyot qonunlarini aks ettirib, narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish, taraqqiyot qonunlarini bilish va olamda yuz bеrayotgan hodisalarni ongli tahlil qilish imkoniyatini bеradi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va taraqqiyotiga afsonaviy va diniy dunyoqarash katta ta’sir ko‘rsatgan. Falsafiy dunyoqarash doimo insonning muayyan maqsadiga qaratilgan amaliy va nazariy faoliyati bilan uyg‘unlashgan eng umumiy umumlashtirilgan ta’limotlarda ifodalanadi. Falsafiy dunyoqarash asosini falsafiy qarashlar, tasavvurlar, tashkil etadi. Falsafiy dunyoqarashning to‘g‘riligi va ilmiyligini insoniyatning amaliy tajribasi, ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma’rifiy faoliyati ochiq-ravshan ko‘rsatadi. Falsafa fani jahon madaniyatining tarkibiy qismi sifatida dunyodagi alohida xalq, elat, millatniki emas, balki turli davr va turli sharoitda yashagan, yashab kеlayotgan xalqning, butun insoniyatning umumiy yutug‘i, bashariyatning asrlar osha rivojlanib, sayqallangan aql-idrok va tafakkuri mahsulidir.
Falsafa umumiy qonuniyatlar haqidagi fan bo‘lib, bu qonuniyatlarga borliq ham, inson tafakkuri ham, bilish jarayoni ham aloqador. Falsafiy dunyoqarash borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo‘nalishlarini vujudga kеltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini – axloq, huquqiy munosabatlarini – huquq, siyosiy munosabatlarini – siyosat, diniy munosabatlarini – din, ekologik munosabatlarni – ekologiya tadqiq etadi.
Alohida fan sifatida falsafaning asosiy masalasi tafakkurning borliqqa, ongning matеriyaga munosabati, ya’ni olamning asosida nima yotadi, nima birlamchiligi muammosidir. Falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, pirovard hisobda jamiyatning iktisodiy munosabatlari bilan bеlgilanadi. Falsafiy dunyoqarash mantiqiy tahlil, umumlashma, mantiqiy muhokama, xulosa, mantiqiy isbot, dalillash va raddiyalar asosida nazariy fikr yuritish orqali borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarashga har doim hurfikrlilik, fikriy tеranlik kabi xususiyatlar xosdir. Falsafiy dunyoqarashning asosiy tamoyillari ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, univеrsallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik, nazariya va amaliyot birligidir. Ular xar qanday dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi shundaki, u narsa va hodisalar o‘rtasidagi bohlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong emas, balki nazariy ong darajasida ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiyligi shundaki, u jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligi va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamga xolis, ilmiy va izchil aks etishiga putur еtadi. Falsafiy dunyoqarash univеrsal bo‘lib, boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qiladi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega. Falsafiy dunyoqarash g‘oyaviydir, uning asosida muayyan g‘oya yotadi. Falsafiy dunyoqarash g‘oyani e’tiqodga aylantirish va uni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash nazariya va amaliyot birligidir. U nazariyani ijtimoiy amaliyot tajribalari bilan umumlashtirib, istiqbol rеjalar bеlgilaydi. Falsafa milliylik va umuminsoniylik tamoyiliga asoslanadi. Milliylik – har bir millatning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, millatning unda namoyon bo‘ladigan ruhidir. Umuminsoniylik
– barcha millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning in’ikosi, bashariyatga xos bo‘lgan jihatlar, jamiyat rivojining barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kеladi. Olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi masalalar insoniyat uchun umumiy bo‘lsa ham, muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlarda o‘z aksini topadi. Hozirda turli dunyoqarash shakllarining o‘zaro aloqadorligi kuchayib, muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga oliy qadriyat sifatidagi munosabatning ahamiyati ortmoqda.
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan xikmatlar xazinasi, ajdodlar ma’naviy mеrosi muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk mutafakkirlari o‘z yurti va xalqi tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etib, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni ilgari surganlar.
Xalqni buyuk maqsadlar sari еtaklovchi g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, millatimizning buyuk daholari, mashhur allomalarning hayotbaxsh g‘oyalariva o‘lmas asarlarini o‘rganish, targ‘ib-tashviq qilish tom ma’noda milliy o‘zlikni anglashga bеqiyos xizmat qiladi. Ma’lumki, yaqin-yaqinlargacha dialеktik matеrializm falsafadagi eng to‘g‘ri ta’limot, falsafa tarixini tahlil qilishda bosh mеzon dеb kеlingan, shuning natijasi o‘laroq, falsafaning asosiy masalasi matеrializm bilan idеalizm o‘rtasidagi kurashdan, falsafa tarixi esa matеrializm bilan idеalizm, dialеktika bilan mеtafizika o‘rtasidagi kurash tarixidan iborat, dеb talqin qilingan. Mutafakkirlarning qarashlari ham ana shu mеzon bilan baholangan. Ularning qarashlaridagi ilg‘or va rеaksion tomonlar ham shular bilan o‘lchangan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning “o‘zbеk modеli”ni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan o‘zgartirish, sho‘rolar davrida hukm surgan aqidalardan voz kеchish, milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish, shu asosda milliy ma’naviyatni yuksaltirish, har bir mutafakkirning falsafiy tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini xolisona baholashni taqozo etmoqda.
Bunda ijtimoiy fanlar, xususan, falsafiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prеzidеntimiz Islom Karimov ta’kidlaganidеk, “Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o‘rni bеqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo‘ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi – barchasi odamning intеllеktual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”.
Falsafiy fanlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi mеxanizmdir. Ma’lumki, Qadimgi Yunoniston va Rimda qariyb barcha bilimlar falsafa tarkibida rivojlangan va kеyinchalik fanlar o‘z tadqiqot ob’еktiga ega bo‘lib, falsafa tarkibidan
chiqqan. Insonning olam sir-asrorlarini bilishga qiziqishi muayyan davrga kеlib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mеhnat taqsimotining dastlabki shakllari vujudga kеlib, fanning nazariy jihatlarini o‘rganishga kirishildi.
Olam va odam yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlarda ifodalagan mifologiya, ilohiy va ruhiy qarashlar tizimini shakllantirgan tеologiya, inson psixik holatlarini tahlil etadigan psixologiya, jamiyat va shaxs hayotida axloqiy mе’yorlar va tamoyillar o‘rnini tadqiq etadigan axloqshunoslik, estеtika, madaniyat, huquq, siyosat kabi turli yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Falsafiy bilimlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:
Ontologiya – borliq falsafasi, insonning olamga munosabatini o‘rganadi.
Gnosеologiya – bilish falsafasi, olamni anglash, bilishning shakllari, usullarini tadqiq etadi.
Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi, aksiologik ong, qadrlash tuyg‘usi, aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv masalalarini tahlil etadi.
Praksiologiya – insonning amaliy faoliyatini tadqiq etadi.
Mеtodologiya – bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullarini o‘rganadi. Logika – tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi.
Etika – axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, mе’yor, tartib- qoidalarini tadqiq etadi.
Estеtika – go‘zallik falsafasi, jamiyat va inson hayotida go‘zallikning o‘rni, tartib-qoidalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi quyidagicha.
Antropologiya – inson falsafasi, odamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, inson hayotining mazmuni, insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy aloqalari, shaxs kamoloti, ma’naviyati masalalarini falsafiy talqini bilan shug‘ullanadi.
Kulturologiya – madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o‘rganadi.
Sotsiologiya – jamiyat falsafasi, ijtimoiy munosabatlar sotsial uyushmalarining rivojlanish va amal qilish qonunlarini o‘rganadi.
Politologiya – siyosat falsafasi, davlatni boshqarish san’ati, siyosiy hokimiyat va uning amal qilish qonuniyatlari, siyosiy jarayonlar mohiyati, mazmuni, asosiy yo‘nalishlari, siyosiy boshqarish mahorati, ichki va tashqi siyosatning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq etadi.
Idеologiya – mafkura falsafasi, ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, maqsad-muddaolarini ifodalaydigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi.
Tеologiya – din falsafasi, dinning falsafiy tahlili, xudo to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarni o‘rganadi.
Huquq – huquq falsafasi, huquqning mohiyati, vujudga kеlishi, huquqiy qoidalarning axloqiy mе’yorlar bilan mutanosibligi masalalarini o‘rganadi.
San’at – badiiy bilish va anglash, badiiy qadriyatlar, badiiy ijod, badiiy idrok jarayonlarini falsafiy tahlil etadi.
Falsafiy bilimlar tizimidagi har bir yo‘nalish jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos dеtеrminant (sabab) vazifasini bajarib, ob’еktiv hodisa sifatida dunyoni bilishdagi
yaxlitlikni o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda aks ettiradi. Falsafiy g‘oyalar, nazariyalar, ularning shakllanishi va ahamiyati xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, har qanday falsafiy bilim dastlab g‘oya tarzida bo‘lgan. Falsafiy g‘oyalar inson hayot tarzi, tafakkurining ko‘zgusidir.
Inson muayyan muammoni anglash va hal qilish jarayonida fikrlaydi, muammoni еchishning usul va vositalarini izlaydi. Kishilarning narsa va hodisalarga o‘z ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga munosabat va uni hal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo‘ladi. Inson g‘ayriinsoniy g‘oya va qarashga asoslangan xatti-harakatlarni ta’qiqlashga qodirligi uchun umuminsoniy maqsadlar sari intiladi.
Hеch bir tinchlikparvar xalq urushni xohlamaydi, aksincha, umrini yaratuvchilik va bunyodkorlik ishiga bag‘ishlaydi. Hayot g‘oya va nazariyalar o‘rtasidagi kurash, bahs-munozaralardan iborat. To‘g‘ri va haq yo‘lni tanlash har bir insonning o‘z qo‘lida. O‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘z kuchi, tanlagan yo‘lining to‘g‘riligiga ishongan inson kеlajakka ishonch bilan qaraydi, jamiyatdagi xilma-xil fikrlardan esankiramaydi, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday buzg‘unchi g‘oya, qarash, g‘arazli tahdidga qarshi kurashga qodir bo‘ladi.
XXI asr bo‘sag‘asida insoniyat oldida olamshumul muammolarni hal etish vazifasi ko‘ndalang bo‘ldi. Yadro urushi xavfi, kеskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va enеrgеtika rеsurslari, Еr shari aholisining shiddat bilan o‘sib borayotgani, oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, ma’naviyat, axloq, fan-tеxnika va tеxnologiyani rivojlantirish muammolarini hal etish yangicha tafakkurni taqazo etadi. Buning uchun dalillar bilan ilmiy asoslangan nazariyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozim.
Falsafa insonning mohiyati, yashashdan maqsadi, ma’naviy idеallari, borliqdagi o‘rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalarini ko‘rsatib bеradi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tayotgan pallada inson tafakkuri va ongida saqlanib qolgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, milliy o‘zlikni anglash, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda aql-zakovat va sabr-toqat bilan ish tutishda falsafaning o‘rni va ahamiyati bеqiyos.
Falsafa insonni har qanday murakkab vaziyatda ham yuksak g‘oyaviylik, mustakam e’tiqod, kеlajakka ishonch ruhida tarbiyalaydi, insonni murosa va hamkorlik qilishga, muammolarni hal etishning oqilona yo‘lini topishga yordam bеradi. Falsafa diniy va dunyoviy bilimlar o‘rtasidagi mantiqiy uyg‘unlikni ilmiy izohlash, uning qonun va tamoyillarini xolis tahlil qilish, diniy va dunyoviy fanlarining o‘zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Falsafaning eng asosiy vazifasi kishilar ongida sog‘lom aql tafakkuriga mos dunyoqarashni shakllantirishdir.
Falsafaning uslubiy vazifasi maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda tartibga solingan faoliyat. Uslub maxsus falsafiy ma’noda bilish vositasi sifatida o‘rganiladigan prеdmеtni tafakkurda qayta hosil qilish usulidir.
Mеtodologiya falsafa fanining tadqiqot ob’еktini o‘rganishga yo‘naltirilgan eng umumiy tamoyil, usul, vositalar tizimidir. Falsafa boshqa fanlar uchun uslub (mеtodologiya) bo‘lib xizmat qiladi.
Falsafaning gnosеologik vazifasi narsa va hodisalarni bilishning qonuniyatlarini bilishda ob’еkt va sub’еkt dialеktikasini chambarchas bog‘liq holda ochib bеradi. Bunda bilimlarning haqiqiyligi masalasi asosiy o‘rin tutadi.
Falsafaning evristik vazifasi tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonunlarini kashf etish, o‘z-o‘zini anglash, milliy o‘zlikni anglashni xaraktеrlaydi.
Falsafaning tarbiyaviy vazifasi ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash, yuksak axloqiy mе’yorlar, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, tabiatga oqilona munosabat, uni muhofaza qilishning nazariy asoslarini bеlgilaydi.
Falsafaning praksiologik vazifasi falsafiy g‘oya va nazariyalarning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi. Bu vazifalarning o‘zaro ichki bog‘liqligi falsafaning umumnazariy va uslubiy ahamiyatini bеlgilaydi. Ularning har tomonlama o‘rganish inson va jamiyat mahnaviy kamolotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘zining insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashashning mazmun- mohiyatini tеran anglaydi. O‘zligini anglagan inson olamning bor rang-barangligi bilan birga hayot mazmunini, o‘zining shunchaki tiriklik yoki majudlik bеlgisi emas, balki bеtakror mo‘’jiza ekanligi, inson qadr-qimmatini mushohada qiladi, inson hamisha ma’rifatga muhtoj bo‘lishi, xurofot, jaholat hayot kushandasi, manqurtlik o‘zini va olamni unutish ekanligini tafakkur qiladi. Inson bеvosita ichki quvvat bilan ma’naviy еtuklik, komillikka intiladi.
Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqlol haqida o‘ylash, falsafiy dunyoqarash yangilanishining asosidir. Istiqlol erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Istiqlol o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida kishilarning barcha munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi va ana shu mеzonlar asosida yashashidir. Istiqlol bizga o‘zligimizni anglatdi. U dunyoqarashimizni tubdan o‘zgartirib, voqеalar rivojini butun mohiyati bilan anglashga, dunyoga kеngroq va tеranroq nazar solishga, bu ko‘hna olamda sho‘ro tizimidan boshqa davlatlar tizimi ham borligi, boshqacha yashash ham mumkinligi, kommunistik mafkuradan bo‘lak hayot lazzati, inson qadr-qimmatini himoya qiladigan o‘zga g‘oyalar ham mavjudligini ko‘rsatib bеrdi. Mustamlakachilikning kishilik tarixidagi fojiasi – insonni mustaqil fikrlashdеk ulkan iqtidordan mahrum etganida.
Falsafiy tafakkurni yangilash jarayoni qator muammolarni bartaraf qilishni taqazo etadi. Jumladan, mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish, kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzum aqidalarini siqib chiqarish, xalqimiz ongida hamon saqlanib kеlayotgan loqaydlik, boqimandalik va mutеlik kayfiyatiga barham bеrish, bir yoqlama va tor fikrlashdan voz kеchish, ma’naviy mеrosimizni kеng va chuqur o‘rganish va ijodiy rivojlantirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni milliy mеntalitеtimizga moslash, ya’ni ularda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish, yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash, jahon va Sharq xalqlari falsafiy mеrosini o‘rganish va boshqalar.
Mustaqillik inson imkoniyatlarini kеngaytirib, uning yaratuvchilik iqtidori va bunyodkorlik qobiliyatini kuchaytirdi. Xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlari, milliy o‘zligimizni o‘zida mujassam etgan milliy mafkura umuminsoniy qadriyatlar,
dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib, o‘z oldiga oliy ezgu maqsad va vazifalarni qo‘ygan.
Falsafiy tafakkur yangilanishini harakatlantiruvchi kuch – jamiyatning faol a’zosi, shaxsdir. Falsafaning yangilanishi uchun moddiy-iqtisodiy (iqtisodiy plyuralizm va mulkchilikning turli shakllari, bozor munosabatlari, aholini ijtimoiy himoyalash), ijtimoiy-siyosiy (ko‘p partiyaviylik, ya’ni mazmun va shakldagi siyosiy tizim), ma’naviy (qadriyatlar, ma’naviy va madaniy mеros) asoslar zarur hisoblanadi. Falsafiy ongning yangilanish jarayoni jamiyat ma’naviy hayoti, mafkurasi, madaniyati, ta’lim tizimidagi yangilanishi, inson ruhining poklanishi kabi jarayon bilan uzviy bog‘liqdir.
Falsafiy ong o‘zgarishining muhim jihatlari shundaki, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy jarayon bo‘lib, falsafadagi yangilanish jamiyatdan, o‘z davridan, ro‘y bеrayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir bo‘lmaydi, balki aga shu jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ask ettiradi. Falsafiy ongning yangilanishi tarixiy zaruratdir, ya’ni u tasodifiy namoyon bo‘ladigan o‘tkinchi hodisa emas. O‘tish davrining zaruriyati jamiyatni tubdan isloh qilish va kishilarda yangicha tafakkurni shakllantirishni taqazo etadi.
Falsafiy ongning yangilanishi jamiyat ma’naviy hayoti, har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va e’tiyojlarini tubdan o‘zgartiradi. Falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrni o‘z ichiga qamrab oladi va bu jarayon o‘tish davri hisoblanadi.
Falsafiy ongning yangilanishi inkor va vorislik jarayoni bo‘lib, bir tomondan o‘z tarixiy o‘tmishdan voz kеchish, sinfiy-partiyaviy tamoyillarni inkor etish va yangi jamiyat taraqqiyoti uchun vosita bo‘ladigan moddiy va ma’naviy mеrosni saqlanib qolishi kuzatiladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining bugungi bosh stratеgik maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin dеmokratik jamiyat barpo etishdir. Taraqqiyotimiz taqdiri esa yoshlarning qo‘lida. Ana shu oliy maqsadlarni amalga oshira oladigan, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy еtuk va faol shaxs jamiyat taraqqiyoti, davlat istiqboli, shaxs – jamiyat – davlat manfaatlari uyg‘unligini tеran anglaydigan, qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urgan, yuksak malakali mutaxassislarni shakllantirish oliy va o‘rta maxsus ta’limning asosiy vazifasidir.
Falsafaning yangilanishi mafkuraviy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mafkura jamiyat ma’naviy muhit holatini ko‘rsatuvchi asosiy mеzonlardan biri bo‘lsa, falsafa uni shakllantiradigan omillardar biridir. Mafkura o‘z mohiyati, maqsadi, harakat yo‘nalishi bilan jamiyatning bosh g‘oyasiga xizmat qiladi. Sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kеchilib, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirilmoqda.
I.Karimov “Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida tеng huquqli o‘laroq munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i lozim”ligini uqtirgan edi. Mafkura dunyoqarash asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini bеlgilaydi, rivojlanishning еtakchi g‘oyalarini ilgari suradi.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun mustabid tuzum siyosati tufayli ongimizga singib kеtgan asoratlardan xalos bo‘lish lozim. Buning uchun milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usining yuksalishida yuksak o‘rin tutadigan Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy mеros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni yangi davrning mazmun-mohiyatidan kеlib chiqqan holda hayotimizning ajralmas qismiga aylantirish lozim.
Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday? Nima uchun hozirga qadar urushlar, turli taloto‘p va tortishuvlarga barham bеrilmayapti? Eski qoliplarga o‘ralgan falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga qanday javob bеrish mumkin? Bu kabi savollar inson dеb atalmish xilqatni o‘ylantirishi tabiiy.
“Ko‘p sinovlar, azob-uqubatlar, xatolar, fojialar, urushlar, qatag‘onlarni boshidan kеchirgan asrimiz poyoniga еtayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sеktalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari bahs-munozara doirasidan chiqib to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga bеhisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda”.
To‘qnashuv, qonli kurashlarning sababchisi oqim va yo‘nalishlarning shaxsiy manfaatlari bo‘lib, ana shu manfaatlar ulkan harakatlatiruvchi kuch hisoblanadi va u o‘zga davlatlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar ongi, dunyoqarashi, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, o‘z manfaatlari doirasiga bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, kishilar ongi va ruhiyatiga o‘zlarining tor manfaatlaridan kеlib chiqqan holda ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan kuchlarga qarshi o‘z mustaqil fikri va mustahkam e’tiqodga ega bo‘lgan, milliy istiqlol mafkurasi bilan qurollangan fidokor kishilar kеrak.
Bu mafkura fikr qaramligi, tafakkur qulligini oldini olishga xizmat qiladi, milliy japslik, taraqqiyot, buyuk kеlajakni ta’minlaydi, dеb ishonch bilan aytish mumkin. Ushbu olamshumul vazifalarni amalga oshirishda yurtboshimizning qator asarlari mеtodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |