Zamonaviy biotexnologiya ko’pgina sohalari dnk texnologiyasi



Yüklə 447,29 Kb.
səhifə1/4
tarix09.10.2023
ölçüsü447,29 Kb.
#153372
  1   2   3   4
2-mavzu zamonaviy biotexnologiya


Reja

  1. Zamonaviy biotexnologiya ko’pgina sohalari DNK texnologiyasi.

  2. DNK texnologiyasi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash analiz qilish

  3. Polimeraza zanjir reaksiyasi, DNKni klonlash va Gel elektroforezi.


Biotexnologiya soʻzini eshitganingizda miyangizga qanday tushuncha keladi? Balki, yangiliklarda uchragan Dolli laqabli klonlangan qoʻy, genetik modifikatsiyalangan organizmlar yoki gen terapiyasi kabilarni oʻylarsiz. Dolli laqabli qoʻyning tulumi. Dolli birinchi klonlangan sutemizuvchi hayvon boʻlib, boshqa bir qoʻyning ayni “nusxasi”dir. Agar yuqoridagilar siz oʻylagan narsalar boʻlsa, mutlaqo haqsiz. Ularning barchasi biotexnologiya sohasining misollaridir. Ammo pivo tayyorlash, hosilni koʻpaytirish va penitsillin antibiotigi-chi? Ushbu jarayonlar va mahsulotlar minglab yillardan beri mavjud va ular ham biotexnologiya mahsuli hisoblanadi.
Biz bu maqolada dastlab biotexnologiya taʼrifiga toʻxtalib, u qanday qilib turli xil usullar orqali tirik organizmlardan foydali mahsulotlar olishini koʻrib chiqamiz. Keyinroq DNK texnologiyasi, DNKni manipulyatsiya qilish va undagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash texnikasi bilan tanishamiz. DNK texnologiyasi biotexnologiyaning koʻplab zamonaviy shakllari uchun oʻta ahamiyatlidir.
Biotexnologiya nima?
Biotexnologiya bu muayyan maqsaddagi jarayonni amalga oshirish yoki biror-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun organizmlar, organizmlarning tarkibiy qismlari yoki boshqa biologik tizimlardan foydalanishdir.
Bu juda keng tushuncha va yuqorida taʼkidlanganidek, biotexnologiya zamonaviy laboratoriya uslublarini ham, bir necha yuz yillardan beri qoʻllanib kelayotgan anʼanaviy qishloq xoʻjaligi va isteʼmol mahsulotlarini tayyorlash usullarini ham qamrab oladi. Qani, unda biotexnologiyaga tegishli 3 ta misolni koʻrib chiqamiz va ularning biotexnologiya taʼrifiga qay darajada mos kelishini koʻramiz:

  • Pivo tayyorlash. Pivo tayyorlash jarayonida arpa solodi (undirib, yanchilgan) shakarining eritmasiga mitti zamburugʻlar (achitqi) solinadi. Eritma fermentlanish deb nomlanuvchi jarayon orqali bijgʻiydi. Fermentlanishdan qoʻshimcha mahsulot – pivoda uchrovchi etil spirti hosil boʻladi. Bu yerda biz achitqi zamburugʻini organizm sifatida koʻrdik. Achitqi zamburugʻidan isteʼmol mahsulotlari tayyorlashda foydalanamiz.


  • Yüklə 447,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin