«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya oʻzbek yozuvi harflari asnosida yuzaga kelishi tadqiq etiladi. “Umumiy qilib
aytganda dunyo hamjamiyatining muammo janrini ikki toifaga boʻlishi, bular: 1.Topishmoqlar; 2.Asarlarda hahrflarning yashirilishi kabilarga boʻlinishi yuzasidan, Navoiy yashab turgan muhit va ijtimoiy ong
shaklidan kelib chiqib muammo janrining ikkinchi toifasiga muvofiq keluvchi
janrning amaliy natijalariga muvofiq oʻzining “Mufradot” asarini yaratgan”
2
. Bugungi kunda muammo janrining yaratilish tarixi, janrdagi oʻzgarishlar va
mohiyatning saqlanib qolinishi, strukturaviy jihatdan yechimning turlicha ifoda
shakllari keng jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sazovor boʻlmoqda. Bu
borada Fransuz olimi Remix Dorning “Alisher Navoiy muammolari” asarining
Parijda chop etilishi ahamiyatlidir. “Mufradot” asrida muammo janrining ifodaviy
shakllari, shu bilan birgalikda ushbu janrning skrukturaviy yechimlariga alohida
toʻxtalib oʻtiladi. Bunda muammoning amallari hamda “Aʼmoli tahsiliy”(hosil
qilish amallari) yoʻnalishlar yuzasidan ifodalanayotgan fikrning yechimga ishorat
qilinishi. Misol uchun muammoning yechimi arab harflariga muatanosib boʻlsa
yechimning ishoraviylikka tayanilib topilishida maʼlum doʻzning avvalgi harflarga
dalolat qiluvchi soʻzlar bilan ifodalanishi oʻrinlidir. Alisher Navoiy muammo
janrining amaliy ifodasini tahlil asnosida yuzaga keltirishni taʼkidlaydi, bunga
sabab yechimning ramziylik, koʻp maʼnolilik, shakliylik xususiyatlaridan kelib
chiqib muammolik maʼnosining maʼlum qismlarda ifodalanishiga ishora qilishi
tahlilda namoyon boʻlishini unutmaslik, yechim topishda chalgʻimaslikni uqtiradi. Navoiyning muammo janriga qoʻshgan hissasi shuki, bugungi kunda ham
muammo janrining toʻliq va aniqlikka yoʻgʻrilgan holda oʻz tasdigʻini topib
kelmoqda. Muammoning oʻrganilishi davomiyligida tarkib, tabdil, tamsiya, talmeh
va boshqalarga eʼtiborli boʻlishlik, qolaversa muammoning shartli ravishda
qanday yoʻnalishda ifoda etilayotgan ekanligini anglab yetmoq lozim. Talmeh -
muammo janrida asosan ilm-u fanda mashhur kishilarning harfiy sanʼatga
muvofiq tarzda chalgʻituvchilik salohiyatini qoʻllagan holda amalga
oshiriladi.Tamsiya esa muammoning oʻrganilishidan soʻng taxmin qilinayotgan
yechimga muvofiqlikni yuzaga keltirishda Nazmiy harf bilan ishorat qilish
asnosida harf nomi aslida esa shu harf bilan boshlanuvchi ismga ishorat beriladi.
2
Yorqinoy Nasriddinova Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi “Mufradot”ning fransuzcha talqini