«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya avlodga etkazilib turilishidan manfaatdor bo’lgan. Buyuk rus psixologi
A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini
o’rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo’lmaganida,
taraqqiyotning o’zi ham mutloq bo’lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani
bajarishda jamiyatning muhim bo’lagi bo’lmish oilaning roli kattadir.
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug’ilish orqali aholining
ma’lum miqdorda muttasil o’sib borishi, odamlar o’rtasida migratsiya, ya’ni u
erdan bu erga ko’chib turish yoki o’lim okibatida kamayib boradigan miqdorini
to’ldirish vazifasini bajaradi. CHunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun
mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham,
odamlar ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o’lmas merosi,
avloddan avlodga o’tib boradigan an’analari bo’ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy
o’sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib
kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular
asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali
saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik,
kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo).
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida
olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos “bufer” – ko’prik rolini
o’ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-
avlodga etkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat
o’choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o’zgarishlar tez-tez ro’y
bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan
qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo’lolmaydi. SHuning
uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik,
xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham
muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat
nikohning o’zi, balki ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham
muvofiqlashtirib boradi.
O’zbekistonda yosh oilalarga ko’rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug’ilishi va
katta bo’lishi uchun suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va
bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z
burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanktsiyalar orqali
jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom
etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo’lsa, odamlar o’rtasida ro’y beradigan
ko’plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan