Zamonaviy elektr o’lchov asboblari va ularning tavsifi


– rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi



Yüklə 148,55 Kb.
səhifə9/14
tarix14.12.2023
ölçüsü148,55 Kb.
#178190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ma\'lumot

1 – rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi.

Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
= n / n­ um ,
bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.

3. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi
Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, o‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiya tartib raqamlari berilgan bo‘ladi.
Quyidagi sxemada o‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi ko‘rsatilgan (2 – rasm).



2 – rasm. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi.



Yüklə 148,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin