Zamonaviy elektr o’lchov asboblari va ularning tavsifi


MASS-SPEKTROMETRIYA Mass-spektrometriya asoslari



Yüklə 148,55 Kb.
səhifə7/14
tarix14.12.2023
ölçüsü148,55 Kb.
#178190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Ma\'lumot

MASS-SPEKTROMETRIYA Mass-spektrometriya asoslari
Mass-spektrometriya gazlarni tahlil qilishda eng takomillashgan asboblardandir. M ass-spektrometrik gaz analizatorlari kimyoviy va fizik xossalaridan qat’iy nazar, moddalarning izotop va molekular tarkibini aniqlashga mo'ljallangan. M assa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi komponentlaming miqdorini aniqlashga imkon berib, tahlilni juda tez o ‘tkazishni ta’minlaydi. TahlH qilishda tahlil qiiinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod ernitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr Iinzalar tizimi vositasida tor dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr maydonida tezlatiladi va elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Kollektor zanjirida massaiari turlicha ionlar elektr toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin oMchanadi hamda elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo‘yiladi. M agnit maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirilayotgan gazning molekular tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki mass-spcktrlari yoziladi. Elcktron chiqarilganda element musbat zaryadlangan ionga aylanadi. M ass-spektrometr ionni aniqlaydi. Har bir elementning o ‘ziga xos izotoplari mavjud.

Zamonaviy o’lchash asboblari va ularning tasnifi.

Reja
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.

2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.

3. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.

4. Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.

5 Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.

1 O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:

а.k 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4


Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k=k mахk; а.kk mахkq/Ах max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.


Yüklə 148,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin