Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar reja



Yüklə 88,65 Kb.
səhifə1/6
tarix27.03.2023
ölçüsü88,65 Kb.
#90271
  1   2   3   4   5   6
2 5262924414801946498




ZAMONAVIY DARSLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR


Reja:



  1. Zamonaviy darslarda innovatsion g’oyalar




  1. Zamonaviy darslarni axborot texnologiyalar asosida tashkil etish



3. Zamonaviy darslarni tashkil qilish

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohidae’tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablarigamoslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlarni Vatan va millat manfaatlari yo‘lidafidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrinianglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchideb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan,mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonnitarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarningdasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.


SHu ma’noda “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani oldiga ham fanni o‘qitishni zamon talablari asosida tashkil etish, talaba yoshlarni fikrni-fikrdan, g‘oyani-g‘oyadan, ma’rifatni-jaholatdan farqini ko‘rishga, ezgu fikr, g‘oya va amallar bilan birga yovuz, tajovuzkor fikr, g‘oyalar borligidan ham ogoh etadigan beqiyos kuch - milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi vazifalar qo‘yilmoqda. CHunki, mafkuraviy xurujlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, uning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirish milliy g‘oyaning targ‘iboti va uning samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Bugun mafkuraviy tahdidlarning turli xil usul va vositalari ishlab chiqilmoqda. Oddiy gugurt qutisidan tortib kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, kinofilmlarning har birida muayyan tarzda katta yoki kichik bo‘lsada mafkuraviy tahdid mavjud.
Ba’zi rivojlangan G‘arb mamlakatlarida ta’lim sohasiga nisbatan reklamaga 1,5 marta ko‘p mablag‘ ajratilmoqda. Natijada targ‘ibotchilar, birinchi navbatda, o‘zlarini halokatga olib borish bilan birga, qolganlarni ham ortidan ergashtirishga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi vaqtda mafkuraviy xurujlarning nihoyatda keng qamrovli tus olganligi jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, madaniy, mafkuraviy, ta’lim-tarbiyaviy, iqtisodiy sohalarini mafkuraviy immunitet g‘oyasining mantiqiy rivoji sifatida shakllantirishni taqazo etmoqda.
Sovet Ittifoqi barbod bo‘lgandan keyin AQSH dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi va o‘ziga xos sinov laborotoriyasiga aylanib qoldi. Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutining professori A.Valladao Fransiyada chop etiladigan “Ijtimoiy fanlar” jurnalida ta’kidlashicha, turli xalq va millatlar sintezi negizida shakllangan amerika jamiyatining madaniy qadriyatlari o‘zga mamlakatlar qabul qilishi uchun oson kechadi. Qolaversa, ushbu davlat madaniy mahsulot ishlab chiqarish industriyasining (kino, videofilmlar, shou biznes va v.h.) bozor sharoitiga moslashuvchanligi uning deyarli butun dunyoda sherik va hamkorini topishga imkon yaratadi. Hozirda turli mamlakatlarda namoyish etilayotgan kino hamda videofilmlarning to‘rtdan uch qismi Amerika mahsuloti ekani ham shundan dalolat beradi.
Ma’lumki, ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlari, axborot va mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish vositalari orqali keng ko‘lamdagi geosiyosat yuritish bilangina cheklanmay, o‘z xalqining tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos jihatlarni muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, onguu shuuriga singdirishga intilmoqda. Bu hol ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan mamlakatlar xalqining milliy o‘zligi, madaniyatining vorisiylik an’analariga hamda mentalitetiga putur etkazishi turgan gap.
Markaziy Osiyo dunyo miqyosida etarli imkoniyatlarga ega mintaqa hisoblanadi. Mintaqamiz umumiy maydoni jihatdan dunyoda 9-o‘rinda turadi. YAqin kelajakda aholining 60 mln.dan oshishi taxmin qilinmoqda. Mehnatga yaroqli aholi 22 mln.ni tashkil qiladi. Ularning asosisy qismi yoshlardan iborat.
Markaziy osiyo dunyodagi energiya zahiralari bilan ta’minlangan, boy mintaqa.
Ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha mintaqamiz dunyoda 10, elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha 19, 30dan ortiq turli metllarni ishlab chiqarish bo‘yicha 1-20 o‘rinlarni egallaydi.
Mintaqa geosiyosiy jihatdan “qalqon” zona bo‘lib, bir qancha etakchi davlatlarning manfaatlari bu hududda to‘hnashadi. Mintaqaning siyosiy beqarorlik hukm surayotgan Afg‘oniston bilan, dunyoda tobora etakchilikka intilayotgan Rossiya va Xitoy bilan chegaradoshligi.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik O‘zbekistonning ustuvor qadriyatlari tizimida muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda turli xil ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, ilmiy va diniy yo‘nalishdagi nodavlat-notijorat tashkilotlari, harakatlar ro‘yxatga olinib, ularning erkin faoliyati uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ular o‘zlarining xilma –xil yo‘nalishdagi faoliyati bilan tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash, umumbashariy ahamiyatga molik vazifalarni hal etishda faol ishtirok etmoqda.
Qolaversa, bugungi davr xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni yanada kuchaytirish mas’uliyatini yuklash bilan birga barchani birdek ogohlikka va hushyor bo‘lishga chorlaydi.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bugun milliy g‘oya targ‘ibotini yanada kuchaytirish, milliy g‘oya targ‘ibotining innovatsion texnologiyalaridan samarali foydalanishga har qachongidan ham kuchliroq ehtiyoj sezilmoqda.
Xo‘sh! Bugun har bir soha vakilining tilidan tushmay kelayotgan, islohotlarimizni, jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan “innovatsion yondashuv”, “innovatsion texnologiya”, umuman olganda “innovatsiya” deganda nimani tushunish lozim?
Bugungi kunda eskicha Feodalizm → Kapitalizm → Sotsializm kabi formatsion yoki birinchi dunyo, ikkinchi dunyo, uchinchi dunyo deb ataluvchi stratifikatsion yondashuvlar bilan bir qatorda D.Bell, O.Toffler nomlari bilan ataladigan jamiyat taraqqiyotining agrar, industrial va postindustrial (axborotlashgan) jamiyatlar, deb e’tirof etilayotgan sivilizatsion taraqqiyot nazariyasi ham keng tarqaldi.
Qishloq xo‘jaligi ustuvor bo‘lgan agrar jamiyatdan yoki sanoat, ishlab chiqarish asosiy daromad manbai bo‘lgan industrial jamiyatdan farqli o‘laroq postindustrial jamiyatda – yalpi ichki maxsulotning katta qismi xizmat ko‘rsatish va axborot sohasidan olinadi, ya’ni postindustrial davr iqtisodi – bu qo‘shimcha qiymatning asosiy qismi konlarda bolg‘alar bilan emas, balki miya orqali topilishi demakdir. YA’ni, agrar va industrial davrda iste’molchiga arzon mahsulot taklif qilgan ustunlik qilsa, postindustrial iqtisoddaNOYOB, NODIR mahsulot taklif qilgan yutadi.
Hozirgi zamonda ishlab chiqarishning geografik joyi ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi, ahamiyatlisi kim ishlab chiqarishni to‘liq nazorat qilishi, uni bugungi iste’molchining didiga doimo moslashtirib borishidadir. Kim buni uddalay olsa, o‘sha barcha foydaga ega chiqadi. Masalan, “iPhonening rasmiy saytida yozilishicha, xitoylik ishlab chiqaruvchilar gadjet uskunalarni yig‘ish bo‘yicha eng yaxshi potensialga ega bo‘lsa ham ularning ishlab chiqarishga qo‘shgan xissalari atigi 1%ni tashkil qilar ekan, ya’ni bu maxsulotdan ular bor yo‘g‘i 1% ulush oladi deganidir. Daromadning katta qismi esa AQSHning Kaliforniya shtatidagi Kupertino offislarida o‘tirib o‘zining intelektual salohiyati bilan ushbu “postindustrial giganti”ning daromadini oshirib, uning maxsulotlarini kun sayin yangilab borayotgan Apple kompaniyasining 80 mingdan oshiq dizayner, dasturchi va offis hodimlariga oylik maoshi, aksionerlarga divident shaklida tarqatiladi1.
Industrial gigant – «Gazprom».
Postindustrial giganti – Apple.
2014 yil «Gazprom»ning 459 ming xodimi kompaniyaga $3,5 mlrd sof daromadkeltirgan. Bu har bir ishchi boshiga $7 625 to‘g‘ri kelsa, Apple kompaniyasining 80 mingdan oshiq dizayner, dasturchi va offis hodimlari esa o‘z egalari $39,5 mlrd sof foydaolishiga sabab bo‘lgan. Bu Apple hodimlarining har qaysisiga $493 750 deganidir. CHunki, bugun Apple kompaniyasi ishlab chiqarayotgan maxsulotlar haqiqatdan ham nodir va noyobdir.
Bunday nodir maxsulotning asosi esa albatta zamonaviy bilim, yangicha tafakkur tarzi, yuksak texnologiya, – bir so‘z bilan aytganda intelektual mulk, innovatsion g‘oyadir.

Yüklə 88,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin