Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar reja



Yüklə 88,65 Kb.
səhifə4/6
tarix27.03.2023
ölçüsü88,65 Kb.
#90271
1   2   3   4   5   6
2 5262924414801946498

birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiyaga joriy etish, uning moddiy-texnik bazasini yangilash, modernizatsiyalash;
ikkinchidan, kompyuter, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish (internet tizimi, kompyuter, elektron doska, elektron darsliklar yaratish va hk.);
uchinchidan, xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganish va dars jarayonlarida xorijiy adabiyotlardan, ta’lim sohada dunyo mamlakatlarida erishilgan yutuqlar, tajribalardan keng foydalanish;
to‘rtinchidan, ta’lim sohasida amal qilib kelgan eskicha (an’anaviy) usullardan voz kechish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
SHu o‘rinda milliy g‘oya va ta’lim-tarbiya tizimida ayrim muammolar mavjudligini ham hisobga olish lozim. Bular:
birinchidan, milliy g‘oyani aynan ta’lim tizimi orqali fuqarolar, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi va qalbiga singdirish, milliy g‘oyani har bir yoshning ishonch-e’tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq. CHunki milliy g‘oyaning negizlarini ta’lim-tarbiya tizimidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo hamma yoshlarda ham milliy-madaniy meros va ilm-fan yutuqlariga, uning sirlarini bilishga intilish bir xilda yuqori emas.
ikkinchidan, haligacha ta’limni tarbiyadan ayri holda tushunishlar mavjud. Bugun tarbiya mamlakatimizning mustaqil taraqqiyotini ta’minlashdagi muhim omil ekanli globallashuv davrida turli mafkuralar kurashi davom etayotgan sharoitda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Bu, tegishli ta’lim-tarbiya muassasalari va boshqa ijtimoiy institutlarning, milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi, ma’naviyat targ‘ibot markazi faoliyatida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga, zamon bilan hamnafas bo‘lishga alohida ahamiyat berilishi muhim;
uchinchidan, milliy g‘oya maqsadlarini va vazifalarini ta’lim tarbiyaning muhim ajralmas qismi ekanligini, uni mustaqil demokratik taraqqiyotini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlash lozim.
Insoniyat hayotidagi ta’lim va tarbiya jarayoni hech qachon mafkuradan holi bo‘lmagan. Jamiyatda ta’lim va tarbiyaning mafkurasizlashib qolishi yoki unda mafkura amaliyotini noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi doimo insonlarni maqsadsiz qolishga hamda ularni o‘zligidan uzoqlashishga olib kelgan.
SHunga ko‘ra, jamiyatimizning maqsadga erishuvida ta’lim va tarbiya jarayoni uchun Milliy mafkura zarur. Ayni vaqtda milliy mafkura o‘z g‘oyalari bilan fuqarolar ayniqsa yoshlar ongiga kirib borishida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi o‘qituvchi va murabbiylar ko‘magiga muxtoj.
Aytish lozimki, hozirda mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy soxalarga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatib borayotgan Milliy mafkuramiz ham asosiy tayanch sifatida hamda o‘qituvchi va murabbiylar toifasining:

  • Milliy mafkuraning konseptual rivojlantirish borasidagi ilmiy faoliyatlariga;

  • Milliy mafkuradagi g‘oyalarning targ‘ib va tashviq etishdagi harakatlariga;

  • Milliy mafkura g‘oyalari singan ideal ko‘rinishidagi (hamda o‘qituvchi va murabbiylar berishi mumkin bo‘lgan) inson qiyofasiga katta ehtiyoj sezmoqda.

Mamlakatimizdagi o‘qituvchi va murabbiylar qatlami mafkuraviy amaliyotda albatta mazkur funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lib, ular o‘zlaridagi potensial kuch orqali O‘zbekistonda ham “yapon mo‘‘jizasi” singari “o‘zbek mo‘‘jizasini” vujudga keltira oladi. Buning uchun hozirda mazkur potensial kuchdan davlat va jamiyat manfaati yo‘lida unumli foydalanish yo‘llarini topmoq kerak. Bunda o‘qituvchi va murabbiylar faoliyatini jadallashtiruvchi iqtisodiy, ma’naviy omillarni yangi asoslarini shakllantirish zarurki, bu asoslar jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylar qatlamini Milliy mafkura uchun asosiy tayanch bo‘lishiga olib kelishi lozim.
Milliy g‘oya targ‘ibotida madaniyat, madaniy-ma’rifiy muassasalar –muzeylar, teatr va kutubxonalar o‘ziga xos vositalar hisoblanadi.
Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda har bir inson o‘z o‘rnini topish, jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish, bilim va mahorati bilan butun dunyoni hayratda qoldirish, ertaga yosh avlodlar havas, g‘urur va iftixor bilan yodga olishini, eng asosiysi esa, hayotda baxtli inson bo‘lishni xohlaydi. Bunga esa inson ma’nan etuk, jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom bo‘lsagina erishishi mumkin. Zero, ma’naviyati boy, dunyoqarashi keng, mulohazali insonlar hech qachon, hech qaerda qoqilmaydi. Buning uchun esa har bir inson o‘z tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlari, qadriyatlarini, qadim tarixini yaxshi bilishi kerak. Zotan, har bir xalqning qadim tarixi, o‘tmishi, madaniyatini aks ettirguvchi go‘sha – muzey hisoblanadi. Muzey - tarixni aks ettiruvchi ko‘zgudir. SHu bois ham yurtimizda muzeylarga e’tibor katta. Ularni tarixiy ashyolar bilan boyitish va ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash har bir xalqning o‘z o‘tmishiga bo‘lgan e’tibor, hurmat-ardog‘idan darak beradi. Aytish joizki, o‘sib kelayotgan yosh avlodlarni Vatanga muhabbat, ona-yurt tarixiga hurmat va bugungi kunga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan tarbiyalashda ham muzeylarning ahamiyati kattadir. CHunki yoshlarimiz muzeylarda saqlanayotgan har bir eksponat va yodgorlikni ko‘rib, o‘tmishni tasavvur qiladi. Zero, o‘tmishni o‘rganmay turib, kelajakni tasavvur qilib bo‘lmaydi yoki ayni paytdagi madaniy yuksalish va rivojlanish jarayonlarining qadriga etish qiyin.
Muzey tarix silsilalaridan so‘zlaydi. Ajdodlardan avlodlarga meros asori-atiqalar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar, madaniy boyliklarni yillar davomida ko‘z-qorachig‘idek asrab, saqlaydi. Muzeyga tashrif buyurgan kishi nafaqat madaniy hordiq oladi, balki ma’naviyat olamini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ladi.Muzeylarni bir-bir kuzatar ekansiz, tarixiy eksponatlar, noan’anaviy ko‘rgazmalar, tabiat mo‘‘jizalari, san’at namunalari, albatta, kishini o‘ziga jalb etishiga amin bo‘lasiz. Eng asosiysi, muzey o‘g‘il-qizlarimizning boy va uzoq tariximiz haqidagi tasavvur olamining boyishiga, demakki, ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qilmoqda.
1977 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan 18 may Xalqaro muzeylar kuni sifatida bayram qilinishi belgilangan. Bu esa muzeylarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va xalqlarning o‘zligini anglash, yosh avlod tarbiyasi borasidagi ahamiyati beqiyos ekanligi e’tirofidir. Mana, 35 yildirki, Xalqaro muzeylar kuni keng jamoatchilik va soha mutaxassislarining madaniy va ma’rifiy tadbirlari bilan nishonlanadi.
Milliy g‘oya targ‘ibotida kutubxonalarning, ayniqsa, kitobxonlikning alohida o‘rni bor. Unib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy tarbiyasida o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish ham muhim omil bo‘la oladi. Xususan, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan pedagog-tarbiyachilar yoshlar qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Ahmad YAssaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan unumli foydalanishlari katta ahamiyatga ega. Zero, ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, ahloqiy yo‘nalishi bilan ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to‘g‘rilik, birovning haqiga ko‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma’naviy tarbiyada Pirimqul Qodirov, Odil YOqubov, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz; Erkin Vohidov, Oydin Hojieva, Omon Matjon, Rauf Parfi, Abdulla Oripov kabi shoirlarimizning asar va she’rlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, ahloqi, ma’naviy dunyosi to‘g‘risida suhbat, munozara o‘tkazish katta samara beradi. Bunday boy ma’naviy xazina bilan bizni eng avvalo kutubxonalar, ya’ni axborot resurs markazlari tanishtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2017 yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori inson ma’naviyati ko‘zgusi bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Milliy g‘oya targ‘ibotida beqiyos bo‘lgan omillar bu – adabiyot va san’atdir. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir”.3 SHaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so‘z g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. “YAxshi so‘z-qilichdan ham kuchli” degan gap bor. Haqiqatan ham o‘z o‘rnida ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr doimo kishilarning hulq-atvoriga, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fikrni esa tinglovchining talab-ehtiyoji, orzu-umidlari va manfaatlariga aloqadorligini hisobga olgan holda bayon etilsagina ta’sirchan va ishonchli bo‘ladi.
Talaba-yoshlarning siyosiy-ijtimoiy vaziyatga munosabatini shakllantirishda ichki va tashqi axborot muhiti asosiy rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni individual tarzda o‘zlashtirishni shaxsning tajribasi bilan bog‘lash kerak, yoshlarniig ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini tavsiflovchi bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan intellektual sifatlar ko‘rsatkich-indikator (mezon) sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hozirgi paytda talaba yoshlarning ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi intellektual vosita vazifasini bajaruvchi mutlaqo yangi tipdagi yangi avlod o‘quv adabiyotlari kerak. Buning uchun yoshlarning fizologik-psixologik rivojlanishlarini va dunyo siyosatining yangicha shakllanayotganligini e’tiborga olib, yaratilayotgan adabiyotlarning kontekstini tubdan o‘zgartirish kerak.
Ta’kidlash joizki, so‘z va matbuot erkinligi demokratik islohotlar sur’atini jadallashtirishga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari esa doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.

Yüklə 88,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin