«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya



Yüklə 28,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü28,03 Kb.
#200551
  1   2   3
ZDIF2718



91 
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
JAMIYAT RIVOJIDA OILANING OʻRNI
Yoqubboyeva Dilfuza Muminovna 
Toshkent viloyati Qibray tuman 
Kasb-hunar maktabi tarix fani o'qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7461116 
Annotasiya
: Oila jamiyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga 
kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda 
yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. 
Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada 
yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi. 
Kalit soʻzlar: 
oila, jamiyat,tarbiya, turmush, farzand,mahalla, davlat 
Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, 
jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada 
vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan 
atrof-muhit, mol-mulkka bo'lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga 
munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa 
tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta ’kidlash 
bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun 
o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, 
“Oila- jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo`lish huquqiga ega “ deb , ko`rsatib o`tilgan. Albatta jamiyatning paydo
bo`lishida oilaning roli beqiyosdir. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi , 
jamiyatning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko`rsatdi. Davlat doimiy ravishda
oila manfaatlarini barcha jabhalarda himoya qilib, ularga keng imkoniyatlar
yaratib beradi.
1991 yil mustaqqillikka erishganimizdan so`ng, davlat oilaviy
munosabatlari sohasida tub islohotlarni amalga oshirila boshladi. Jumladan,
1992 yilda O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti farmoni bilan tashkil
qilingan “Mahalla xayriya jamg`armasi” kam ta'minlangan oilalarga, 
boquvchisini yo`qotgan shaxslarga moddiy jihatdan kata yordam ko`rsatdi va 
ularga keng shart-sharoitlar yaratdi. 1993 yil 4-martda birinchi Prezidentimiz
farmoni bilan “Sog`lom avlod uchun” ordeni tashkil etildi. Bu orden onalik va
bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodning salomatlini saqlash hamda yoshlarni
vatan tuyg`usida tarbiyalash ishlarida o`zining xizmatlari bilan tanilgan
shaxslarga berildi. 
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib 
borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-


92 

Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin