Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotni baholash mezonlari
Baholash
Talabalarning bilim darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
“90-100” ball
(a'lo)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba
amaliyot bo‘yicha hisobotida taqdim etgan ma‘lumotlarni tahlil
etishi va mustaqil bayon etishi hamda barcha bajargan ishlari
bo‘yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, huquqiy-me’yoriy
hujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo‘yicha o‘zgarishlarni
tushuntira olishi
“70-89,9” ball
(yaxshi)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini
hisobotda keltirilgan amaliy ma‘lumotlar asosida izohlashi,
amaliyot obyekti moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid ma‘lumotlarni
tahlil qila olishi hamda ularga o‘zining obyektiv xulosasini bera
olishi
11
“60-69,9” ball
(qoniqarli)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi hamda amaliyot obyekti umumiy faoliyati
to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi
“0-59,9” ball
(qoniqarsiz)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri
rasmiylashtirilmaganligi, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera
olmaganligi, bu haqda yetarli tushunchaga ega bo‘lmasligi
Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va kafedra tomonidan belgilangan
muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki himoya qilinadi.
Hisobot tituli amaliyot dasturining 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi
rasmiylashtirilishi zarur. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan
tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga talabaga qaytariladi. Taqrizda amaliyot
bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning ijobiy jihatlari va
yutuqlari bilan birga, kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida
himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi
darkor.
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot
dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta
ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot
himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-
me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va
talaba kelasi o‘quv yili amaliyotni qayta o‘taydi.
12
1-ilova.
Dostları ilə paylaş: |