3. Milliy g‘oya targ‘ibotida axborot kommunikatsiyatizimi va innovatsion texnologiyalar: Milliy g‘oya targ‘ibotida inson omili hal etuvchi ahamiyatga ega. U foydalaniyotgan texnologiyalar, mexanizm, uslub va vositalar targ‘ibotning samaradorligiga, milliy g‘oyani insonning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Millat o‘z kuchini, taraqqiyoti zaminlarini avvalo yosh avlod orqali topadi va rivojlanadi. Jamiyatning eng o‘zgaruvchan va harakatchan qatlamini jamoaga va jamiyatga xos qilib tarbiyalash, intelektual salohiyatini oshirish, milliy ana’analarimiz, qadriyatlarimizni asrab-avaylashning asosiy tashuvchilari yoshlar hisoblanadi. O‘zbekistonda ular aholining 64% (17 mln.) ni tashkil qilib, juda katta strategik kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Milliy g‘oyani aynan shu qatlam orasida targ‘ib qilish, ularning ongiga singdirib, ishonch va e’tiqodga aylanib borishining bir qancha o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu jihatlar davlatimizning kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy manbalaridan biridir. Birinchidan, milliy g‘oya bir tomondan yoshlarni o‘zini ob’ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g‘oyani asosiy tashuvchilari va bir paytning o‘zida keyingi avlodga etkazib beruvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik darajada milliy g‘oya bilan qurollangan va uning mazmun mohiyatini anglagan bo‘lsalar, bugungi kunda avj olgan “mafkuraviy ta’sirlar”ning oldi olingan bo‘ladi.
“Har qaysi davlat va har qaysi millat nafaqat erosti va erusti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyatli va ma’naviyatli yoshlari bilan kuchlidir”4.
Milliy g‘oya targ‘ibotining yosh avlod orasida amalga oshirish jarayonida bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi, uning oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan muvofiqligini ta’minlab beradi. CHunki, milliy g‘oya bir kunda yoki bir yilda shakllanib, singdiriladigan jarayon bo‘lmasdan, balki tadrijiy ravishda amalga oshiriladi.
Avvalo, milliy g‘oya bu qatlam orasida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilishi kelajakdagi uning keng tarqalishining asosiy mazmunini belgilab beradi. CHunki, yosh avlodning ma’lumotlarni qabul qilishi ularning psixologik va fiziologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi, ularning milliy g‘oyaga xos bo‘lgan jihatlarni asta – sekinlik bilan o‘zlashtirishlarini bildiradi. Avvalo, milliy g‘oya targ‘ibotini jamiyatning eng asosiy va muhim instituti hisoblanmish-oilalarda joriy qilish (ya’ni, an’analarimiz, urf-odatlarimiz haqida dastlabki tasavvurlar) keyingi bosqichlar, ya’ni, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi kabi darajalarda davom ettirish yoshlarni milliy g‘oyani to‘la mazmunda, chuqur tarzda egalllashlarining kafolatlaridan biridir.
Ikkinchidan, milliy g‘oya juda keng mazmunga egaligi, an’analarimiz va tariximizning barcha ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etgani, shuningdek mamlakatimizning mustaqilligini turli mafkuraviy xavflardan ximoya qiluvchi vosita ekani haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning targ‘iboti masalasi ham yanada muhim hisoblanadi. SHu maqsadda, uning jamiyat bo‘yicha ko‘lamini oshirishning yagona yo‘llaridan biri - doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirishga qaratilganligidir. Uzluksizlik tamoyili milliy g‘oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir harakat va holat, jumladan ta’lim tizimidagi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, sinf va auditoriyalar ko‘rgazmali qurollarning milliy g‘oyaga uyg‘un bo‘lishi muhim.
Milliy g‘oyaning targ‘ibotida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlardan biri uni keng qamrovlilik tamoyili asosida amalga oshirishdir. Bunda jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada jamiyatning barcha bo‘g‘inlari g‘oyaviy ta’sir doirasida qamrab olinadi; - umumiy maqsadga yo‘naltirilganlik; -faol insonni tarbiyalash, uning salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi.
Bugungi kunda milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirish bevosita yoshlar bilan bog‘liq ekan, bu albatta ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarni olib kirish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab- quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Quyida dars jarayonlarida milliy g‘oyani targ‘ib qilish maqsadida qo‘llaniladigan ayrim interfaol metodlar keltirib o‘tilgan:
Milliy g‘oyani san’at vositasida targ‘ib etishningSWOTtahlili
Kuchli tomoni
- ko‘pchilik uchun tushunarli ekani
- juda katta auditoriyani egallay olishi
- insonlarning hissiyoti orqali ongiga ta’sir etishi
- jozibadorligi
- bildirmasdan kishilarning qarashlariga ta’sir etishi
Ojiz tomoni
- alohida tayyorgarlik lozim
- maxsus jihozlar talab etiladi (ba’zi o‘rinlarda)
Imkoniyatlari
- auditoriyasi cheklanmagan
- barcha masalalarni ham san’at vositasida targ‘ib etib bo‘lmaydi
- katta mablag‘ talab etadi
- vaqt nuqtai nazaridan obraz, voqea eskirib qolishi mumkin
Xavflar
- noto‘g‘ri maqsadda ham foydalanilishi mumkin
- ommaviy madaniyatning tarqalishiga ham xizmat qiladi
- ba’zi bir yo‘nalishlari kishilarda sayozroq fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishi ham mumkin
“Aqliy xujum” metodi Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarni o‘qitishjarayonida qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy interfaol metodlardan biri – “Aqliy hujum” metodi hisoblanadi.
“Aqliy hujum” metodi bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan metodlardan biri bo‘lib, dars jarayonlarida undan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchi yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga katta yordam beradi.
Aslida “Aqliy hujum”ni uyushtirish nisbatan sodda bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish mammolari echimini topishda ham foydalanish mumkin.
Dastlab guruh yig‘ilib, ularning oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammoning echimi to‘g‘risida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o‘zgalar g‘oyasiga “hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. “Aqliy hujum” metodi orqali o‘quvchilarga savollarni berish bilan o‘qituvchi avvalo o‘tgan darslarni mustahkamlaydi, yangi mavzuni oydinlashtiradi, mavzulararo bog‘lanishga erishadi, qolaversa, o‘quvchilarda erkin fikr, mustaqil dunyoqarashni shakllantirib, fikrlarni zudlik bilan jamlash, tez, aniq va lo‘nda javob berish, vaziyatni to‘g‘ri baholash kabi ko‘nikmalarni uyg‘otadi. O‘quvchilarning mustaqil dunyoqarashi, erkin tafakkurini rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarida ushbu metoddan foydalanish kutilgan samarani berishi shubhasiz.
Pedagogik texnologiyalarning nazariy tahliliga oid ko‘pgina manbalarda mutaxassislar, “Aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilashadi:
olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
ish sifatiga emas, soniga e’tibor qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi;
istalgan g‘oyani mumkin qadar mukammallashtirish va rivojlantirish mumkin;
har qanday g‘oyalar ham qo‘llab quvvatlanadi;
barcha g‘oyalarning asosiy mavzulari(farazlari) yozib olinadi;
“hujum” vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
savollarga qisqacha(asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutiladi5.
SHu o‘rinda qisqacha “Aqliy hujum” metodining vazifasiga to‘xtalib o‘tish lozim. Bu metod qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va muammoning chegarasini hamda tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni echish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya yoki sinf) yanada jipslashadi.
“Aqliy hujum” metodi qo‘llanish maqsadiga ko‘ra, universal hisoblanib, ilmiy izlanishlar jarayonida yangi muammoni echishga imkon yaratadi, o‘qitish jarayonida o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga yordam beradi, fikrni mustahkamlashda asqotadi, ya’ni o‘quvchida o‘z-o‘zini boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi.
“Aqliy hujum” metodi bo‘yicha o‘quvchilar mustaqil o‘qib, izlanishlari va muayyan ma’noda bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishlari uchun o‘tgan darslarda ular mazkur mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlar yoki o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan tayanch ma’ruza matni bilan ta’minlanishlari zarur.
7-9 sinflarda o‘qitiladigan“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani mavzularini “Aqliy hujum” metodidan foydalanib o‘qitishda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
imkon qadar ko‘proq fikr va g‘oyalarni to‘plash;
o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga zamin hozirlash;
bolalarda bir-birini fikrini hurmat qilish hissini tarbiyalash;
o‘quvchilar tomonidan bildirilgan noto‘g‘ri fikrlarni tanqid qilmaslik, bir-birining fikriga tolerantlik bilan qarash;
munozara yakunida fikr bildirgan barcha o‘quvchilarni rag‘batlantirish;
to‘plangan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirish;
fikrlarni tahlil qilib, muammoning echimiga daxldor bo‘lganlarini tanlab olish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun avvalo o‘qituvchi aynan ushbu metod orqali yoritilishi mumkin bo‘lgan mavzuni tanlaydi. CHunki, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani mavzularining barchasida ushbu metodni qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Tanlangan mavzu o‘qitiladigan kuni o‘quvchilar bahs munozaraga taklif etiladilar.
“Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga muayyan muammoni “Aqliy hujum” usulida echishni vazifa qilib yuklar ekan, uni qaysi shaklda o‘tkazish tartibini ham belgilab olishi zarur.
“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitishda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish orqali o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi va o‘z o‘quvchilarida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni yanada mustahkamlaydi:
Birinchidan, o‘quvchi tanlangan mavzuning mohiyatini, ma’no-mazmunini chuqurroq o‘rganadi, bilimlari yanada boyiydi, mustaqil dunyoqarashi, tafakkuri rivojlanib boradi;
Ikkinchidan, o‘zining fikrini dadil, erkin, mustaqil bayon etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
Uchinchidan, erkin tafakkur qilishi natijasida faolligi oshadi. Bunyodkorlik ishlariga ilhomlantiruvchi omil, vositalarini bila boradi;
To‘rtinchidan, yangicha fikrlash, tashabbuskor va shiddatkor bo‘lish qobiliyatiga ega bo‘ladi;
Beshinchidan, qalbida mustahkam e’tiqod, mustaqil dunyoqarash asoslarini shakllantirish, rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
SHu o‘rinda haqli savol tug‘ilishi tabiiy: nechanchi sinfda va qaysi mavzularni o‘qitishda ushbu metodni qo‘llash mumkin? Bizningcha, 7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturidan o‘rin olgan “Ko‘zga ko‘rinmas xatarlar” va “Axloq-odob – ma’naviyat negizi” mavzularini, 8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturiga kiritilgan “Ekologik madaniyat” hamda “Qonun ustuvorligi” mavzularini, 9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani dasturidagi “G‘oyaviy bo‘shliq” va “Mafkuraviy immunitet” mavzularini o‘qitishda, ushbu mavzular doirasida milliy g‘oyaning mazmun va mohiyatini, uning asosiy tushuncha va tamoyillarini o‘quvchilar qalbi va ongiga singdirishda “Aqliy hujum” metodining o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati bor.
Jumladan, 9 sinfda mazkur fan dasturidagi “Mafkuraviy immunitet” mavzusini o‘qitishda o‘quvchilarga bugungi kunda inson qalbi va ongiga havf solayotgan mafkuraviy tajovuzlar, qalb va ongning hususiyatlari, inson, guruh va jamiyat fe’l-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar, ularni targ‘ib qilish uslublari, jamiyat manfaatlariga yot g‘oyalarning tahdidlariga qarshi kurash uslublari, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yo‘llari, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezonlari kabi mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralarning mazmun va mohiyatini anglatish uchun “Aqliy hujum” metodidan foydalanish mumkin.
Buning uchun “Kichik guruhlarda ijodiy ishlash” shaklida darsni tashkil etish maqsadga muvofiq. Avvalo o‘quvchilarning ijodiy guruhlari shakllantiriladi:
inson, guruh va jamiyat fe’l-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar, ularni targ‘ib qilish uslublarini yorituvchi ekspertlar;
mafkuraviy immunitetni shakllantirish usullari, yoshlarda e’tiqodni shakllantiruvchi uslublarni ko‘rsatib beruvchi mutaxassislar;
jamiyat manfaatlariga yot g‘oyalarning tahdidlariga qarshi kurash uslublari, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yo‘llari, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash vazifasi yuklatilgan kuzatuvchilar.
O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar asosida quyidagi jadvalni tuzishlari mumkin:
MAFKURAVIY IMMUNITET
Bugungi kunda inson qalbi va ongiga havf solayotgan mafkuraviy tajovuzlar
Mafkuraviy immunitet tushunchasi va uni shakllantirish usullari
So‘ng mafkuraviy immunitet tushunchasi va uni shakllantirish usullarini tavsiflash uchun o‘rtaga savollar tashlanadi:
“Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz?”
“Nima uchun jamiyat a’zolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga ehtiyoj seziladi?”
“Inson qalbi va ongi qanday hususiyatlarga ega?”
“Bugungi kunda inson qalbi va ongiga xavf solayotgan qanday mafkuraviy tajovuzlar mavjud?”
“Mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning qanday usul va vositalarini bilasiz?”
Ushbu savollarga o‘quvchilar tomonidan berilgan barcha javoblar tinglanib, har biri o‘qituvchi tomonidan yozib boriladi.
“Aqliy hujum” natijasida bildirilgan fikr va mulohazalar jamlanib, ekspert, mutaxassis va kuzatuvchi qilib tayinlangan guruhlarning fikrlari tinglanadi.
So‘ng o‘qituvchi javoblarni umumlashtiradi va o‘quvchilar bilan birgalikda fikrlarning eng saralarini ajratib oladi. Barcha ishtirokchilarni alohida rag‘batlantirib, so‘ng baholaydi.
“Mafkuraviy immunitet” mavzusini o‘qitishda ushbu metodning qo‘llanishi natijasida o‘quvchilar:
- avvalo har bir jamiyatda yoshlar yangi g‘oya va konsepsiyalarga nisbatan o‘z munosabatini aniq bildirish, hayot haqiqatlarini tez ilg‘ab olish, xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
- millat taraqqiyoti, yuksak ma’naviyatli, bilimli va mafkuraviy immuniteti mustahkam bo‘lgan yoshlarga bog‘liqligi, ularning yangilanayotgan jamiyatda nafaqat erkin harakat qilish, balki, uni rivojlantirishi uchun yagona milliy g‘oya asosida birlashish lozimligini anglab etadilar.