Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar reja


Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari



Yüklə 88,65 Kb.
səhifə3/6
tarix27.03.2023
ölçüsü88,65 Kb.
#90271
1   2   3   4   5   6
2 5262924414801946498

2. Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari. Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqoti, milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslariga to‘xtalishdan oldin “targ‘ibot” va “tashviqot” tushunchalarining o‘zagiga e’tiborni qaratish zarur. “Targ‘ibot” tushunchasining o‘zagini “rag‘bat” so‘zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot” tushunchasining o‘zagi esa “shavq” so‘zidan olingan bo‘lib, u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltirilgan.
Targ‘ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ‘ibotchilarni shuning uchun ham “inson qalbining sozlovchilari” deb ataydilar. Demak, targ‘ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, “milliy istiqlol g‘oyasi” haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‘oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur.
Quyidagi ijtimoiy institutlar milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari tizimida alohida o‘rin tutadi: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, madaniy-ma’rifiy muassasalar, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport, urf-odatlar, marosim va bayramlar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari va OAV.
Xo‘sh ta’lim-tarbiya tizimi bugun qanchalik muhim va unga e’tibor nimalarda ko‘rinadi? Barchamizga ma’lumki, bugun dunyo bo‘yicha taxminan 1,2 milliardodam umuman hech qanday ta’lim va ma’lumotga ega emas. SHundan 70 foizini qiz bolalalar va ayollar tashkil qiladi. AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra dunyoning eng savodsiz mamlakatlari Niger (84,3% aholisi savodsiz), Burkino Faso (77%), Afg‘oniston (63,7%), Sieriya Lione (63,7), Gambiya va h.k. hisoblanadi.
YUNESKO dunyoni savodsizlikni tugatishga chaqirmoqda. Uning nuqtai nazariga ko‘ra agar ta’lim bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirish uchun maxsus mablag‘ ajratilmas ekan, yuqorida ko‘rsatilgan muammo echilmay qolib ketaveradi. Ta’lim uchun mablag‘lar tobora kamayib bormoqda. YUNESKO mamlakatlarni har yili ta’lim uchun qo‘shimcha 8-10milliarddollar ajratishga undamoqda.
Hech kimga sir emaski mamlakatimizda yoshlar kamolotiga e’tibor mustaqilligimizning dastlabki kunlarida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”(2016 yil 15-sentyabrda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi)gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Zero, statistik ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatimiz aholisining 67%dan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar hilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasida muhim o‘rin tutadi.
Ta’lim-tarbiya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish uchun, bu tizimda:

Yüklə 88,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin