10
Ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan hisobot har bir bo‘lim va sho‘ba bo‘yicha
alohida tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi
kerak:
̶ har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda
amaliyot yuzasidan amalga
oshirilgan ishlarni;
̶ moliya bo‘limida foydalaniladigan dasturlar
bilan tanishib chiqqanligini;
̶ amaliyot obyektidagi ish yuritish hujjatlari hamda ularning turlari bo‘yicha
tavsifini.
Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan
hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini
olish imkoniyati
bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin. Hisobotda o‘rganilishi
lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib,
ilova qilingan
hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida
buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda moliya bo‘limidagi
amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan
kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan
har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi
lozim.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali
talabaning nazariy
jihatdan olgan bilimlari, mustaqil
fikrlay olish qobiliyati,
uning
dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi
alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash kredit-modul tizimining 100
ballik mezonida amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli
tartibda rasmiylashtiriladi.
2 –jadval.
Dostları ilə paylaş: