Zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 71,29 Kb.
səhifə7/8
tarix20.09.2023
ölçüsü71,29 Kb.
#146157
1   2   3   4   5   6   7   8
Zamonaviy dasturlash tillari syllabus (3)

Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga videoma’ruza orqali ma’ruza mashg‘ulot yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga ma’ruza mashg‘ulotni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Amaliyot mashg‘ulotlarida har bir ma’ruza mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqlarni hisoblash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi. “Zamonaviy dasturlash tillari” fanidan topshiriqlarni va uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan ishlarni bajarish talab etiladi. Topshiriqni bajarish bilan keyingi ma’ruza mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqni bajarishga o‘tiladi.
Mustaqil ishda talabalar istiqbolli rivojlanish bo‘yicha mustaqil ish va referatlar tayyorlaydi hamda himoya qiladi. Har bir talaba mustaqil ravishda o‘z topshirig‘ini bajaradi.
Ma’ruza, amaliyot mashg‘ulotlarining barcha ma’ruza mashg‘ulotlarini to‘la o‘zlashtirgan va mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.


Baholash mezoni
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatoliklar va chalkashlikka yo‘l qo‘ymasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy va amaliy axamiyati xaqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa.


Yüklə 71,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin