Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar reja



Yüklə 88,65 Kb.
səhifə2/6
tarix27.03.2023
ölçüsü88,65 Kb.
#90271
1   2   3   4   5   6
2 5262924414801946498

Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
YAngi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni etkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.
Innovatsiya– foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha“novatio”so‘zidan olingan bo‘lib,“yangilanish”(yoki“o‘zgarish”),“in”qo‘shimchasi esa lotinchadan“yo‘nalishida”deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit“Innovatio”ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida”, “yangi yo‘nalishda”deb izohlanadi.
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimningsamaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi:
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi:
Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.
Ixtiro– bu yangi konsepsiyani yaratish demak.
Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Innovatsiyaning turlari:
Texnologik – texnologik jarayonda yuqori foyda, tez va oson amalga oshiriladigan yangiliklar.
Mahsulotga qaratilgan  — yangi foydali xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan maxsulotlar.
Tashkiliy  – zamonaviy boshqaruvga qaratilgan.
Marketing sohasida  — eng yangi metodlarni amaliyotga joriy etish.
Ijtimoiy – inson hayotini yangilashga, tuzilmani o‘zgartirishga qaratilgan jarayonlar (pedagogika, boshqaruv tizimi, hayriya, hizmat ko‘rsatish jarayonlarni tashkil etish).
Innovatsion faoliyatga bo‘lgan dunyodagi e’tibor:
YAIMning
Germaniyada 2,7 % ,
AQSHda – 2,8 %,
YAponiya – 3,5 %i innovatsiyalarga sarflansa
Belorussiyada— 0,74 %,
Rossiya – 1,04%ini innovatsiyalarga sarf etadi.
Singapur, Isroil, Xitoy, Janubiy Koreyadavlatlarining asosiy daromadlari aynan innovatsiyalar orqalidir.
Innovatsiya, innovatsion texnologiya so‘zlarining mazmuni bizning nazarimizda ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsiontexnologiyalarning o‘rni qanday, uni targ‘ib etishda qanday texnologiyalardan foydalanish o‘zining samarasini beradi?
Siyosiy fanlar doktori, professor I.Ergashev va boshqalarning qayd etishicha, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi” atamasining paydo bo‘lishi tasodifiy emas. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalalarda tub islohotlar o‘tkazildi. Bu islohotlarning zamirida avvalo, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz
Bugun davr o‘zgardi, ayniqsa, zamonaviy mutaxassisga talablar davlat ta’lim standartlari doirasida kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldiruvchi shaxs bo‘lish, mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi.
Bundan o‘qitish jarayoniga tegishli qator holatlar kelib chiqadi, chunonchi, mustaqil ta’lim salohiyati kuchaydi, yakka tartibda o‘qitishga ehtiyoj sezilyapti, uning metodologik ahamiyati oshmoqda, ijodiy tafakkurni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xo‘sh, ta’limda izohli-tasvirli-yondashuv o‘qitish texnologik yondashuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgani, ya’ni o‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish XXI asrda ustuvorlik kasb etayotgani sababi nimada?
Birinchidan, an’naviy o‘qitish yozma og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘radi hamda “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir.
Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi va yangicha yondashuvlarni taqozo etadi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o‘quv obektlariga aylanish o‘qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo‘llashga ehtiyojni tug‘dirmoqda.
Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri – milliy g‘oyani targ‘ib qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng ma’noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni kema-ket o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlar tushuniladi. SHu bilan birga “texnologiya” tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jamoatchilik ongiga mustahkam o‘rnashdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Uning regulyativ ta’siri shundaki, u tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatning barcha jabhalariga, jumladan, ta’lim sohasiga ham undaydi:

  • jarayonning natijaviyligini asoslashga ro‘baro‘ kelishi;

  • fan va tajribalarning so‘nggi yutuqlaridan talab qilingan natijalarni olishni kafolatlash uchun sag‘arbar qilish;

  • faoliyatni intensiv, ya’ni yuqori ilmiy asosda qurish (aksincha, kuch vaqt va resurslarni bekorga sarflashga olib keladigan ekstensiv asosda emas);

  • faoliyatni mumkin bo‘lgan tuzatish muolajalari sonini kamaytirish maqsadida bashoratlash va loyihalashga asosiy e’tibor qaratish;

  • yangi informatsion vositalardan foydalanish, eskirgan amallarni avtomatlashtirish.

Boshqacha qilib aytganda, texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining etakchi tavsifi bo‘lib qoldi, u ta’limiy jarayonlarning samaradorligini, maqbulligini, yuqori ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko‘tarishni anglatadi.
Texnologiya–zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo‘nalishini aks ettiradi. Texnologiya-predmetli sohaning obektiv qonunlarini yuqori o‘lchovda aks ettiradigan va shu boisdan muayyan sharoit uchun natijalarning o‘rnatilgan maqsadlarga mos kelishini ta’minlaydigan faoliyatdir.
SHunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash yo‘li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi. Bunda muolaja sifatida jambuljam harakatlar qabul qilinadi, u yordamida bosh jarayon (yoki uning alohida bosqichi) bajariladi, amal esa bu muolaja doirasidagi masalalalarning bevosita amaliy echimi, ya’ni muayyan jarayonning bir jinsli mantiqiy ajralmas qismi hisoblanadi.
Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:

  • jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash;

  • izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish;

  • qo‘yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik muolaja va amallarni bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq.

Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri-milliy g‘oyani targ‘ib qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.
YUqorida biz “Texnologiya” tushunchasini - insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ket o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlardan iborat ekanini ta’kidladik. Hozirgi vaqtda jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan va foydalaniladigan texnologiyalarni ijtimoiy hayot sohalari bilan bog‘liq holda bir nechta turga bo‘lish mumkin: 1) sanoat sohasidagi texnologiyalar; 2) ijtimoiy sohadagi texnologiyalar; 3) iqtisodiy texnologiyalar; 4) siyosiy texnologiyalar; 5) g‘oyaviy-mafkuraviy texnologiyalar v.h.
Milliy-madaniy an’analarimiz, tarixiy taraqqiyot davomida erishgan va erishayotgan yutuqlarimizni asrab-avaylash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga, millatga hurmat ruhida tarbiyalash - bugungi kunda milliy g‘oyani targ‘ib qilishning eng asosiy maqsadlaridandir. Milliy g‘oyaning targ‘iboti quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali:

  • avvalo milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha kompleks dastur yaratish;

  • milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari mazmun-mohiyatini ochib berish orqali uni takomillashtirish;

  • milliy g‘oya targ‘ibotida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish;

  • milliy g‘oya targ‘ibotining ta’lim tizimidagi faoliyatini takomillashtirish, uni rivojlantirish yo‘llarini belgilab berish;

  • milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish va bosqichma-bosqich singdirib borish;

  • aholi keng qatlami orasida targ‘ibot olib borishdan iboratdir.

Targ‘ibot texnologiyalari bugungi kunda targ‘ib etish yangiliklarini, ta’limiy jarayonlardagi mustaqillikni ta’minlab berishi bilan ham ajaralib turishi lozim. Avvallari hukmronlik qilib kelgan “izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqtgina ma’ruza-o‘qitish asosida) texnologiyalari bugun bir tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lib, samaradorlik darajasi deyarli kamayib bormoqda. Hozirgi zamon milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini ham takomillashtirib, uzluksiz yangilab borishni taqozo etmoqda. Bu har bir fan sohasi bilan bog‘liq. CHunki, fan sohalari milliy g‘oya maqsadlari bilan mushtarak.
Ta’lim-tarbiyada ham milliy g‘oya negizlariga, tamoyillariga tayanish muhim. Bunda an’anaviy yo‘l bilan birga zamonaviy yondashuv o‘rtasidagi nisbat muhim ahamiyatga ega. Milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy usullardan foydalanish deganda, ko‘proq, yangi texnik vositalardan foydalanishni, materialni yangicha uslubda etkazib berish, jonli muloqot, savol-javoblar, bahs-munozara, interfaol usullarni ko‘proq qo‘llash tushuniladi. Bu bir tomonlama emas, ko‘p tomonlama faolllikni oshiradi. Tinglovchini, eshituvchini fikrlashga, fikrini uyg‘otishga, uning jamiyatdagi o‘rnini his etishga, ongi va tafakkurining o‘zgarib borishiga undaydi. Bugun milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarining samaradorligini oshirishning yo‘llari sifatida avvalo quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:

  • birinchidan, targ‘ibot texnologiyalarining mohiyatini, mazmunini, shuningdek uni ta’limdagi foydali jihatlarini ko‘rsatib berish;

  • ikkinchidan, avvalgi “izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqatgina ma’ruza-o‘qitish asosida) tizimdan voz kechgan holda, endi jarayon yoki mavzuga ikkinchi tomonning ham munosabatlari tizimini shakllantirish (buni aynan targ‘ibot texnologiyalari amalga oshiradi) targ‘ibot texnologiyalari vositalari rolini yanada takomilashtirish, axborot aniqligi va tezligini ta’minlab berish, shu asosda bugun milliy g‘oya targ‘ibotini yo‘naltirish zarur.Inson-murakkab mavjudot. U axborotlarni, jarayonlarni turli xil tarzda qabul qiladi. SHu jihatdan olganda, milliy g‘oya targ‘ibotida ham bugun uni qabul qilish darajasi va yo‘nalishlariga qarab bir qancha targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ulardan eng ko‘p qo‘llanilayotgani bu - “jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiya sidir. Uning qisqacha mohiyati-jamiyat manfaatlari yo‘lida davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatish san’atidir. Avvalo bu texnologiyani qo‘llashning va uni qabul qilishning mohiyati unga berilgan quyidagi sifatlari darajasi bilan bog‘liq:

  • aniq maqsadning qo‘yilganligi;

  • sharoitga ijodiy moslashuvchanlik;

  • nazariy va uslubiy jihatdan puxtalik;

  • ortiqcha murakkablashtirishdan xolilik;

  • qo‘llashda qulaylik.

Milliy g‘oya – millatni birlashtiruvchi bamisoli bir bayroq, uni jamiyatning har bir a’zosi uchun ahamiyati “g‘oyalar” kurashi avj olayotgan bugungi zamonda yanada ortadi. Davlat mavjudligining asosiy omillaridan biri uni faoliyatining amaliy va nazariy isbotlangan, milliy an’nalari, tarixi, milliy merosi bilan sug‘orilgan g‘oyalariga, mafkurasiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Bugungi kunda davlatlarni qaram qilishning bir qancha usullari mavjud bo‘lsada, (asosan iqtisodiy - kapital kiritish yo‘li bilan) ammo bunday xavflarni oldini olish mumkin, ammo “yot g‘oyalar”ning xavfini qaytarish uchun avvalo davlat o‘zaro hamjihatlik, birdamlik, vatanparvarlik ruhidagi qarashlarga, aynan milliy g‘oyasiga ega bo‘lishi etakchi mazmun kasb etadi. Bugun ana shunday milliy g‘oyaga, ajdodlarimiz orzu qilgan mustaqillik shukuhi bilan qurollangan milliy mafkuramizga ega bo‘ldik. Endigi galdagi asosiy vazifa-uni aholining keng qatlamlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishdan iboratdir. Bunda albatta milliy g‘oya targ‘iboti sub’ektlarining rolini yanada oshirish, ularning har biri uchun o‘rnatilgan maqsad va shu asosdagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, milliy g‘oya targ‘ibotining ikki asosiy belgilariga, xususan, bosqichma-bosqichlik tamoyillariga amal qilish asosida milliy g‘oya targ‘iboti ob’ektlarini, uning xususiyatlarini (yosh, faoliyat, yo‘nalish, xohish-istaklarni) hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi asosiy jihati milliy g‘oya targ‘ibotining uzluksizligi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy g‘oya targ‘ibotining o‘zak qismini tashkil qiladigan aynan shu ikki jihat insonlarning milliy g‘oyani doimo his qiladigan, uni hayotining manbai va faoliyatining asosiga aylanishini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Bu jarayonni ta’minlashda avvalo oila, ommaviy axborot vositalari, mahalla va asosiysi jamiyatning birdamlikdagi va hamkorlikdagi faoliyati etakchi mazmun kasb etadi. Bu milliy g‘oya targ‘iboti sub’ektlarining har birining o‘ziga xos bo‘lgan dasturi va tajribalari bor bo‘lib, uni amalda qo‘llash orqali milliy g‘oya targ‘ibotini takomillashtirib boradilar. Milliy g‘oya targ‘ibotining asosiy maqsadi ham insonlarni boshqa yot g‘oya va mafkuralar “ta’siriga” tushib qolmasligini, o‘ziga xos ravishda ular bilan kurashish qudratiga ega bo‘lgan immunitetni shakllantirishga qaratilgandir. Aynan milliy g‘oyani hayotining mazmuni va maqsadi bilan bog‘lagan shaxsgina bugungi istiqlolning qadriga etadi va uni himoya qilishni o‘zining ma’suliyati deb his qiladi. Zero, “... hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo‘lsa-da, tuli xil maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuraviy tortishuvlar to‘xtagani yo‘q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko‘zlangan maqsad- inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki xalqning ongiga, uning sezgi- tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish,uni o‘z dunyoqarashiga bo‘ysundirish ,ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko‘ra dahshatlidir”2.

Yüklə 88,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin